O’zgаrmаs tоk mаshinаlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi


Mа’ruzа №5. O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri. E.YU.K vа mоmеntlаr tеnglаmаsi



Download 3,04 Mb.
bet28/85
Sana06.12.2022
Hajmi3,04 Mb.
#879829
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Bog'liq
2-семестр. Маърузалар Microsoft Word

Mа’ruzа №5. O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi. O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri. E.YU.K vа mоmеntlаr tеnglаmаsi.
REJA
1.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi
2.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrini qo’zg’аtish usullаri.
3. E.YU.K vа mоmеntlаr tеnglаmаsi.
1.O’zgаrmаs tоk mоtоrlаrining tuzilishi vа ishlаsh tаrzi
Boshqa EM lari kabi O‘T mashinalari ham Lens kashf qilgan qaytarlik xossasiga binoan, ular generator sifatida ham, motor sifatida ham ishlay oladilar.
Tuzilishi. O‘TM ning tuzilishi generatornikidan farq qilmaydi, ya’ni qo‘zg‘almas qismi – stator: stanina, bosh va qo‘shimcha qutblar, qo‘zg‘atish chulg‘ami, cho‘tka tutqich (cho‘tkalari bilan), podshipnik qalqonlari va boshqa yordamchi qismlardan iborat (1-rasm).
Asosiy qutblar mashinaning asosiy magnit oqimini hosil qiladi. Qo‘shimcha qutblar esa mashinaning cho‘tkalari joylashgan o‘qi, ya’ni geometric neytral (ko‘ndalang o‘qi) bo‘yicha yuklama tokiga mutanosib ravishda o‘zgaradigan magnit maydonini hosil qilib, cho‘tkalarning uchqunsiz ishlash sharoitini (kommutatsiyani) yaxshilaydi.
Aylanadigan qismi—yakor. Tuzilishi: yakor chulg‘ami, kollektor, ventilyator, podshipnik, o’q va boshqa yordamchi qismlardan iborat (1-rasm).Yakorning o‘zagi qalinligi 0,5mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat list (tunuka)lardan yig‘iladi. Bu holda uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan isroflar kamayadi.
Ishlash prinsipi. O‘TM larining ishlashi «magnit maydoniga joylashtirilgan tokli o‘tkazgich orasida o‘zaro ta’sir kuchi vujudga kelishi»ga asoslangan. Bu hodisaning asosida quyidagi kashfiyotlar: «tokli o‘tkazgichning magnit strelkasiga ta’siri» (Ersted); «tokning magnit qutbiga ta’siri» (Bio va Savar) va Amperning «Elektrodinamik xodisalar nazariyasi» yotadi.

1-rasm. Umumiy maqsadli P to’rlariga mansub bo‘lgan o‘zgarmas tok motori: 1 – ventilyator; 2 – yakor chulg‘ami; 3 – kompensatsion chulg‘am; 4 – bosh qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altag‘i; 5 – bosh qutb o‘zagi; 6 – yakorning po‘lat o‘zagi; 7 – stanina (tana gardishi); 8 – kollektor plastinasi; 9 – cho‘tka tutqich; 10 – cho‘tkalar; 11 – oldingi va orqa tomondagi podshipnikli qalqonlar; 12 – o’q; 13, 14 – sharikli (kollektor tomondagi) va rolikli (orqa tomondagi) podshipniklar; 15 – qo‘shimcha qutb qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altag‘i; 16 – qo‘shimcha qutb o‘zagi; 17 – ventilyatsion kanallar; 18 – qisqich.


Agar O‘T mashinasi O‘T energiya manbaiga ulansa, mashinaninng qo‘zg‘atish chulg‘amidan va yakor chulg‘amidan toklar o‘tadi. Yakor toki qo‘zg‘atish maydoni (asosiy maydon) bilan ta’sirlashib yakor o’qida elektromagnit moment M ni hosil qiladi. Lekin bu moment generatordagi singari tormozlovchi emas, balki aylantiruvchi bo‘ladi va uning ta’sirida mashina yakori aylana boshlaydi. Bu holda mashina, tarmoqdan elektr energiyani olib, motor sifatida ishlaydi va uni mexanik energiyaga aylantiradi.
O‘T mashinasi generator sifatida ishlaganida kollektor va cho‘tkalar to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi. Motor rejimida ishlaganida esa, kollektor va uning sirtiga tegib turuvchi cho‘tkalarni, o‘tkazgichlaridan o‘zgaruvchan tok o‘tuvchi yakor chulg‘amini O‘T tarmog‘i bilan bog‘lovchi, chastota o‘zgartirgich, deb qarash mumkin.
Qutblarning berilgan qutbiyligi (ishorasi)da va yakor aylanishining ma’lum yo‘nalishida yakor chulg‘amidagi EYK ning yo‘nalishi generator va motor rejimlarida ishlaganida bir xil bo‘lib, yakor chulg‘ami tokining yo‘nalishi har xil bo‘ladi. Shu sababdan O‘TM yakorining magnit maydoni generator rejimdagiga nisbatan yo‘nalishi teskari bo‘lib, yakor reaksiyasi ham teskari ta’sir qiladi, ya’ni:
1) cho‘tkalar geometrik neytralda bo‘lganida ko‘ndalang yakor reaksiyasi asosiy magnit maydonini qutb o‘qidan o‘ng tomonida susaytiradi, uning chap tomonida esa, kuchaytiradi;
2) cho‘tkalar yakor aylanishi tomonga siljigan bo‘lsa, yakorning bo‘ylama magnit yurituvchi kuchi (MYK) ham vujudga keladi, agar cho‘tkalar teskari tomonga siljigan bo‘lsa, bu MYK bo‘ylama magnitsizlovchi ta’sir qiladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish