Motorning tavsiflari:
a) mexanik tavsi/ - n=f(Mk ) yoki n(Mk). Bu aylanish chastotasining motor validagi momentga bog‘liqligi bo‘lib, (U= const, I= const bo‘lganida motorni tavsiflaydi. Bu tavsif motor validagi mexanik yukning motorning aylanish chastotasiga ta’sirini ko‘rsatadi;
b) rostlash tavsif - yoki n(Mk );
d) tezlik, elektromexanik tavsif - n=f(Iya ) yoki n(Iya );
e) ishchi tavsiflar - M, R, n, I,
Mexanik tavsif tenglamasi. Yakor zanjiri elektr holati tenglamasidan:
(11.21)
Bu tenglama Kirxgofning II qonuni asosida yoziladi. (Eq -qarshi EYuK) Ek=Ce n Ф ligini hisobga olib:
(11.22)
hosil bo‘ladi.
Mexanik tavsif shakli motor yukining Ф ga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. 0‘zgarm as tok mashinasi ( 0‘TM ) - mustaqil, parallel, ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli bo‘ladi. Bu turlar motor qo‘zg‘atish chulg‘amini motor yakor chulg‘amiga ulanishi bilan aniqlanadi.
Shuning uchun motorlarning a va b sxem alaridagi xarakteristikalar (tavsiflar) bir xil bo‘ladi.
Motorni reverslash-uning aylanish yo‘nalishini o‘zgartish, agar yakor toki yo‘nalishini yoki mashina magnit oqimi yo‘nalishini o‘zgartirilsa moment ishorasi, demak, aylanish yo‘nalishi o‘zgaradi. Amalda buni yakor chulg‘amlari uchlarini yoki qo‘zg‘atish chulg‘amining uchlarini qayta o'zgartib ulash bilan amalga oshiriladi. Ikkala chulg‘amda bir vaqtda qayta ulash esa, aylanish yo‘nalishini o‘zgartirmaydi.
0‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish. Motorni ishga tushirishda 2 ta talab qo‘yiladi:
1. Motorga ishga tushirish uchun qo‘zg‘atish va yakorni tezlatish uchun yetarli Mayl ni ta’minlash zarur.
2. Ishga tushirish toki qiymati cheklanishi kerak, ya’ni ishga tushish vaqtida yakordan o‘tuvchi tok Ii 2,5 Inom bo‘lishini ta’minlash kerak. 2.5 Inom dan ortib ketmasligi kerak. Ishga tushirishning uchta usuli bor:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish.
2. Yakor zanjiriga reostat ulab ishga tushirish.
3. Yakorga pasaytirilgan kuchlanish bcrib ishga tushirish.
1-yakor zanjiriga to‘liq kuchlanish ulanadi. Ishga tushirish onida n = 0 , shuning uchun E= 0. Yakor toki esa,
(11.23)
bo‘ladi. Ko‘p hollarda Rya= 0,02-1,1 Om bo‘lgani uchun Iyaishtush=50 Inom bo‘lishi mumkin; bu esa, mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydigan holdir. Shuning uchun bu usul kichik quvvatli 0’ T .M qo‘llanilishi mumkin. Ularda Iyait = (4 -6 ) Inom va to‘liq tezlik olishga 1 s dan kam vaqt talab etilganida qo‘llanishi mumkin.
2-yakor zanjiriga ketma-ket qarshiligi ulanadi. Ishga tushirish toki:
(11.24)
ni shunday tanlanadi. = 0 ishga tushirish onida n= 0 , E= 0 da Iyait = (l,4 -2,5) Inom bo‘lsin. Kattaroq qiymat, ya’ni 2,5Inom kichikroq quvvatli 0‘TM larga taalluqli. Yakor tezligining ortib borishi bilan Ek oshib boradi hamda RL ni yakor zanjiridan chiqariladi. Ishga tushirishdan oldin Rt ni qo‘zg‘atish zanjiridan to‘la chiqariladi. R zanjirdan chiqarilganda eng katta Ф bo‘ladi, shuning uchun ishga tushirish momenti:
(11.25)
11.9-rasm. Ulanish sxemasi va grafigi.
3) Ishga tushirish tokini yakor zanjirini alohida kuchlanishi rostlanuvchi manbadan ta’m inlab kam aytirish m um kin. Katta quvvatli 0‘TM larini shu usul bilan ishga tushiriladi.
11.9-rasmda 0‘TM mexanik xarakteristikalari keltirilgan. Bu parallel qo‘zg‘atishli motor uchun.
I- motor iste’mol toki ( manbadan motorga o‘tuvchi tok).
I- yakor toki, Ik- qo‘zg‘atish toki.
Kirxgofning II qonuniga binoan: I=Iya+Iq
Tabiiy mexanik xarakteristika - motor sxemasida hech qanaqa qo'shimcha qarshiliklar bo’lmaganida olinadi, ya’ni U= Unom Rit =0, Rt =0
Sun’iy tavsiflar-qo‘shimcha qarshiliklar bo‘lganida olinadi. Salt holatda M = 0, , agar Ф = const bo‘lsa, mexanik xarakteristika tenglamasi:
ya’ni, mexanik tavsif a burchagida og‘gan to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning burchak koeffitsiyenti - b dir. Bu tavsif - qattiq, I tok yuklama momentiga proporsional ortib boradi.
Nazorat savollari
0‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
0‘zgarmas tok generatorining ishlashi
0‘zgarmas tok motorlari
0‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |