5. O‘zgarmas tok mashinalarining zamonaviy turlari
a) Kontaksiz ( ventilli) o‘zgarmas tok motorlari. Ma’lumki, odatdagi O‘TM larining asosiy kamchiligi–cho‘tka-kollektor qurilmasining ishdagi ishonchliligining kamligidir. O‘TM larining ish xossalarini yaxshilash maqsadida ularning cho‘tka-kollektor qurilmasi yarim o‘tkazgichli kommutator (invertor) bilan almashtirilgan. Bu kommutator kontaksiz rotor holati datchigidan kiradigan signallar orqali boshqariladi. Motorning ishchi chulg‘ami (bir-biridan fazoda 120 siljigan va «yulduz» ulangan A, B va C chulg‘amlari) stator o‘zagi pazlarida joylashtirilgan, rotori esa doimiy magnitdan yasalgan (5.41-rasm).
Birorta mexanizmni harakatga keltirayotgan motorning o’qi rotor holati datchigi (RHD) bilan mexanik ravishda birlashtirilgan bo‘ladi. RHD ning rotorida signal elementi (SE), statorida esa sezgir elementi (Sez.E) o‘rnatiladi. Bundan keladigan signal kommutator bloki (KB)ga kiradi. Yakor chulg‘ami seksiyalarining O‘T manbasiga ulanishi KB elementlari orqali amalga oshiriladi.
RHDning vazifasi–doimiy magnit qutblarining yakor chulg‘ami sektsiyalariga nisbatan tutgan holatiga mos holda boshqarish signalini KB ga berishdan iboratdir. RHDning sezgir elementi sifatida, asosan Xoll EYK datchigi qo‘llaniladi. Bu datchikning chiqishidagi signal zanjirdagi tokning yo‘nalishi va qo‘zg‘atish chulg‘ami magnit maydonining yo‘nalishiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Statik kommutator RHDdan boshqarish signalini olib motorning yakor chulg‘amida xuddi kollektor bilan cho‘tka yakor chulg‘amida hosil qiladigan toklarning o‘zgarishini vujudga keltiradi.
Kommutator (K)–har fazaviy chulg‘amga bittadan TA, TB, TC tranzistordan iborat bo‘lib, A, B, C fazaviy chulg‘amlarga ketma-ket ulangan. Tranzistorlarga beriladigan boshqarish signallar Sez.E ning holatiga bog‘liq ravishda ishlab chiqiladi. Tranzistorlar kalit rejimida ishlab «yopiq» yoki«ochiq» turg‘un holatiga ega. Birinchisi signal yo‘q vaqtiga to‘g‘ri keladi, ikkinchisi esa signal berilganda bo‘ladi. 5.41-rasmda Sez.E statorning «A» fazasiga mos kelgan holati ko‘rsatilgan. Bunda TA– ochiq, ya’ni «A» fazasidan tok IA o‘tadi, TB va TC lar esa yopiq bo‘ladi. IA toki rotorning doimiy magnit maydoni bilan ta’sirlashib aylantiruvchi moment M ni hosil qiladi. Natijada, rotor RHD bilan soat strelkasi bo‘yicha aylana boshlaydi. Bir oz vaqtdan keyin Sez.E birdaniga ikkita fazaga ta’sir eta boshlaydi, so‘ngra esa «B» fazasi ishlaydi va hokazo. Kontaksiz O‘TM lari shu tarzda ishlaydi. Ularning mexanik xarakteristikalari 5.41,b-rasmda keltirilgan.
5.41-rasm. Kontaktsiz (ventilli) o’zgarmas tok motorining prinsipial sxemasi (a) va mexanik xarakteristikalari (b); SE – signal elementi; RHD – rotor holatining datchigi (darakchisi); Sez.E – sezgir element; K – yarimo‘tkazgichli kommutator; T –tranzistor.
Kontaksiz O‘TM lari odatdagi motorlarning ijobiy sifatlarini saqlagan holda, ularda cho‘tka-kollektor qismining yo‘qligi ularning katta afzalligidir. Konstruksiyasi (motor, RHD va kommutator) ning murakkabligi va narxining qimmatligi ularning kamchiligidir.
b) O‘zgarmas tok mashinalarining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan yangi to’rlari. Hozirgi vaqtda umumiy maqsadli O‘T mashinalarining asosiy to’rlarilari 2P va 4P, hamda kran-metallurgiya motorlari va maxsus maqsadli to’rlarilari ishlab chiqarilmoqda. 2P to’rlarisiga quvvati 0,13 dan 200 kW gacha, aylanish o‘qi balandligi 90135 mm bo‘lgan motorlar kiradi. Ilgarigi P to’rlariga kiradigan XIIXVI gabaritlar yangi P2 to’rlari bilan almashtirilmoqda.
O‘TM larining 2P va 4P to’rlarilarining motorlari 110, 220, 340 va 440 V kuchlanishlarga va 750, 1000, 1500, 2200 va 3000 ayl/min aylanish chastotalarga tayyorlanadi.
2P to’rlardagi motorlar mustaqil qo‘zg‘atishli bo‘lib, qisqa muddatli katta o‘ta yuklanishni ta’minlaydigan kompensatsion chulg‘amga ega va ularning aylanish chastotasini keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin.
Metallurgiya, yuk ko‘tarish kranlar, ekskavatorlar va boshqa elektr yuritmalar uchun quvvati 2,5 dan 185 kW gacha, kuchlanishi 220 va 440 V, nN=4001440 ayl/min bo‘lgan «D» to’rlarili (ular aylanish chastotani keng ko‘lamda rostlashni ta’minlaydi) O‘TMlar; qadamlovchi ekskavatorlar elektr yuritmalari uchun quvvati 450 kW, 370 V, n =29 ayl/min bo‘lgan MPVE–450–29 tipli; quvvati 1000 kW,600 V, n = 630/1000 ayl/min bo‘lgan MPE–1000–630 UXLZ tipli O‘TM lari; quvvati 1250 kW, kuchlanishi 930 V, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan GPE–1250 tipli O‘T generatorlari; burg‘ilovchi qurilmalar uchun quvvati 68 kW bo‘lgan DEV–808 tipli, 110 t yuk ko‘taradigan BelAZ–7519 o‘zi ag‘darar yuk mashinasi g‘ildiragini aylantiruvchi tortish O‘TM lari (360 kW, U = 750 V, n = 1100 ayl/min) va ularni energiya bilan ta’minlovchi GPA-600 tipli (630 kW) tortish generatori; elektrovoz va teplovozlar uchun quvvati 800 kW gacha bo‘lgan tortish O‘TM lari; jo‘vaqash dastgohlari (prokat stanlari) uchun quvvati 300 kW gacha bo‘lgan O‘TM lari (ikki, uch va to‘rt yakorli konstruksiyada); kam quvvatli O‘TM lar PL, DPM, DPR to’rlari ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari
1.Tоrtuvchi o’zgаrmаs tоk mоtоrlаri umum qullanadigan mashinalardan qanday farq qiladi?
2.O’zgаrmаs tоk tахоgеnеrаtоrlаri nima vazifani bajaradi?
3.Коntаktsiz o’zgаrmаs tоk mоtоrlаri tuzulishini aytib bering?
4.Ijrоchi o’zgаrmаs tоk mоtоrlаri qayrlarda qullaniladi?.
5. O‘zgarmas tok mashinalarining zamonaviy turlarini ayting?
9-M а v z u
|
O’zbеkistоn Rеspublikаsidа Tеmir yo’llаrning elеktrlаshtirishdа elеktr yuritmаning hоlаti vа rivоjlаnishi. ”Elеktr yuritmа” to’g’risidа tushunchа. Elеktr yuritmа klаssfikаsiyasi. Elеktr yuritmаning elеktr hаrаkаtlаnuvchi tаrkibdаgi rоli.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |