60
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, o’zgalar
mulkini talon-taroj qilish
bilan bog’liq bo’lgan jinoyatlar sodir qilishda jinoyatni og’irlashtiruvchi yoki
yengillashtiruvchi norma mutlaq mustaqil tarkibni nazarda tutardi. Bu hech
bo’lmaganda, shuning uchun ham mustaqil tarkibligi, shunday holatning bir
ob’ektga yoki sub’ektni tavsiflovchi jinoyatning ob’ektiv yoxud sub’ektiv
tomonlari yoki belgilariga muhim o’zgartirishlar kiritiladi. Shuning uchun
respublika prokuraturalari va sudlari o’z amaliyotida jinoyat tarkibining har
bir belgisini sinchkovlik bilan o’rganadi va qator
hollarda xatti-harakat
kvalifikatsiyasini o’zgartiradi yoki, xatto, ishni qonunda ko’rsatilgan asosiy
tarkibiy belgilardan birortasi yoki og’irlashtiruvchi, yengillashtiruvchi holatlar
tarkibi xatti-harakat belgilari bilan mos kelmaganligi uchun jinoiy ishni
harakatdan yetkizadi. Respublika Oliy Sudi Plenumi sudlov organlarini mana
shunga yo’naltirib kelmoqda. O’zgalar mulkini
talon-taroj qilish bilan
bog’liq bo’lgan jinoyatlarda sub’ekt sodir etgan jinoiy ishda jinoyat tarkibida
mavjud bo’lgan hamma belgilarda sud tomonidan uning aybdorligi rad etib
bo’lmaydigan darajada aniqlangan holda, aybdorlarga jazo tayinlash masalasida
ob’ektivlik, odillik, rahm-shavkatlilik va insonparvarlik kabi hislatlar ro’yobga
chiqadi. Qonun bunga o’xshash sharoitlarning hammasini avvaldan belgilab
berishi qiyin, albatta, chunki ular individual va bashorat qilib bo’lmaydigan
holatlardir. Ularning huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan inobatga
olinishi shartligi amaldagi JKning 37-moddasida ko’rsatilgan.
Unga ko’ra sudlar sodir etilgan jinoyatning
xususiyati va ijtimoiy
xavflilik darajasini, sodir etilish motivlarini, keltirilgan zarar miqdori va
xususiyatlarini, ayblanuvchi shaxsiyatini, javobgarlikni og’irlashtiruvchi yoki
yengillashtiruvchi
holatlarni, albatta, e’tiborga olishi zarur, deyilgan. Bunga,
bizningcha, respublika aholisining milliy va maishiy o’ziga xosliklarini ham
qo’shish lozim. Ular, albatta, qonunning o’zida ifodalanishi lozim, ammo shu
bilan birga o’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan
jinoyatlarda ham bularni hisobga olish zarur.
61
Jinoyat qonunchiligida uchraydigan muammolardan biri sodir etilgan
jinoyatni o’zida ifodalaydigan huquqiy normalar raqobati bo’lib,
bu faqatgina
qonunni to’g’ri qo’llash va qilmishni aniq kvalifikatsiya qilish orqali bartaraf
etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: