Poezdlar harakat grafigida "okno"lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta'minlashi kerak.
TFQ ning 138-bandiga muvofiq, ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelihilgan holda DATK YaDM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelihilgan holda DATK boshqaruvi raisi ruxsati bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |