Yakorning tuzilshi.
Yakor o‘zakdan, chulg‘amlardan va kollektorlardan tuzilgan. 0‘zak silindrik shakldan iborat. 0‘zak elektrotexnik po‘lat varaqlardan templash bilan tayyorlangan segmentlar (halqalar) dan to‘planadi. Bu halqalarning tashqi sirtida shtamplab pazlar (kovaklar) qilinadi. Bu kovaklarga mis o‘tkazgichlardan tayyorlangan chulg‘am (o‘ram)lar joylashtiriladi. Har o‘ramning bosh va oxirgi uchlari kollektorlarga chiqarilib, kollektor plastinalariga kavsharlanadi. Natijada yakorning berk chulg‘ami hosil bo‘ladi. Kolllektor mis plastinalaridan yig‘iladi, ular bir-biridan va korpusdan izolatsiyalanadi. Shu maqsadda mikanit qoplamasi (prokladka) qo‘llaniladi. Kollektor ham silindr shaklda bo‘lib, yakorning zaliga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |