Shu’la - narsalarning yorug‘ qismi o‘rtasidagi tiniq oq dog‘ yaltirashi. Bu holat shisha, chinni, nikel-metall buyumlarda kuzatiladi.
Refleks narsalarda shaxsiy soyaning eng chekkasiga uning yonidagi narsadan yoki tekislikdan aks etgan nurlar bilan yoritilgan joy. Refleks narsaning yoritilgan qismidan to‘qroq ko‘rinadi.
Yarim soya - narsa yuziga qiyaroq ravishda tushuvchi yorug‘lik.
Shaxsiy soya - narsaning yoritilgan qismining orqa tomoniga yorug‘lik nurlari tushmagan eri.
O’QUV MASHG’ULOTINING MAQSADI:
Odam boshining anatomik qurilishi haqida ma’lumot. Kesik bosh haykalini ishlash Bosh suyagi yuqori sharsimon qismining shakli va tuzilishi. Konstruktiv anatomik tuzilish asoslarini hisobga olgan holda qiyofachi yuz tuzilishi va tasvirni o’xshashligiga e’tibor berish. Boshning yelka bilan birlashuvini aniqlab tasvirlash (bo’yin mushaklari va yelka mushaklari bog’lanishi).
O’QUV FAOLIYATINING NATIJASI:
O’quv qo’yilmani qog`oz yuzasida to’g’ri joylashtirish va o’lchamlar nisbatlarini to’g’ri qurish hamda aniqlashga o’rganadi.
Qo’yilmani to‘g’ri konstruktiv qurilishi, o’lcham munosabatlarini aniqlashga o’rganadi.
Qalamtasvirda ishlashga, yorug’ soya munosabati va qonun qoidalarini o’rganadi.
Umumiylashtiradi va yakunlaydi.
1-ilova
MAVZUNING MATNI
Ayol rasmini qalamtasvirda ifoda etish ancha murakkab vazifa. Bu mashg‘ulotni amalga oshirish niyatida qo‘liga qalam olgan har bir chizuvchi talaba – yosh rassom bunga amin bo‘ladi. Sababi esa ma’lum, u ham bo‘lsa ayol kishining o‘ziga xos tana, gavda, qomat tuzilishiga ega ekanligidadir, shu holatlarni e’tiborga olib ish to‘g‘ri tashkil qilinsa va mashqlar izchillikda, metodik ketma-ketlikda bajarilsa, albatta yaxshi natijalariga erishish mumkin
Ayol kishining tana "nisbatlari" - qismlarining o‘zaro o‘lcham farqlari erkak kishinikidan o‘zgachaligi barchaga ma’lum. Uning nafaqat gavdasi, balki yuz tuzilishi ham erkaklar va bolalarnikiga o‘xshamaydi, o‘ziga xosliklarga ega. Ular ko‘proq ayol kishining suyak tizimida ko‘zga tashlanadi. Bu haqdagi ma’lumotlarni "Odamning plastik anatomiyasi" kursi bo‘yicha ham batafsil o‘zlashtirib olish mumkin.
Ayol qomati proporsiyalarida eng xususiyatli tomon deb tosning yuqori qismining yelka kengligiga nisbatan kengroq bo‘lishini hisoblash kerak. Erkak qomatida yelkalar tosga nisbatan sakkiz santimetrga, ayollarda esa u 3 santimetrga (o‘rtacha) kengroq bo‘ladi.
Ayollarning oyoq kafti va qo‘l bo‘g‘inlari o‘lchami erkaklarnikiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Ayol qaddi-qomatini o‘ziga xos alomatlariga, shuningdek muskullar relefining kichikroqligini ham kiritish mumkinki, uning erkaklarnikiga nisbatan teri ostidagi yog‘ qatlami qo‘proq bo‘lishligi shaklga ba’zi bir umumiylik beradi. Shuning uchun chizuvchilar ko‘pincha yaxshi rivojlangan erkak modelini ajratuvchi ko‘pgina tafsilotlarni (mushaklar, tomirlar va hokazo) idrok etishda biror bir ko‘rinish ma’nosida tabiatning o‘zi tomonidan umumlashtirilgan jonli shakl-shamoyilga duch keladilar. Dastlab bu chizuvchi uchun ba’zi qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ayniqsa, teri ostida yashiringan qismlardagi (tizza, tos va boldirlar, yelka, tirsak bo‘g‘inlari) tayanch nuqtasini aniqlashda sodir bo‘ladi. Lekin skelet tuzilishi bilan tanish bo‘lganlar uchun yalang‘och ayol modelidan xomaki rasm va qalamlavhalar, chizmatasvirlar bajarish uncha qiyin emas.
Ayol qomatini to‘la ma’nodagi bo‘y-bastini tasvirlashning uzoq muddatli mashqidan avval albatta qisqa muddatli qalamlavhalar – xomaki chizgilar bajarish kerak. Bunday ish o‘n besh, yigirma minut davom ettiriladi. Tajriba bir oz oshgach, besh-o‘nta tasvir ishlab ko‘nikma olingach ish vaqtini o‘n minutdan to‘rt-uch minutgacha qisqartirish mumkin. Mashqlar murakkab bo‘lmagan vazifalarni bajarishdan boshlanadi.
Birinchi mashq. Har xil xotirjam turish holatlarida va vaziyatlarida turgan qomatlari kelishgan yalang‘och ayol - qiyofachidan bir qator tezkor xomaki rasmlar ishlanadi. Bunday tezkor musavvada – rasmlar ishlashdan maqsad – ayol modeli shaklini qurish ko‘nikmasini amalda o‘zlashtirib olishdir. Bunday xomaki tasvirlavhalar ishlashga bir nechta mashg‘ulot ajratiladi.
Model har xil holatlarda, ya’ni tik turgan, o‘tirgan, old tomon ("fas"), "profil" va orqa tomondan aks ettiriladi. Lekin modelni qo‘yishda juda murakkab burilish va rakurs holatlardan voz kechish kerak. Bunda namuna sifatida har xil rassomlarning xomaki rasm va chizgilari, o‘quv qo‘yilmalari hususiyati va grafik ijrolaridan qo‘llanma tarzida foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Mazkur ishni – tasvir lavhalarni bajarishga ikki soat ajratish mumkin. Ular № 12 o‘lchamdagi qog‘ozda ishlanadi. Tasvir vosita – ashyolari esa talabalar ixtiyori bilan tanlanadi.
Ikkinchi mashq. O‘sha modelning o‘zidan, lekin engilgina kiyimda iloji boricha yorqin, qiyofachi qaddi-qomatidagi o‘ziga xos tomonlarini bo‘rttirib turgan harir ko‘ylak bilan tasvir ishlanadi. Bu ish jarayonida talaba xomaki rasmlarning asosiy vazifasi – muqim holatda turgan ayol qomatidagi libos taxlamlarining paydo bo‘lishini o‘rganishdan emas, balki eng avvalo insonni tasvirlashdan iborat ekanligini, kiyim esa ikkinchi darajali ekanligini his etishi lozim. Ish ikki soat mobaynida №12 o‘lcham qog‘ozda bajariladi. Tasviriy vositalar chizuvchi ixtiyori bilan tanlanadi.
Uchinchi mashq. Agar imkoniyat bo‘lsa, modelga har tomondan qaratilgan "ventilyator" ta’sirida ko‘ylaklari pirpirab turgan tik holatdagi ayol qomatidan juda qisqa muddat ichida xomaki rasm chizishga bag‘ishlangan yana bitta mashg‘ulot o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi. Talabalar bu yo‘l bilan qog`ozning dinamik taxlarning paydo bo‘lishi va umumlashgan tarzda tasvirlanishi bilan tanishishlari mumkinki, bu keyinchalik harakatdagi inson qomatini chizishda ham qo‘l keladi. Bu ishni bajarishga bir soat kifoya qiladi.
To‘rtinchi mashq. Bu mazkur mavzulardagi turkum mashqlarning so‘nggisi hisoblanadi. Va talabalarni inson qomatini uning harakatdagi holatini o‘rganishga tayyorlash va ularni harakatni kuzatgan holda eslab qolishga o‘rgatishdan iboratdir. U uch dars soati mobaynida ishlanadi. Mashg‘ulotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, kiyimdagi ayol yoki erkak model muqim holatda turadi va ma’lum vaqt davomida o‘z turgan holatini sekin-asta o‘zgartiradi.
Masalan, ayol yelkasida qumg‘on tutib turgan holatda turadi; shoshmasdan ikki qo‘li bilan qumg‘onni yelkasidan olib va bitta tizzasiga tayanib turadi; tasavvurdagi buloqqa egiladi va qumg‘onga suv oladi; sekin turadi va qumg‘onni yana yelkasiga qo‘yadi; yelkasida qumg‘onni tutgan holda atrofga qaraydi va qadam tashlaydi. Keltirib o‘tilgan beshta harakat vaziyatida inson qomatining turli holatlari namoyon bo‘ladi
Yuqoridagiga o‘xshash yana bir misol keltirib o‘tishimiz mumkin: 1) bir qo‘lida mo‘yqalam, ikkinchi qo‘lida chelak tutgan bo‘yoqchi; 2) bo‘yoqli chelakni erga qo‘yadi; 3) tik turgan holatda mo‘yqalam bilan bo‘yoqni qorishtiradi; 4) mo‘yqalamga bo‘yoq oladi; 5) qaddini rostlaydi va devorni bo‘yay boshlaydi (devorning qanday erini pasti, tepasi, o‘rtasi va xokazo) bo‘yayotganiga qarab holatini o‘zgartiradi.
Bunday o‘quv tayyorgarligining boshqa variantlari ham bo‘lishi mumkin. Har bir muqim holatda model uch minutdan to‘qqiz minutgacha turadi ("pozaning" murakkabligiga qarab). Jami u ikki o‘quv soati davomida turishi kerak. Ish o‘lchami yarimta qog‘ozni tashkil qilishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ixtiyoriy ashyolar bilan bajariladi.
Bir muqim holatdan ikkinchi muqim holatga o‘tishda model juda sekin, engil (xuddi sekinlashtirilgan kinolavha plyonkasidagidek) harakat qiladi. Ba’zi murakkab holatdagi o‘tishlarni esa u o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan takrorlaydi.
Talabalarga uchinchi o‘quv soati davomida hamma qilingan xomaki rasmlardan faqat ikkitasini tanlab olish (dastlabki va yakunlovchi harakat holatlarini) va ularga qarab tasavvurda ma’lum harakat vaqtidagi modelning uchinchi xomaki rasmini chizishni taklif etiladiki, bunda qiyofachining "harakati" orqali uning ishni boshlaganligi yoki tugatganligi holatlari berilsin va his etib turilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |