2.To’g’ri chiziq bo’yicha o’zgaradigan mexanik xarakat. Bunda x=1, qarshilik momenti to’g’ri chiziq bo’yicha tezlikka nisbatan o’zgaradi (soddalashtirish uchun M0=0). Bu xarakteristikalar mustaqil qo’zg’aladigan o’zgarmas tok generatori yuritmalarida o’chrashi mumkin.
3. Mashinaning statik momenti tezlik kvadratiga proporsional bo’ladi, bunda x=2. Bunday xarakteristikaga ega bo’lgan mexanizmlar xarakteristikalari ventilyatorli xarakteristikalar hisoblanadi. Ventilyatorlardan tashqari markazdan qochma va uyurma nasoslar, generatorlar, sentrafugalar, kema parraklari, trubokompressorlar va molotilkalarning barabanlari ham salt ishlaganda ventilyator xarakteristikasiga ega bo’ladi.
1. –rasm. Ish mexanizmlarining mexanik xarakteristikalari
4.Tezlik oshganda moment kamayadigan yoki egri chiziq bo’yicha kamayadigan mexanik xarakteristika.Bunda x=-1, qarshiliklar momenti tezlikka teskari proporsional ravishda o’zgaradi quvvat esa doimiy o’zgarmas bo’lib qolaveradi.
Bunday mexanizmlarga ba'zi transport mexanizmlardan harakatlanuvchi tarkiblar, uzatuvchi noriyalarning, kombainlardagi boshoq elevatorlarining va ba'zi metall qirqish stanoklarining xarakteristikalari kiradi.
2.Elektr motorlarning mexanik xarakteristikalari.
O’q aylanish tezligining motor hosil qilayotgan momentga bog’lanishiga elektr motorining mexanik xarakteristikasi deb ataladi.
Agar mexanik xarakteristika, energiya tarmog’ining nominal parametrlari, normal qilish sxemasi va motor zanjiriga qo’shimcha qarshiliklar kiritilmagan holda olingan bo’lsa, motorning mexanik xarakteristikasi tabiiy xarakteristika deb ataladi.
2.–rasm. Ekektr motorlarning mexanik xarakteristikalari
Motorning berilgan kattaliklarining birortasiga o’zgartirish kiritib olingan mexanik xarakteristika sun'iy mexanik xarakteristika deyiladi.
O’z-o’zidan ma'lumki, motorning sun'iy xarakteristikasi cheksiz ko’p, tabiiy xarakteristikasi esa, faqat bitta bo’ladi.
Ko’pchilik elektr motorlardan yuklama bilan ishlayotib moment oshganda aylanish tezligi kamayadi. Bu holda xarakteristika pasayuvchi bo’ladi.
Moment o’zgarganda motor tezligining o’zgarish darajasi mexanik harakatning bikrligi bilan aniqlanadi. Bikirlik quyidagi nisbat bilan aniqlanadi:
yoki
Bikirlikni aniqlashda qiymatlar nisbiy birliklarda olinadi. Motorlarning barcha mexanik xarakatlari bikirligiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1)Bikirligi bilan mutloq bikir xarakteristikalar (1-egri chiziq) bunday xarakteristikalarda aylanish tezligi mutloq o’zgarmas sinxron motorlar bo’ladi.
2)Moment oshganda tezligi biroz kamayadigan va >40÷10 bilan bikir xarakteristikalar. Bu guruxga mustaqil qo’zg’atiladigan O’TM tabiiy xarakteristikalari (2-e/ch) va asinxron motorlar xarakteristikasining (3-e/ch) chiziqli uchastkasi kiradi.
3)Moment oshganda tezligi nisbatan ko’p pasayadigan va bikirligi gacha yumshoq mexanik xarakteristikalar. Bunday xarakteristikalar ketma-ket qo’zg’aladigan O’TM larida (4-e/ch) yakorning zanjirida katta qarshiligi bor, mustaqil qo’zg’altiradigan motorlar va motorning zanjiriga qo’shimcha qarshiliklar kiritilgan asinxron motorlarda bo’ladi.
Elektr yuritma ishlaganda ish mashinasining qarshiligini yengish uchun motor muayyan moment hosil qilishi kerak, shuning uchun motor tanlashda motor va ish mashinasining xarakteristikalari bir-biriga mos kelishini aniqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |