O’zgаrmаs tоk mаshinаlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


REJA 1.O’zbеkistоn Rеspublikаsidа Tеmir yo’llаrning elеktrlаshtirishdа elеktr yuritmаning hоlаti vа rivоjlаnishi



Download 3,04 Mb.
bet49/85
Sana06.12.2022
Hajmi3,04 Mb.
#879829
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Bog'liq
2-семестр. Маърузалар Microsoft Word

REJA
1.O’zbеkistоn Rеspublikаsidа Tеmir yo’llаrning elеktrlаshtirishdа elеktr yuritmаning hоlаti vа rivоjlаnishi.
2.”Elеktr yuritmа” to’g’risidа tushunchа.
3. Elеktr yuritmа klаssfikаsiyasi.
1.O’zbеkistоn Rеspublikаsidа Tеmir yo’llаrning elеktrlаshtirishdа elеktr yuritmаning hоlаti vа rivоjlаnishi.
Elektr harakatlanuvchi tarkib va avtonom transport vositasiga elektr yuritma bilan o’rnatiladigan elektr mashina tortuvchi elektr mashina deb ataladi.
Tortuvchi elektr yuritmalar o’zining rivojlanishi davomida takomillashtirilib kelinmoqda, bunda tortuv elektr mashinasining parametri va xarakteristikallari sifat jihatidan yaхshilanmoqda. Tortuv elektr mashinasining ish sharoiti umum ishlattiladigan elektr mashinalar ish sharoitidan tubdan farq qiladi.Tortuv elektr mashinasi kuzovda, ekipajning tagida yoki g’ildirak stupetsasida o’rnatiladi, shuning uchun ularga tashqi muxit ko’p ta’sir qiladi.
Motorga sovutish havosi bilan birga chang, suv, qishgi vaqtlarda esa qor xam tushadi. Shuning uchun tortuv elektr motorlari shunday xisoblanishi lozimki, ular faqatgina nominal rejimga ishlab qolmasdan balki tok bo’yicha o’ta Yuklanishda va yuqori aylanish chastotasi rejimlarida ham ishlashi lozim bo’ladi. Bularning barchasi tortuv mashinalarining kommutatsiyaga mustahkamligiga yuqori talablar qo’yadi. Tortuv mashinalari kommutatsiyasi kontakt o’tkazgichida kuchlanishning tezda tushishiga sabab bo’ladi va uni olib ta’mirlash qo’shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Tortuv motori – tortuv elektr yuritmasining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Individual yuritma eng ko’p qullanadigan va keng tarkalgan yuritma bo’lib, bunda har bir motor birta g’ildraklar juftligini harakatga keltiradi. Elektrovozlarda tortuv motorlarning quvvati bunday yuritmalar uchun 900-1200 kVt ga etadi, elektr poezdlarda esa 230-250 kVt , teplovozlarda -350 kVt ni tashkil etadi.
Kam hollarda guruhli yoki transmission yuritmalar qo’llaniladi, bunda har bir tortuv motori 2-3 g’ildraklar juftligini harakatga keltiradi. Bu holda motorning birlik quvvatini oshirishga imkon beradi, bu esa mashinaning quvvat birligiga tug’ri keladigan massasini ancha pasaytiradi:

Bu erda: m–motor massasi, kg; Pn –motorning nominal quvvati, kVt.
Hozirgi zamon elektrovozlarining tortuv elektr motorlarining quvvat birligiga tug’ri keladigan massasi, individual yuritmalarda ni tashkil qilsa, guruxli yuritmalarda ni tashkil etadi. Guruxli yuritmalarda g’ildirakning rels bilan ilakishidan foydalanish bir qancha oshadi, lekin uning konstruktsiyasi sezilarli darajada murakkablashadi va tortish uzatmasini ta’mirlash xajmi oshadi.
Harakat tezligi 300-350 km/soatdan yuqori bo’lganda g’ildirakning rels bilan ilakish koeffitsienti ancha pasayadi va g’ildrak–rels kontakti orqali kerakli tortish kuchiga ega bo’lish murakkablashadi. SHuning uchun yuqori tezlikli er usti transportlarida aylanadigan tortuv motorlari emas, faqat tug’ri chizikli yoki elektromagnit yostiqchali motorlar qo’llaniladi. Tortuv motorlari amalda yuritmaning xar qanday kerakli tortuv xarakteristikalsini, ya’ni V harakat tezligining F tortish kuchiga nisbatan bog’liqligini olishga imkon beradi.
Tabbiy yumshoq xarakteristikallar bir-biridan farq qiladi, ishchi diapazonda <0 da, qattiq, agar bo’lsa va nisbatning ixtiyoriy qiymatlarida kerakli qiymatlarni qabul qilib, tortuv motorlarining xususieatlaridan foydalanmay, uning ish rejimlarning doymiy ravishda avtomatik rostlashdan foydalaniladi.Tortuv motorlari lokomotivlarning o’zida joylashgan yoki undan tashqarida joylashgan bo’ladi, bu boshqarish joyidan lokomotivlarni sodda va ishonchli ravishda boshqarishga imkon beradi.
Tortuv motorlarining mavjudligi harakat tarkibini elektr tormozlashga, ya’ni uni generator rejimiga o’tkazib tormozlashga imkon yaratadi. Bunda tortuv motori Yordamida ishlab chiqarilayotgan elektr energiya kontakt tormog’iga o’zatilishi mumkin (rekuperativ tormozlash), yoki tormoz qarshiligiga taqsimlanishi mumkin (reostatli tormozlash). Elektr tormozlashda poezd vagonining va lokomotivlarning mexanik qisimlari pnevmatik tormozlashga nisbatan ancha kam eyiladi. Og’ir sharoitda ishlashi va ulchamlari qattiq chegaralanganligi uchun tortuv elektr motorlari chegaraviy foydalaniladigan mashinalarga kiradi. Ko’pgina tortuv motorlari konstruktiv tayyorlanish buyicha yahshi taraflari mavjud bo’lgan va shu bilan birga kamchiliklari xam mavjud bo’lgan kollektorli o’zgarmas tok va pulsatsiyalanuvchi tokli mashinalar turiga kiradi.
20-asrning 60 yillariga kelib transport soxasi bo’yicha rivojlangan mamlakatlarda kollektorsiz tortuv motorlari - asinhron (ATM) va ventilli (sinhron) motorlarni elektr harakat tarkibida qo’llash ustida tuhtovsiz izlanishlar va tadqiqotlar olib borilmoqda.
Biroq ATMlarni keng tadbiq etish, ularni energiya ta’minot tizimi uchun qo’llaniladigan o’zgartirish qo’rilmalari mustaxkamligini oshirishni talab etganligi tufayli keng qo’llanilmagan. Xozirgi kunga kelib, o’zgaruvchan tok ta’minot tizimi yo’lga qo’yilganligi va xar-hil o’zgartirish qurilmalarining takomillashtirilganligi tyfayli qisqa tutash rotorli asinhron motorlarni elektr harakat tarkiblarida qo’llash keng yo’lga qo’yilmoqda. Yuk tashuvchi elektrovozlar uchun mamlakatimiz yo’llarida tortuv elektr motorlarining tirgakli-o’qli osish usuli qo’llaniladi, unda bir tarafdan g’ildirak juftligi o’qiga motor-o’qli podshipniklar orqali maxkamlansa, boshqa tarafdan–aravachaning ramasiga elastik ravishda osiladi. Yo’lovchi tashuvchi elektrovoz va elektr poezdlari tortuv elektr motorlari ancha takomillashgan bo’lib, ramaga osiladi, bunda ular tulig’icha ressorlangan bo’ladi. Asinhron tortuv elektr motorida o’qli osishni qo’llash mumkin bo’ladi, bunda g’ildirak juftligi o’qi motorning rotori ichiga kirib turadi.
Elektrovozlarning tortuv elektr motorlari bog’liq bo’lmagan intensiv holdagi shamollatish bilan bajarilgan, bunda havo lokomotivning kuzoviga urnatilgan mahsus motor-ventilyator yordamida o’zatib beriladi. Elektr poezdlarda motor ventilyatorga joy bo’lmaganligi uchun tortuv motorlarga o’z-o’zidan shamollatish tizimi qo’llaniladi, bu holda ventilyator sovutiladigan motor o’qida urnatiladi.
O’zgaruvchan tokli EHTdagi tortuv (asosiy) transformotorlarida kuchlanishni 25kV kuchlanishdan tortuv elektr motorlar uchun zarur bo’lgan karrali miqdorgacha o’zgartirsh mumkin bo’ladi. Yordamchi elektr mashinalar, lokomotivning va poezdning isitish zanjirlarini energiya bilan ta’minlaydi. Transformotorlar yog’li intensiv sovutish, yog’ni majburiy tsirkulyatsiya qilish yordamida sovutish va yog’li issiqlik almashinish qismini majburiy havo yordamida sovutadigan qilib tayyorlanadi.
Yordamchi elektr mashinalar ijrochi va yordamchi qurilmalarini energiya bilan ta’minlash uchun mashinali o’zgartgichlarga bo’linadi. Ijrochi mashinalar lokomotivning ventilyatorlari, sovutish tizimi nasoslari, kompressorlar, pnevmatik tormozni siqilgan havo bilan ta’minlovchi pnevmatik qurilmalar yuritmasi sifatida qo’lllaniladi. Mashinali o’zgartgichlar tortuv motorlarini bog’liq bo’lmagan holda quzg’atishda, past kuchlanishli yordamchi mashinalarni ta’minlashda (dinamotorlar) va bir fazali tok kuchlanishini uch fazaliga o’zgartirish (faza ajratgichlar) maqsadlarida qo’llaniladi.
Ko’pgina xollarda kombinatsiyalangan mashinali agregatlardan foydalaniladi, ya’ni, ventilyatorlar yoki faza ajratgichlar elektr motorlari bir vaqtda tokni boshqarish generatori yuritmasi sifatida xam foydalaniladi. Yordamchi elektr mashinalar elektrovozning kuzovida yoki elektr poezdi vagoni tagida joylashtiriladi.
O’zgarmas tokli elektr harakat tarkibida yordamchi mashinalar yuritmasi uchun, asosan yuqori kuchlanishli ketma-ket yoki aralash qo’zg’atiladigan kollektorli motorlar, kam xollarda asinhron elektr motorlari qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tokli sanoat chastotali elektr harakat tarkibida mashinali faza ajratgichlar yordamida ta’minlanadigan asinhron yordamchi motorlar va yordamchi tug’rilagichlardan pulstsiyalanuvchi tok bilan ta’minlanadigan past kuchlanishli kollektorli motorlardan foydalanish tizimlari keng tarqalgan.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish