O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

(372-bandning 5-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Ogohlantirish berilgan birinchi poezd nomerini, ularni bergan stansiya navbatchilari 
poezd dispetcheriga xabar qilishlari, u esa o’z navbatida bajarilgan harakat grafigida bu xaqda 
qayd kiritmog’i lozim. 


373.
Ogohlantirish o’rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi 
ogohlantirish amalga kirishidan avval, poezd dispetcheri orqali uni yaqinlashib kelayotgan 
poezd mashinistlariga topshirilganmi-yo’qmi ekanligini aniqlaydi. 
Ogohlantirish topshirilmagan poezdlar topshirish uchun to’xtatilishi yoki ogohlantirish 
mavjudligi xaqida radio aloqa orqali ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga muvofiq DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan xabar qilinishi lozim. 
374.
Ikki yo’llik peregonlarda poezd noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda stansiya 
navbatchisi poezd dispetcheri orqali ushbu yo’lda ogohlantirish amal qilishini tekshirib, amal 
qilgan taqdirda uni jo’natilayotgan poezd mashinistiga topshirishi shart. 
Ko’p yo’llik peregonlarda poezdlarni u yoki bu yo’l bo’ylab jo’natganda 
ogohlantirishlarni topshirish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i 
tomonidan belgilanadi. 
375.
Bekor qilinguncha amal qiladigan ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risida 
xabar olinmaguncha poezdlarga topshiriladi. 
Ma'lum muddatga amal qiladigan ogohlantirishlar faqat shu muddat davomida 
topshiriladi. Ishlar rahbaridan ogohlantirishni amal qilish muddatini uzaytirish xaqida xabar 
olinmasa, bunday ogohlantirishlarni bekor qilish to’g’risida talabnomalar berilmaydi va ularni 
poezdlarga topshirish to’xtatiladi. 
Ishlar rahbari biron sababga ko’ra talabnomada ko’rsatilgan muddat ichida 
ogohlantirishni keltirib chiqargan ishlarni yakunlay olmasa, u mazkur muddat tugamasdan 
ilgari o’rnatilgan ko’chirib yuriladigan tezlikni kamaytirish signallariga signalchilarni 
yuborib, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarini ogohlantirish uzaytirilganidan 
xabardor qilib, yangi muddatni ko’rsatishi lozim. 
Bunday talabnomani olgan stansiya navbatchisi ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga 
muvofiq ish ko’rishi lozim. 
376.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishni faqat uni belgilagan xodim 
yoki uning bevosita boshlig’i bekor qilishi mumkin. 
Ogohlantirishni 
belgilagan 
mansabdor 
shaxslar 
qo’llari ostida joylardagi 
bo’linmalarning boshliqlariga tegishli ishlar bajarilgandan so’ng ogohlantirishni bekor qilish 
yoki ogohlantirishda belgilangan poezdlar harakati tezligini oshirishga topshiriq berishlari 
mumkin. Bunday topshiriq xaqida ogohlantirishni berishga talabnomada ko’rsatilishi lozim. 
Yo’l o’lchagich va defekt aniqlagich vagonlarning boshliqlari talabnomasiga ko’ra 
berilgan ogohlantirishlarni yo’l masofasi boshlig’i yoki uning o’rinbosari bekor qiladi. 
377.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishlar ularni keltirib chiqargan 
sabablar bartaraf etilgandan so’ng, darhol ogohlantirishlarni belgilagan manzillarga 
telegramma (telefonogramma) yo’llanib bekor qilinadi. 
Ogohlantirish 
yozma 
ravishda 
yoki 
ogohlantirish 
berilgan 
stansiyaning 
ogohlantirishlar kitobiga yozuv kiritilib, bekor qilayotgan shaxs tomonidan bekor qilinish oyi, 
kuni va vaqti qayd etiladi va ushbu yozuvni belgilangan manzillarga telegramma 
(telefonogramma) jo’natish bilan tasdiqlab bekor qilinadi.
Ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi 
ogohlantirishlar kitobining mavjud yozuvlar qarshisiga tushiradi va bekor qilish kim 
tomonidan va qachon (soat, minut va kun) kelib tushganini ko’rsatadi. Bekor qilingan, 
shuningdek, amal qilish muddati tugagan ogohlantirishlar ustidan chiziladi. 
Peregonda poezdlar harakat tezligini cheklash bilan bog’liq ogohlantirishlar bekor 
qilinganligi yoki ma'lum muddatga belgilangan shu kabi ogohlantirishlarning amal qilishi 
muddatidan ilgari tugagani to’g’risida xabar olgan stansiya navbatchisi bu xaqda poezd 
dispetcheriga ma'lum qilishi kerak. 


378.
Lokomotivlar (motorvagon poezdlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) 
mashinistlari uchastkada harakatlanayotganda berilgan ogohlantirishlarga amal qilishlari va 
yo’llarda o’rnatilgan ko’chiriladigan signallarni diqqat bilan kuzatishlari shart. 
Ogohlantirishda ko’rsatilgan davrda poezd ish joyiga harakatlanganda to’sish 
signallari mavjudligidan qat’iy nazar, ogohlantirishda belgilangan tezlikka rioya etilishi kerak. 
To’sish signallari bo’lmaganda mashinist bu xaqda poezd dispetcheriga yoki 
peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga ushbu buzilishni bartaraf etish choralarini 
ko’rish uchun xabardor qilishi shart. 
Ish joyi ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yoki kechroq bosib o’tilganda 
va yo’llarda tezlikni kamaytirish yoki to’sish signali bo’lmaganda, poezd tezligi 
kamaytirilmaydi. 
Ishlar ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yakunlanganligi 
yoki 
ogohlantirish bo’yicha cheklangan tezlikni oshirish xaqidagi xabar lokomotiv mashinistiga 
radio aloqa orqali poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bilan uzatiladi. 
379.
Har qanday shaxsdan peregonda yo’l, kontakt tarmog’i, inshoot yoki qurilmalar 
nosozligini ko’rganligi xaqida xabar olganidan so’ng stansiya navbatchisi uni ko’rik jurnaliga 
yozib qo’yishi va darhol poezd dispetcherini, qo’shni stansiya navbatchisini va qurilmalarga 
xizmat ko’rsatuvchi xodim (yo’l ustasi, SSB elektromexanigi, kontakt tarmog’i 
elektromexanigi) ni xabardor qilishi shart. 
Agar bunday nosozlik peregonda harakatlanayotgan lokomotiv (motorvagon poezdi, 
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) mashinisti tomonidan aniqlansa, u tezlikni pasaytirishi, 
zarur bo’lsa, poezdni to’xtatishi, bu xaqda poezd radio aloqasi orqali ortidan kelayotgan 
poezdlarning mashinistlariga, yaqinroqdagi stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga 
nosozlikni xususiyati va aniqlangan joyini (kilometr, piket) ko’rsatib e'lon qilishi shart. 
Agar stansiya navbatchisi (mashinist yoki boshqa shaxsdan) olgan xabar poezdlarning 
normal harakatiga to’siq mavjudligidan dalolat bersa, ushbu xabarni peregonda 
harakatlanayotgan poezdlar mashinistlariga uzatish choralarini ko’rishi, xabarni xususiyati 
poezdlar harakatini davom ettirishni iloji yo’qligidan dalolat bersa, ushbu to’siq bartaraf 
etilgani xaqida xabarnoma kelmaguncha harakatni taqiqlashi shart. Peregon (yo’l) yopilishi 
xaqidagi buyruqni kutmasdan stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisiga ham 
peregonga boshqa poezdlar jo’natilishi taqiqlanishi to’g’risidagi buyruqni uzatishi shart. 
Peregondagi poezdlarning mashinistlari olingan xabarning xususiyatlariga bog’liq ravishda 
xavfli joyni o’ta ehtiyotkorlik bilan, zarur bo’lsa tezlikni kamaytirib va to’xtashga tayyor 
holda bosib o’tishlari yoki poezdni to’xtatib, to’siq bartaraf etilgan xaqida xabar kelgandan 
so’ng harakatni davom ettirishlari shart. 
Normal harakatga to’siq borligi xaqida xabar olingan peregonga birinchi poezd yo’l 
ustasi yoki u bo’lmasa, yo’l brigadiri, kontakt tarmog’i shikastlanganda esa, kontakt tarmoq 
elektromonteri kuzatuvida jo’natilishi mumkin. 
Yo’l ustasi yoki brigadiri peregonda bo’lib, ularning manzili ma'lum bo’lsa, poezd 
mashinistiga poezdni xavfli joyga kuzatib borishlari uchun poezdni to’xtatib, ularni mindirib 
olishlari xaqida ogohlantirish topshiriladi. 
Ogohlantirishda nosozlik aniqlangan joydan oldingi kilometrda to’xtash va shundan 
so’ng poezdni kuzatib borayotgan yoki xavfli joyda turgan xodimning ko’rsatmasi bilan 
harakatlanish lozimligi ko’rsatiladi. 
Poezdni kuzatib borayotgan xodim keyingi poezdlarni o’tkazish tartibini belgilaydi, 
zarur bo’lsa belgilangan tartibda poezdlarga ogohlantirish topshirishga talabnoma beradi. 
380.
Ogohlantirishlar to’g’risidagi DATK boshqaruvi raisining buyruqlari tegishli 
bo’linmalarning boshliqlariga yo’llanadi va ogohlantirish belgilanadigan uchastkalarga xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq poezd dispetcherlari, yo’riqchi-mashinistlar, poezd mashinistlari va 


maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari (haydovchilari)ga, stansiya navbatchilari, yo’l 
ustalari va yo’l brigadirlariga imzo chektirilib e'lon qilinishi shart. 
Ushbu buyruqlar stansiya va lokomotiv depo navbatchilarining xonalariga ilib 
qo’yiladi, shuningdek, ogohlantirishlar kitobiga yelimlab yopishtiriladi, ko’chirmalari esa 
poezd lokomotivlari mashinistlariga, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari 
(haydovchilari)ga taqdim etiladi. 
Lokomotiv depo boshliqlari va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi tegishli bo’lgan 
tashkilot rahbarlari buyruq olganlaridan so’ng uch sutka ichida ogohlantirish beruvchi 
stansiya boshliqlarini, lokomotiv brigadalari DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan 
tanishtirilganligi to’g’risida xabardor qilishlari shart, shundan poezdlarga yozma 
ogohlantirishlar berish to’xtatiladi. 
Yo’lda ogohlantirish va signallar mavjudligidan qat’iy nazar DATK boshqaruvi 
raisining maxsus buyruqda ko’rsatilgan xavfli joylardan sharros yomg’ir yog’ayotgan 
paytlarda lokomotiv brigadalari o’ta ehtiyotkorlik bilan va zarur hollarda tezlikni pasaytirib 
harakatlanishlari lozim. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish