3 – rasm. K111EY1 integral mikrosxemasining tuzilish sxemasi Bu mikrosxema tarkibida o‘zgartirgichni boshqarish, himoyalash va yoqish uchun zarur bo‘lgan barcha qismlar bor. A1 zveno tayanch kuchlanishi va yordamchi stabil +15 V kuchlanish manbai hisoblanadi. Xatolik signali kuchaytirgichi (A2 zveno), komparator (A3 zveno) va arrasimon kuchlanish generatori A4 KIM zanjirini tashkil qiladi. O‘zgartirgichning himoya tizimiga 144 kirish kuchlanishini kamayishini nazorat qilish uchun A8 zveno, 144kirish kuchlanishi ortishini nazorat qilish uchun esa A9 zveno kiradi, shuningdek A10 zveno tok bo‘yicha himoya qismi hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari mikrosxema tarkibiga VT1 va VT2 tranzistorlarni kommutatsiyalovchi chiqish boshqarish impulslarini shakllantiruvchi qismlari ham kiradi. Bu tranzistorlar esa kichik quvvatli o‘zgartirgichlarda kuch tranzistorlari sifatida o‘rta va yuqori quvvatli o‘zgartirgichlarda esa dastlabki quvvat kuchaytirgichi sifatida ishlatiladi.
Taqqoslash zanjiri bo‘lgichidan teskari aloqa signali A2 kuchaytirgich kirishlaridan biriga beriladi. Kuchaytirgichning boshqa ikkinchi kirishiga A1 zveno chiqishidan tayanch kuchlanishi beriladi. Teskari aloqa kuchaytirgichi chiqishidan kuchaytirilgan xatolik signali olinadi va KIM komparatori (A3 zveno) kirishiga beriladi. Arrasimon kuchlanish generatori (A4 zveno) kuchlanishi KIM komparatorining ikkinchi kirishiga beriladi. Komparator chiqishidan KIMli impuls kuchlanish A6 va A7 impuls selektorlariga beriladi. Bu mikrosxemalari kirishiga yana A5 trigger chiqishidan impulslar beriladi, bunda A6 zveno kirishiga triggerning noinverslovchi chiqish impulslari (2 b-rasmga o‘xshash), A7 zveno kirishiga esa triggerning inverslovchi chiqish impulslari beriladi (2 v-rasmga o‘xshash).
Shunga ko‘ra A5-A7 zveno fazalar aralashtirgichi sifatida ishlaydi. A7 zveno chiqishidagi impulslar A6 zveno chiqishidagi impulslarga nisbatan faza bo‘yicha 180º ga surilgan bo‘ladi.
VT1 va VT2 kichik quvvatli tranzistorlar kuchaytirgichlar hisoblanadi va KIMli impulslarni ikki taktli o‘zgartirgichning kuch tranzistor-kalitlariga uzatish imkonini beradi. Tashqi C1 kondensator va R1 rezistor impulslarning takrorlanish chastotasini o‘rnatish va rostlash uchun xizmat qiladi. R2 rezistorining qarshiligi impulslar orasidagi himoya pauzasining uzunligini aniqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016.
Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016.
www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.