O’zgarmas tok generatorlari avtomashinalarda, samolyotlarda, elektr yoyi vositasida payvandlashda, poyezdlarni, kemalarni yoritishda keng qo’llaniladi. Generator ishlashi uchun unda magnit maydoni bo’lishi lozim. O’zgarmas tok generatorida (dvigatelida ham) magnit maydoni elektromagnitlar vositasida yoki doimiy magnitlar yordamida hosil qilinadi. Doimiy magnitlar o’rnatilgan generator magnitoelektr generator deyiladi. O’zgarmas tok mashinalari statorida magnit qutblari (o’zaklari) o’rnatiladi va ularga qo’zg’atish cho’lg’ami joylashtiriladi. Qutblar chulg’ami va o’zagi bu oddiy elektromagnitdir.
Oʻzgarmas tok generatori
Oʻzgarmas tok generatori — oʻzgarmas tokni generatsiyalaydigan (hosil qiladigan) elektr mashina. Asosan, stator, yakor (rotor) va chulgʻamlar (sim oʻramlari)dan iborat. Aylanuvchi qismi (yakori) ning chulgʻamida induksiyalanuvchi oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka oʻzgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |