O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/121
Sana13.03.2023
Hajmi1,99 Mb.
#918789
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
Bog'liq
ИДП лотинча графикада

MANYOVRLARDA TEZLIK 
339.
Manyovrlar quyidagidan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi: 
60 km/soat - bo’sh yo’llardan yakka lokomotivlar va avtotormozlari qo’shilgan va 
sinab ko’rilgan vagonlar ortidan tirkalgan lokomotivlar harakatlanganda; 
40 km/soat - ortidan vagonlar tirkalgan lokomotivlar, shuningdek, maxsus o’zi yurar 
harakat takribi bo’sh yo’llardan harakatlanganda; 
25 km/soat - vagonlarini oldinga qaratib, shuningdek, tiklash va o’t o’chirish poezdlari 
harakatlanganda; 
15 km/soat - odamlar band etgan vagonlar, shuningdek, nogabaritlik darajasi pastdan 
va yondan 4-, 5- va 6-darajani tashkil etgan nogabarit yuklar ortilgan vagonlar bilan 
harakatlanganda; 
5 km/soat - vagonlar ajratmasi boshqa vagonlar ajratmasiga, manyovrlar turtki bilan 
tepacha osti parkida amalga oshirilib, yaqinlashganda; 
3 km/soat - lokomotiv (vagonlari bilan yoki vagonlarsiz) vagonlarga yaqinlashganda. 
Harakat tarkibining vagon tarozisi bo’yicha harakatlanish tezligi tarozining tuzilishiga 
bog’liq ravishda stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 


Manyovr tarkiblari va yakka lokomotivlar faqat yo’lning bo’shligi to’g’risida 
ogoshlantirilgan hollardagina 60, 40 va 25 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin. Agar 
mashinist yo’lning bo’shligi xaqida ogoshlantirilmagan bo’lsa, u harakatga to’siq paydo 
bo’lsa darhol to’xtashni ta'minlaydigan tezlikda o’ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozim. 
SARALASH TEPACHALARI VA 
TORTISH YO’LLARIDAGI MANYOVRLAR 
340.
Vagonlarni saralash uchun tepacha qurilmalariga ega stansiyalarda manyovrlar 
DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan Yo’riqnomalarga 
muvofiq amalga oshirilishi lozim bo’lib, ularda, shuningdek, tarkibni tarqatish jarayonlarini 
avtomatlashtirish qurilmalaridan foydalanish tartibi ham aks ettiriladi. 
(340-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Saralash tepachalari ishi bo’yicha Yo’riqnomada, shuningdek, vagonlarni saralash 
yo’llaridan saralash tepachasidan qarama-qarshi tomondagi bo’g’izga ketib qolishi oldini 
oladigan choralar (to’suvchi tormoz boshmoqlarini qo’yish, ajratmalarni park ichida 
tormozlash, saralash tepachasi va saralash parki xodimlari hamjixatligi va boshqa choralar) 
ham ko’zda tutilishi lozim. 
341.
Saralash tepachaligidan vagonlarni tarqatishdan avval tepacha navbatchisi 
quyidagilarni bajarishi shart: 
a) tepacha tomondan yo’llarning bo’shligini va ularda o’tish joylari mavjudligini; 
b) mo’ljallanayotgan tarqatish rejasi, ajratmalarni joylashish ketma-ketligi, har bir 
ajratmadagi vagonlar soni, ajratmalarning yurish xususiyatlari, tarqatishda o’ta ehtiyotkorlikni 
talab qiluvchi, 
bazasi uzun (ichki g’ildirak juftlari o’qlari orasidagi masofa 11,3 m dan ortiq bo’lgan) 
vagonlar mavjudligi va boshqa zarur ma'lumotlar bilan tanishib chiqishi; 
v) ushbu stansiyada o’rnatilgan tartibga ko’ra vagonlarni saralashda ishtirok etayotgan 
boshqa xodimlarni (boshqaruv va ijro posti operatorlari, poezd tuzuvchisi, vagonlarni 
harakatlanish tezligini regulirovkachilarini) mo’ljallanayotgan saralash ishi xususiyatlari bilan 
tanishtirishi; 
g) saralash ishlarini avtomatlashtirish qurilmalarini qo’shishi. 
342.
Tepacha navbatchisi, boshqaruv va ijro postlari operatorlari, poezd tuzuvchilari, 
vagonlar harakati tezligi regulirovkachilari saralash yo’llarining to’liqligi, ajratmalarning 
o’tish sharoitlari, saralash parki yo’llari bo’yicha ajratmalarning navbatlashuvida boshqalarga 
bog’liq ravishda tarqatish jarayonida vagonlarni yaqinlashish tezligi va tormozlanish 
darajasini regulirovka qilishlari lozim. 
Tarqatish jarayonida tepacha navbatchisi, boshqaruv va ijro postlari operatorlari 
ajratmalarning harakatlarini kuzatishlari, ularning saralash parki yo’llaridan to’g’ri 
harakatlanishlarini tekshirishlari, saralash ishlarini avtomatlashtirish qurilmalari faoliyatini 
nazorat qilishi va vujudga kelayotgan ahvoldan kelib chiqib, zarurat tug’ilganda ushbu 
qurilmalar ishini sozlashlari lozim. 
343.
Saralash yo’llarida 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar va suyiltirilgan 
gazli sisternalar bo’lganda, manyovr dispetcherlari va saralash tepachalari navbatchilari ushbu 
vagonlar joylashgan yo’llarning aniq hisobini yuritishlari shart. 
Tashish hujjatlarida "Tepachadan tushirilmasin" shtempeli mavjud bo’lgan portlovchi 
materiallar (VM) ortilgan vagonlar, suyiltirilgan gazli sisternalar va suyiltirilgan gazlardan 
bo’shatilgan sisternalar saralash yo’llariga qo’yilgach, zudlik bilan tepacha, yarim tepacha va 
tortish yo’li tomonidan ikki relsga bir-biridan 25 metr masofada o’rnatiladigan muhofaza 


boshmoqlari bilan shunday mahkamlanishi kerak-ki, saralash qurilmasidan birinchi bo’lib 
joylashgan tormoz boshmog’idan to’silayotgan vagonlargacha bo’lgan umumiy masofa 50 
metrdan kam bo’lmasin. 
Bu yo’llarga yuborilayotgan keyingi ajratmalar, muhofaza tormoz boshmoqlari 
o’rnatilgan joy oldida, 10 vagondan kam bo’lmagan guruh to’planguniga qadar, to’xtatilishi 
kerak. Vagonlarni tarqatish yoki ularni manyovr vaqtida turtkilar bilan bu yo’llarga jo’natish 
normal rejimi, to’siluvchi vagonlarni bu guruh vagonlar bilan (muqaddam ular bilan 
biriktirilgan bo’lsa) to’silgan holda, qaytadan tiklanadi. Agar, tashish hujjatlarida 
"Tepachadan tushirilmasin" shtempeli mavjud bo’lgan to’silayotgan vagonlar bilan park 
tormoz pozitsiyasi oxirigacha bo’lgan masofa 50 metrdan kam bo’lsa, keyingi ajratmalar bu 
yo’lga tisarish usuli bilan yuborilishi kerak. 
Tarqatish jarayonida tepacha navbatchisi, boshqaruv posti operatori yoki tepacha 
tuzuvchisi ikki tomonlama park aloqasi yoki aloqaning boshqa turlari orqali ijro postlari 
operatorlarini vagonlarni harakatlanish tezligi regulirovkachilarini, strelkali postlar 
navbatchilarini o’ta ehtiyotkorlik talab qiluvchi ajratmalar: 1 klassli xavfli yuk (VM), vagon 
kuzatuvchilari, jonivorlar va b. ortilgan vagonlar to’g’risida doimo xabardor qilib turishi 
kerak. 
Bunday ajratmalarni tepachadan tarqatishda, shuningdek, o’ta ehtiyotkorlikni talab 
qiluvchi yuk ortilgan vagonlar turgan yo’llarda har qanday ajratmalarni tarqatishda ishtirok 
etayotgan barcha xodimlar ayniqsa, juda ehtiyot bo’lishlari, tarqatish xavfsizligini va harakat 
tarkibi butligini ta'minlashlari kerak. Yaqinlashish tezligini, shuningdek, sekinlatkichlardagi 
tormozlash kuchini ajratmalar o’rtasida zarur oraliqlar bo’lishini va ushbu vagonlarning 
boshqa vagonlar bilan to’qnashganida belgilangan tezliklarga so’zsiz rioya etilishini hisobga 
olib regulirovka qilishi lozim. 
Tarqat’iylayotgan tarkibda va saralash parki yo’llarida ayrim toifadagi o’ta 
ehtiyotkorlikni talab qiluvchi, temir yo’llar bo’ylab xavfli yuklarni tashish qoidalari va temir 
yo’llarda yuklarni tashish qoidalarida nomlari zikr etilgan yuklar ortilgan vagonlar mavjudligi 
to’g’risida xodimlarni xabardor qilish tartibi, mahalliy Yo’riqnomalarda belgilanadi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish