Rostlash xarakteristikasi
generator qismlaridagi kuchlanish va
yakorning aylanish tezligi o„zgarmas bo„lganida uyg„otish tokining yuklama
toki bilan qanday bog„langanligini ko„rsatuvchi egri chiziqdir:
Ug=const va n=const bo‘lganda Iy=f(Iya).
Elektr energiyasi iste‟molchilari (elektr dvigatellari, lampalar va b.) ning
yaxshi ishlashi uchun manbadan olinadigan kuchlanish yuklama o„zgarishiga
bog„liq bo„lmay nominal qiymatga teng bo„lishi kerak.
Shuntli generatorlarda yuklama o„zgarishi bilan kuchlanishni miqdor
jihatdan bir xil saqlash imkoniyati bor. Buning uchun uyg„otish zanjiridagi
rostlash reostati yordamida uyg„otish toki
Iu
, shuningdek, magnit oqimi
F
va
EYuK Ye
o„zgartirilib, kuchlanishni
U=const
tarzida ushlab turiladi. Barcha
generatorlar kuchlanish rostlagichi bilan jihozlanadi.
7
Demak, rostlash xarakteristikasi turli yuklamalarda generatorlarning
qismalaridagi kuchlanishni bir hil (o„zgarmas) qilib ushlab turish uchun
uyg„otish tokini qancha o„zgartirish kerakligini ko„rsatadi.
O„zgarmas tok generatori sanoat qurilmalarining (elektroliz va galvanik
qurilmalari) past kuchlanishli o„zgarmas tok iste‟mol qiladigan manbalari
hisoblanadi.
Undan
sinxron
generatorning
uyg„otgichi
sifatida ham
foydalaniladi. Ayniqsa, maxsus o„zgarmas tok generatorlari (payvandlashda,
poezdlarni yoritish uchun ishlatiladigan generatorlar, o„zgarmas tok
kuchaytirgichlari, akkumulyatorlarni zaryadlash uchun generatorlar) keng
tarqalgan.
Ketma-ket uyg‘otishli generator
Ketma-ket uyg„otishli generatorda magnit oqimi hosil qilish uchun
yuklama tokidan foydalanish mumkin, buning uchun generatorning uyg„otish
chulg„ami yakor bilan o„zaro ketma-ket ulanadi. Bunday generatorda yakor toki
bilan uyg„otish toki qiymat jihatdan nagruza tokiga teng bo„ladi,
ya‟ni;
Iya=Iy=I
.
Demak, generatorni faqat yuklama bo„lgan holdagina uyg„otish mumkin.
Shuning uchun bunday generatorlarning salt ishlash xarakteristikasini olib
bo„lmaydi. Generatorda yuklama bo„lmaganda
Iy=I=0
bo„ladi, generator
qismlaridagi kuchlanish faqat qoldiq magnetizm hisobiga hosil bo„ladi. Agar
generatorning salt ishlash xarakteristikasini olish talab etilsa, uning uyg„otish
chulg„amiga tashqaridan (alohida manbadan) tok yuboriladi.
Generator qismlaridagi kuchlanish yakorda induksiyalangan EYuK
dan yakor va uyg„otish chulg„amlaridan kuchlanishning pasayishi miqdoricha
kichik bo„ladi:
U=E-Iya(Rya+Ry
)
bunda
E=cFp;
F=
.
M
R
Kuchlanishning yuklamaga qarab o„zgarishi ferromagnit materiallarning
magnitlanish qonuniga yaqin bo„ladi, chunki magnit oqimi
F
ning uyg„otish toki
Iy
ga qarab o„zgarishi magnitlanish xarakteristikasi
B=f(H)
dan iborat.
Yuklama toki ortishi bilan magnit oqim ko„p ayadi, kuchlanish ortadi.
Ammo tok katta bo„lsa, to„yinish hodisasi tufayli magnit oqimi deyarli ko„p
aymaydi. Yakor va uyg„otish chulg„amlari kuchlanishninig pasayishi ortadi,
shuningdek, yakor reaksiyasi ham kuchayadi. Natijada mashina qismlaridagi
kuchlanish pasaya boshlaydi.
Elektr
energiyasining
odatdagi
iste‟molchilari
uchun
bunday
xarakteristika to„g„ri kelmaydi, chunki ular kuchlanishning o„zgarmas bo„lishini
talab etadi. Shuning uchun o„zgarmas tok olishda bunday generator
8
ishlatilmaydi. U faqat maxsus sxemalarda volt qo„shuvchi mashinalar tarzida
qo„l laniladi.
Ketma-ket uyg„otishli generatorlar uchun rostlash xarakteristikasi
olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |