(5-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
DATK temir yo’llari bo’ylab harakatlanishga ruxsatnoma berilishidan avval dumpkarlar, tarkibini "O’zdavtemiryo’lnazorat" belgilagan komissiya tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, dumpkarlar harakatlanishiga talabnomada ko’zda tutilgan sharoitlarda foydalanishga yaroqligi tekshiriladi. Ko’rik natijalari xaqida vagonlarning texnikaviy holati va DATK temir yo’llarida harakatlanishga yaroqliligini aks ettiruvchi dalolatnoma tuziladi.
SSJD yo’llarida dumpkarlar quyidagi holatlarda harakatlanadi: 6VS-60, 7VS-60 va VS-66 dumpkarlar - yuk poezdlari, to’liq tarkibli marshrutlar va yiriklashtirilgan guruhlarda, bo’sh yoki yuk ortilgan holatda tuzish rejasiga muvofiq istalgan harakat tarkibi bilan to’ldirilib harkatlanadi; barcha boshqa turdagi dumpkarlar - tegishli turdagi dumpkarlar uchun belgilangan tezliklarda, og’irligi 2600 tonnadan ortiq bo’lmagan alohida marshrutlarda, bo’sh holatda belgilangan uzunlikkacha, yuk ortilgan holatda esa belgilangan og’irlikkacha istalgan harakat tarkibi bilan to’ldirilib harakatlanadi.
Dumpkar marshrutlarini faqat oraliq stansiyalarda ajratishni talab etmaydigan va dumpkar marshrutlari tezligini cheklamaydigan harakat tarkibi bilan to’ldirishga ruxsat etiladi.
Dumpkar marshrutlari va barcha turdagi dumpkarlarning yiriklashtirilgan guruhlari, machinist hamda egalik qiluvchi korxona yoki tashkilot tomonidan tayinlangan, dumpkarlarning tuzilishi va ulardan foydalanishni biladigan mashinist yordamchisidan iborat brigada tomonidan kuzatiladi.
Ta'mirga, ish joyiga jo’natilayotgan yoki ta'mirdan qaytayotgan dumpkarlar poezdlarda faqat bo’sh holatda, yuk poezdlari uchun belgilangan tezliklarda (VS-100 va 2VS-1O5 dumpkarlari uchun 80 -km/soatdan ortiq bo’lmagan tezlikda) jo’natiladi, bunda 6VS-60, 7VS-60 va VS-66 dumpkarlari poezdning istalgan qismida qo’yillishi mumkin bo’lsa, boshqa turdagilari yuk poezdining ortiga ulanadi.
DATK yo’llaridagi dumpkar-vagonlarga DATK parkidagi vagonlar qatori texnikaviy xizmat ko’rsatiladi.
Texnikaviy va tijorat nosozligi tufayli yuk ortilgan dumpkarlar marshrutlardan yagona yuk qog’ozi bo’yicha yuklarni marshrutlar va vagonlar guruhi bilan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ketidan jo’natiladigan hujjatlarda ham asosiy tashish xujjatlarida mavjud alohida belgilar ko’rsatiladi, bunda albatta VU-23 shaklidagi xabarnoma tuziladi.
6. Og’ir turdagi yo’l mashinalari (yo’l yotqizgich, shag’al tozalagich, qor tozalagich va h.z.), temir yo’l kranlari va maxsus harakat tarkibining boshqa birliklari (ko’chma elektr qurilmalar, kotlavan qazish, svaya poydevorlarini kontakt tarmoq tayanchlari ostiga cho’ktirish mashinalari va h.z.) faqat ushbu agregatlarga egalik qilayotgan xo’jalik bo’linmalarning talabnomalariga binoan stansiyalardan foydalanilmaydigan holatda (yuk poezdlarida yoki alohida lokomotivlar bilan) jo’natiladi.
Ularni foydalanilmaydigan holatda harakatlanishga tayyorlash tegishli agregatlar uchun ishlab chiqilgan yoki ushbu agregatning pasport ma'lumotlariga muvofiq texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar)da ko’zda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Agregat transport holatiga keltirilgani to’g’risida jo’natuvchi tomonidan tashish xujjatlariga qayd kiritilishi lozim.
Agregatning foydalanilmaydigan holatda harakatga tayyorligi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tayinlaydigan komissiya tomonidan tekshiriladi.
(6-bandning 3-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Yuk poezdlari tarkiblariga agregatlar tegishli agregatdan foydalanish tartibini belgilaydigan texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlarida ko’zda tutilgan qoidalarga muvofiq qo’yiladi.
Agar texnikaviy shartlar (yo’riqnomalar) yoki pasport ma'lumotlariga muvofiq agregat yuk poezdlari harakat grafigida belgilanganidan pastroq tezlikda o’tkazilishi lozim bo’lsa, unda agregatni transport holatiga keltirilgani to’g’risidagi qaydda jo’natuvchi shu tezlikni ko’rsatishi lozim.
7. Foydalanilmaydigan holatdagi lokomotivlar depo boshliqlari yoki zavod ma'murшyati talabnomasi bo’yicha lokomotivlarning texnikaviy holati tekshirilib va belgilangan shaklda tuzilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, jo’natiladi. Jo’natish stansiyasi boshlig’iga talabnoma bilan birga taqdim etiladigan dalolatnomada lokomotivning ruxsat berilgan harakat tezligi ko’rsatiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi lokomotiv kuzatuvchisiga topshiriladi.
Foydalanilmaydigan holatda jo’natilayotgan elektrovozlar va teplovozlar yuk poezdlarida yetakchi lokomotivning ortidan ko’pi bilan ikkita bir seksiyalik yoki bitta uch (ikki) seksiyalik qilib, DATK hududida esa DATK boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda qo’yiladi.
DATK boshqaruvi raisi ko’rsatmasiga binoan ko’p miqdorda lokomotivlar jo’natilganda bir metrga 8,1 tonnadan ortiq bo’lmagan yuklama bilan 3 tadan 10 tagacha ikki seksiyalik, 7 ta uch seksiyalik yoki 20 bir seksiyalik lokomotivlarni (etakchi lokomotivni hisoblanmaganda) yig’ma qilib, birlashtirib jo’natishga ruxsat etiladi, bunda yig’ma lokomotivlaridan biri yetakchi bo’lishi mumkin.
Yuk poezdlarida jo’natiladigan dizel poezdlar yuk poezdining oxiriga qo’yiladi.
Sovuq tenderli parovozlar ikki va undan ortiq temir yo’llar bo’ylab jo’natilganda yetakchi lokomotiv ortidan ko’pi bilan bitta, DATK temir yo’l xududida esa DATK boshqaruvi raisi belgilagan miqdorda qo’yiladi. Juft tortishda sovuq parovoz poezd boshiga yo’lning ustki tuzilmasi va sun'iy inshootlarga bog’liq ravishda qo’yiladi va bu DATK boshqaruvi raisi tomonidan ruxsat etiladi. Tenderi to’rt va olti o’qli parovozlarni tenderini oldinga qaratib jo’natishga ruxsat etiladi, tenderi uch o’qli parovozlar poezdga faqat trubasi bilan oldiga qilib qo’yiladi.
8. Maxsus tuzilmalar ularning boshliqlari talabnomalariga binoan ko’chiriladi: DATK hududida – DATK raisi buyrug’i, ikki va undan ko’proq yo’llarda SSJD buyrug’i bo’yicha ko’chiriladi.
Maxsus tuzilmaning xususiyatlari va harakat tarkibining turiga bog’liq ravishda buyruqda harakat xavfsizligini ta'minlaydigan ko’chirish tartiblari ko’rsatiladi.
9. Metropolitenlarning vagonlari (12 vagongacha) yig’malarga biriktirilib va 2 bo’sh yuk vagonlardan to’siq qilib jo’natiladi. To’siq vagonlar yig’maning har ikki uchida bittadan ulanadi. Ushbu vagonlar metropoliten vagonlari bilan birikkan tomonida avtoulagichlarning odatdagi boshchalari o’rniga o’rnatiladigan o’tkazma birikmalar bilan jihozlanadi.
Metropoliten vagonlarini kuzatib borish uchun jo’natuvchi tomonidan kuzatuvchilar tayinlanib, ularning borishi uchun yozgi mavsumda metropoliten vagonlaridan biri, qish paytida esa to’siq vagonlardan biri sifatida foydalanilgan teplushka-vagon ishlatiladi.
Harakatlanishga yaroqligini aniqlash maqsadida jo’natilayotgan metropoliten vagonlari jo’natuvchi tayinlagan komissiya tomonidan ko’rikdan o’tkaziladi. Komissiya tarkibiga DATK stansiyasi texnikaviy xizmat ko’rsatish punkti vakili kiritiladi. Komissiya jo’natilayotgan vagonlarning texnikaviy holatini tekshirish dalolatnomasini VU-25 shaklda uch nusxada tuzadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi vagonni jo’natayotgan depo yoki zavodda qoladi, ikkinchisi - kuzatuvchilar guruhi rahbariga topshiriladi, uchinchisi esa vagonlarni jo’natish stansiyasi talabnomasi uchun foydalaniladi.
Tayyor biriktirilgan yig’ma alohida lokomotiv bilan tortiladi. Metropoliten vagonlarini poezd tarkibiga qo’yish, shuningdek, ularni saralash tepachalari orqali o’tkazish taqiqlanadi.
DATK temir yo’llarida metropoliten vagonlarini o’tkazish to’g’ri yo’llarda va egrilik radiusi 300 metrdan ortiq qismlarda yuk poezdlari uchun belgilangan, ammo 75 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi. Radiusi 300 metr va undan kamroq egriliklarda harakat tezligi: radiusi 60 metr egrilikda - 1km/soat, radiusi 100 metr- 30 km/soat, radiusi 300 metr-60 km/soat dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Metropoliten vagonlari biriktirilgan yig’malarning harakatlanish marshruti DATK tomonidan belgilanadi va e'lon qilinadi.
O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga
4-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |