O'zgalar mulki. Lotincha



Download 328,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana09.07.2022
Hajmi328,05 Kb.
#764936
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
ozgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogliq bolgan jinoyatlar uchun javobgarlik

 
 
 
 


42
2.2 Talonchilik jinoyatlari (jinoyat kodeksining 166-moddasi) 

 
Ushbu modda to‘rt qismdan iborat. Zo‘rlik ishlatmay sodir etilgan 
talonchilikning obyekti (Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 1-qismi) 
o‘zganing mulkidir, zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan talonchilikning 
obyekti – o‘zganing mulki, sog‘lig‘i yoki fuqarolarning jismoniy 
daxlsizligidir. 
Obyektiv tomondan talonchilik o‘zganing mol-mulkini ochiqdan 
ochiq talon-taroj qilishda ifodalanadi. Mulkni ochiqdan ochiq talon-
taroj qilish usuli ikkita: obyektiv va subyektiv xususiyatlarga ega. 
Ochiqdan ochiq talon-taroj qilishning obyektiv xususiyati aybdor 
tomonidan o‘zganing mulkini mol-mulk egasi yoki mol-mulk ixtiyorida 
yoxud muhofazasida bo‘lgan shaxslarning, o‘zganing mulki talon-taroj 
qilinayotganligi anglab turgan begona kishilarning ko‘zi oldida talon-
taroj qilishda namoyon bo‘ladi. 
Ochiqdan ochiq talon-taroj qilishning subyektiv xususiyati shundaki, 
talonchi o‘zganing mulkini ochiq-oydin talon-taroj qilayotgan vaqtida 
o‘zining xatti-harakatlari mulk egasi tomonidan yoxud mol-mulk 
tasarrufida bo‘lgan yoki begona shaxslar tomonidan kuzatib 
turilganligini anglaydi. 
Agar aybdor tomonidan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda 
talon-taroj qilish mol-mulk egasi yoki begona shaxslar tomonidan bilib 
qilingan bo‘lsa, ammo shunga qaramay, jinoyatchi o‘zganing mulkini 
tortib olish yoki qo‘ldan bermaslik uchun hayot yoki sog‘liq maqsadida 
xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitsa yoxud shunday zo‘rlik 
ishlatsa, 
aybdorning 
o‘g‘rilik 
sifatida 
boshlangan 
harakatlari 
talonchilikka aylanadi va qilmish Jinoyat kodeksining 166-moddasi 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Biroq, aybdor qo‘lga tushib qolishdan 
qo‘rqib, talon-taroj qilingan narsani tashlab, hodisa joyidan qochib 


43
yashirinsa, uning harakatlari o‘zganing mulkini o‘g‘irlashga suiqasd 
qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Jinoyat kodeksining 166-moddasiga muvofiq talonchilikning: 
1) zo‘rlik ishlatmasdan sodir etilgan; 
2) zo‘rlik ishlatib sodir etilgan turlari mavjud. 
Zo‘rlik ishlatmasdan sodir etilgan talonchilik uchun javobgarlik 
Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan. Shaxs 
mulkni «yulib» olib ketsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 166-
moddasi, 1-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, ashyolar 
solingan sumkani jabrlanuvchining qo‘lidan tortib olish, bo‘ynidan 
zanjirni uzib qochish, boshidan telpakni yulib olish, peshtaxtadan 
tovarni changallab olib qochish va h.k. Bunda aybdor tomonidan mol-
mulkini talon-taroj qilish uchun hech qanday zo‘rlik ishlatilmaydi.
Zo‘rlik ishlatib sodir etilgan talonchilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki 
boshqa kishilarning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid solinganlik uchun 
javobgarlik Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 2-qismida nazarda 
tutilgan. O‘zganing mol-mulki talon-taroj qilingan va aybdorda talon-
taroj qilingan mol-mulkni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyati 
paydo bo‘lgan paytdan e’tiboran talonchilik tamom bo‘lgan jinoyat, 
deb hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan talonchilik to‘g‘ri qasd bilan tamagirlik 
maqsadida sodir etiladi. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, har 
qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 2-qismida: 
a) jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik 
ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib; 
b) ancha miqdorda; 
d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan 
talonchilik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.


44
Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik 
deganda, badanga yengil shikast yetkazish tushunilishi lozim. Bunday 
zo‘rlik jabrlanuvchiga jismoniy og‘riq yetkazish yoki uning erkinligini 
cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarda ham namoyon bo‘lishi 
mumkin.
Jabrlanuvchini zo‘rlik ishlatib xonaga qamab, bog‘lab qo‘yish, 
og‘ziga latta tiqib qo‘yish va h.k. shular jumlasidandir. O‘zganing mulki 
talon-taroj qilinayotgan vaqtda zo‘rlik ishlatib, shaxs erkinlikdan 
mahrum qilingan bo‘lsa, aybdorning qilmishi zo‘rlik ishlatib sodir 
qilingan talonchilik hisoblanadi (Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 2-
qismi). 
Aybdor jabrlanuvchi bilan to‘qnashmaslik, uning mol-mulkni tortib 
olinishiga to‘sqinlik qilishining oldini olish maqsadida zo‘rlik 
ishlatmasdan erkinlikdan mahrum etsa (aybdor turgan xona eshigini 
qulflab qo‘ysa), aybdorning harakatlari zo‘rlik ishlatmasdan sodir 
etilgan talonchilikni vujudga keltiradi (Jinoyat kodeksining 166-mod-
dasi, 1-qismi). 
Jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik 
ishatish bilan qo‘rqitish jabrlanuvchini mol-mulkni berishga yoki uning 
talon-taroj qilinishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur qilish maqsadida 
unga ruhiy ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. Qo‘rqitish mol-mulk egasiga 
yoxud mol-mulk ixtiyorida yoki muhofazasida bo‘lgan shaxsga nisbatan 
yoxud mol-mulkni talon-taroj qilish begona shaxslar ko‘zi oldida sodir 
etilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 
Òalonchilikda qo‘rqitish haqiqatda mavjud va real bo‘lishi kerak. 
Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 3-qismida: 
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda 
kirib; 


45
d) ko‘p miqdorda sodir etilgan talonchilik uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan. 
Jinoyat kodeksining 166-moddasi, 4-qismida: 
a) juda ko‘p miqdorda; 
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; 
d) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab 
sodir etilgan talonchilik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
Ushbu jazoni og‘irlashtiruvchi barcha holatlar talonchilik jinoyatida 
tahlil etilganligi sababli ularga to‘xtash lozim topilmadi.


46

Download 328,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish