6-maruza. Asinxron motorli elektr yuritma koordinatalarini kuchlanishni
o‘zgartirib rostlash
Reja:
1.«Tiristorli kuchlanish rostlagich – asinxron motor»
2.Asinxron motorning chastotasini o‘zgartirib tezligini rostlash
3.Asinxron motorning chastota o‘zgartkichga ulanish sxemasi va tavsiflari
1.«Tiristorli kuchlanish rostlagich – asinxron motor»
Asinxron motorning rostlanuvchan koordinatalarini rostlashni, nisbatan sodda boshqaruv
sxemalari asosida, stator chulg‘amiga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirib
amalga oshirish
mumkin. Bu usulning yana bir jihati energiya tejamkor asinxron elektr yuritmalarni yaratish
imkonini ham berishidir.
Rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor koordinatalarini rostlash uchun asinxron motor 2
bilan tarmoq o‘rtasida boshqariluvchi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichi 1 bo‘lib,
uning chiqish
qismidagi rostlanuvchi kuchlanish U
1rost
boshqariluvchi o‘zgartkichga
berilayotgan boshqaruv
signali U
b
ga proporsional o‘zgaradi (6.1 – rasm). Stator chulg‘amidagi kuchlanish 0 dan U
1N
gacha o‘zgargan holda uning chastotasi
f
= 50 Gs o‘zgarmay qolaveradi.
Stator chulg‘amidagi kuchlanishning o‘zgarishi ideal salt yurish tezligini o‘zgartirmaydi, chunki,
bu tezlik kuchlanish chastotasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, qutblar soniga teskari prporsionaldir.
Sir-panishning kritik qiymati esa motor chulg‘amlarining qarshiliklari
qiymatiga va motorning
yuklanish darajasiga bog‘liq. Motorning maksimal momenti esa kuchlanishning kvadratiga to‘g‘ri
proporsionaldir.
Shu sababli U
1 rost
= var uchun qurilgan mexanik tavsiflar asinxron motor tezligini rostlash uchun
yaramaydi (6.1,b – rasm), chunki kuchlanish qiymati kamaygan sari uning yuklanish darajasi
kamayib boradi va rostlanish diapazoni ham juda kichik bo‘ladi. 3, 4, 5, 6 tavsiflar kuchlanishning
U
1N
, 0,8U
1N
, 0,6U
1N
, 0,4U
1N
qiymatlari uchun qurilgan. Shu sababli ham 3.24a –
rasmdagi
asinxron elektr yuritma tizimini asinxron motorning o‘tkinchi jarayonlarida,
texnologik
talablardan kelib chiqqan holda, moment va tok qiymatlariga ta’sir etish uchun qo‘llash mumkin.
6.1. – rasm. Asinxron motorning stator chulg‘amidagi kuchlanishni o‘zgartirib
koordinatalarini
rostlash sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b)
Boshqariluvchi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichi sifatida,
boshqariluvchi transformator,
avtotransformator, induksion regulyator va tiristorli kuchlanish rostlagichlar (TKR) qo‘llaniladi.
Hozirgi paytda asosan TKR lar qo‘llanilmoqda. Chunki boshqa o‘zgartkichlarga nisbatan TKR
а) ~U
1H
б)
3
1
U
б
6 5
4