1.
Sanoat tarmog’ining boshqa uzellaridan buyruqlar va ma’lumotlar qabul
qilib olish;
2.
Ulangan datchiklardan ma’lumotlarni o’qib olish;
3.
Olingan ma’lumotlarni raqamli shaklga almashtirish;
4.
Dasturlashtirilgan texnologik algoritmni qayta ishlash;
5.
Boshqa uzel buyrug’iga ko’ra yoki texnologik algoritm bo’yicha
ulangan
ijrochi mexanizmlarga boshqaruvchi ta’sirlarini chiqarish;
6.
Yig’ilgan (to’plangan) axborotni boshqa tarmoq uzellariga uzatish.
Sanoat 1089 tarmoqlari negizidagi TJABT lari an’anaviy marazlashgan
tizimlarga nisbatan bir qancha xususiyatlarga ega:
1.
Kabel maxsulotini ancha tejash. Bir qancha kilometr uzunlikdagi qimmat
kabellar o’rniga bir necha yuz metr arzon o’ralgan juft talab etiladi.
SHuningdek, qo’shimcha qurilmalarga (kabel kanallari, klemmalar,
shkaflar) xarajatlar qisqaradi.
2.
Boshqarish tizimi puxtaligini oshirish. Puxtaligiga ko’ra ma’lumotlarni
uzatishning raqamli uslubi analog usulidan ancha ustun turadi. Raqamli
uzatish xalaqitlarga nisbatan sezgirlar
kam va sanoat tarmoqlari
protokollariga (nazariy summalari, ma’lumotlarning buzilgan paketlarini
takrorlash) o’rnatilagn maxsus mexanizmlar tufayli axborotni yetkazib
berishni kafolatlaydi. Sanoat tarmoqlari negizidagi TJABT larning faoliyat
ko’rsatilishning puxtaligini va yashovchanligini oshirish shuningdek turli xil
tarmoq uzellari bo’yicha nazorat qilish va boshqarish vazifalarining
taqsimlanishi bilan bog’liq. Bir uzelning
ishdan boshqa uzellardagi
texnologik algoritmlar ishlashiga ta’sir etmaydi yoki arzimas darajada ta’sir
ko’rsatadi. Kritik jihatdan muhim texnologik uchastkalar uchun aloqa
liniyalarini takrorlash yoki axborot uzatishning muqobil yo’llari mavjud
bo’lishi mumkin. Bu kabel tarmog’i shikastlanganda tizimning ishlash
qobiliyatini saqlab qolishga imkon beradi.
3.
Ixchamlik va shaklini o’zgartiruvchanligi. Ayrim kiritish-chiqarish
nuqtalarini va xatto butun bir uzellarini qo’shish yoki olib tashlash kam
miqdordagi montaj ishlarini talab etadi
va avtomatlashtirish amalga
oshirilishi mumkin. Tizimning konfiguratsiyasini o’zgartirish dasturiy
ta’minot darajasida amalga oshiriladi va u ham juda oz vaqtni oladi.
4.
Ochiq tizimlar, ochiq texnologiyalar printsiplaridan foydalanish turli xil
ishlab
chiqaruvchilardan
olingan
mahsulotlarni
yagona
tizimga
muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon beradi.
1978 yilda standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) berk tarmoq
tizimlariga qarama-qarshi va ochiq tizimlarning turli xil hisoblash qurilmalari
hamda farq qilinuvchi protokollar standartlari bilan o’zaro ta’sirlashuvi
muammosini hal etish maqsadida «Ochiq tizimlarning o’zaro aloqasining tavsifiy
modeli» (OSI-model, ISO/OSI Model) taklif etilgan edi. ISO/OSI
modeli tarmoq
vazifalarini yettita sath bo’yicha taqsimlaydi (20.1-jadval).
Fizik sathda aloqa kanalining fizik tavsiflari va signallar parametrlari
masalan, kodirovka turi, uzatish chastotasi, liniya uzunligi va turi, shtenerli raz’em
turi va h.k. eng ko’p tarqalgan fieldbus 1-sath standarti-bu RS-485 interfeysidir.
Kanalli sath fizik sathning tarmoq uzellari tomonidan birgalikda foydalanish
qoidalarini belgilaydi.
Tarmoq sathi optimal marshrut bo’yicha tekstni adreslash (manzillash) va
eltib berish uchun javob beradi. Transport sathi paketdagi mavjud narsalarni
aniqlaydi.