O`ZGARUVCHAN TOKNI TO`G`RILASH
Ishning maqsadi:
Yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarning ishlashini
o’rganish va ularning xarakteristikalarini olish.
Kerakli asboblar:
To’g’rilagich maketi, pasaytiruvchi transformator,
otsillograf, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok ampermetrlari va voltmetrlari, ulovchi
simlar.
Ishning qisqacha nazariyasi
O’zgaruvchan toklarni o’zgarmas tokka aylantiradigan qurilmalarga
to’g’rilagichlar
deyiladi. To’g’rilagichlar Yarim o’tkazgichli diodlar asosida
yig’iladi. Shuningdek to’g’rilagichlar tarkibiga tekislovchi filtrlar va chiqish
kuchlanishini o’zgarmasdan saqlab turadigan stablizatorlar ham kiradi.
Ma`lumki, diodlar ventilli qurilma bo’lib, ular elektr tokini bir tomonlama
o’tkazish xususiyatiga ega. To’g’rilagichlar barcha radioelektronika qurilmalarida
oziqlantiruvchi manba va akkumulyatorlarni zaryadlash maqsadlarida ishlatiladi.
Radiohavaskorlik amaliyotida ham to’g’rilagichlarning turli tuman sxemalari keng
tarqalgan.
To’g’rilash sxemasi ikki xil–bitta va ikkita yarim davrli bo’ladi. Mazkur
sxemalarni tahlil qilish uchun transformatorning ikkinchi chulg’ami bilan ketma-
ket ulangan diod va rezistordan tuzilgan quyidagi sxemani ko’raylik (1 a -rasm).
Agar transformatorga o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, ikkilamchi chulg’am
kuchlanishining musbat Yarim davri to’g’ri kelganda diod ochilib, zanjirda tok hosil
bo’ladi. Kuchlanishning manfiy Yarim davrida esa diod yopiladi va undan tok
o’tmaydi. Bu jarayonlarni grafik tasviri 1b -rasmda
keltirilgan. Demak mazkur
sxemada tok kirish kuchlanishiningmusbat yarim davridagina hosil bo’ladi. Uning
asosida tuzilgan to’g’rilagich esa, mos ravishda bir yarim davrli to’g’rilagich
bo’ladi.
Radio qurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanib
bo’lmaydi. Shuning uchun pulslanishni yo’qotish – tekislash zarur bo’ladi. Bunday
jarayonni amalga oshiradigan qurilmalar tekislovchi filtrlar deb ataladi.
1a, b -rasm.To’g’rilagich sxemasi (a) va diodning ochilib yopilish jarayoni
grafik tasviri (b)
2a, b- rasm.To’g’rilagich sxemasi (a) va kuchlanishning pulsatsiyalanishi (b)
Eg sodda tekislovchi filtr yuklama (nagruzka) ga paralell qilib ulangan
kondensatordan iborat. Ikki yarim davrli to’g’rilash sxemasi asosida tuzilgan
to’g’irlagichning sxemasi va undagi yuz beradigan jarayonlarning grafik tasviri 2a,
b -rasmlarda ko’rsatilgan. Sxemaning ishlashi xuddi bitta yarim davrli to’g’rilagich
sxemasining ishlashiga o’xshash bo’ladi. Bu sxemada kuchlanishning pulsatsiyala-
nish chastotasi ikki marta ortiq bo’lib uning amplitudasi kichik bo’ladi.
To’g’rilagich sxemalarining turlari ko’p, lekin shu sxemalar ichida
ko’prik
sxema
deb ataladigan to’g’rilagich amaliyotda keng tarqalgan. Uning sxemasi 3-
rasmda
keltirilgan.
To’g’rilagich
sxemasidan
ko’rinadiki
transformator
kuchlanishining birinchi yarim davrida D
1
va D
2
lar ishlasa, ikkinchi yarim davrida
D
2
va D
4
lar ishlaydi. Ko’prik sxemaning asosiy afzalliklari shundaki, to’g’rilangan
tok amplitudasining pulslanishi kichik bo’ladi va o’rta nuqtali transformatorga hojat
qolmaydi. Ko’pincha to’g’rilagichlar ko’prik sxema asosida yig’iladi.
To’g’rilagichlarning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: to’g’rilangan
maksimal tok va kuchlanish kattaliklari, to’g’rilagichning foydali ish koeffitsienti
(F.I.K.) va h.k.
Mazkur ishda ko’prik sxemasida yig’ilgan to’g’rilagichning tuzilishi, ishlash
tamoyili o’rganiladi va olingan natijalar asosida to’g’rilagichning foydali ish
koeffitsienti quyidagi formuladan hisoblanadi.
2
2
1
1
U
I
U
I
(1)
Ko’prik sxemasiga ulangan to’g’rilagich maketi maxsus panelga o’rnatilgan
bo’lib, uning sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
3-rasm.
Ko’prik
sxema
4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |