qaraganda, suv zahiralarining, shu jumladan, yer usti va yer osti suvlarining keskin
taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug‘dirmoqda. Respublikaning
daryolari, kanallari, suv omborlari va xatto yer osti suvlari ham har taraflama inson
bilan bog‘liq. Zotan, suv tamom bo‘lgan joyda hayot ham tugaydi. Shunday
bo‘lsada, Markaziy Osiyoda suv zahiralari juda cheklangan. Yiliga 78 kub kilometr
Sutkasiga 100t paxta moyidan uzluksiz usulda oziqa salomas ishlab chiqarish va
aylanma vodorodni tozalash texnologiyasini tashkil etish
лист
Uzg varaq
xujjat №
imzo
sana
46
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligida Orol dengizi havzasining barcha suv
zahiralaridan to’la-to’kis foydalanilmoqda.
Daryolar oqimi asosan Qirg‘iziston va Tojikiston tog‘laridan boshlanadi. Suv
zahiralarining ko‘pchilik qismidan Markaziy Osiyodagi barcha respublikalarning
yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladi. Shu munosabat bilan mintaqadagi barcha
davlatlarning manfaatlari yo’lida hamda ekologiya talablarini, daryolar deltalarida
Orol dengizida maqbul hayotiy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bu yerlarga
suvning utishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi havzasining
cheklangan suv zahiralarini birgalashib, kelishgan holda boshqarish muammosini
amaliy hal qilish talab etiladi.
Mintaqaning yana bir muammosi suvni muhofaza qilish va tejash tadbirlari
majmuini amalga oshirish zaruriyati bilan bog‘liqdir. Bu tadbirlar suvning isrof
bo‘lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug‘orish tarmog’ining rejimi va
o‘lchamlarini sug‘orish texnikasi bilan mustahkam bog‘lashni o’z ichiga oladi.
Endilikda kollektor zavod suvlarini tashlab yuborishni tartibga solish, oqova
suvlarini daryo va suv omborlariga oqizishni batamom to’xtashish zarur.
Suv zahiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan
boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng ko‘lamda o‘zlashtirildi. Sanoat,
chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi.
Kollektor zavod tizimlari kurildi hamda daryo suvlari sug‘orish uchun muttasil
yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha
bordi.
Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiya-gigiena va sanitariya-epidemiologiya
vaziyatini, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirmoqda. Ikkinchi
tomonidan, daryo suvlari tarkibida tuzlarning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon va boshqa daryolarning deltalarida tuproqning sho‘rlanishini
kuchaytirmoqda. Bu esa qo‘shimcha melioratsiya ishlarini amalga oshirishda,
zovur tizimlarini barpo etish va tuproq sho‘rini yuvishda yaqqol sezilmoqda.
Sutkasiga 100t paxta moyidan uzluksiz usulda oziqa salomas ishlab chiqarish va
aylanma vodorodni tozalash texnologiyasini tashkil etish
лист
Uzg varaq
xujjat №
imzo
sana
47
O‘zbekiston va qo‘shni mintaqalar sharoitida aholini sifatli ichimlik suvi bilan
ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmokda. Aholi punktlarini odatdagi vodoprovod
suvi bilan ta’minlash ko‘rsatkichi respublikada faqat keyingi besh yillikning uzida
taxminan 1,5 barobar ortdi. SHunga qaramay ushbu muammo dolzarbligicha
qolmoqda. Ichimlik suv ta’minoti manbalarining ifloslanishi respublikada
ayniqsa, Orol buyila kasallika chalinishning yuqori darajasiga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: