odamli poezdlar) yuk poezdlari va nomerlariga tegishli harf va raqamli indeks qo’hiladigan
poezdlarga taaluqli emas.
Ijro etilgan harakat grafigini avtomatik yozish qurilmalari bilan jihozlangan ikki
yo’llik va bir yo’llik uchastkalarda ham poezdlarni kelishi, jo’nashi va o’tishi to’g’risida
poezd dispetcheriga xabar berishning yuqoridagi kabi tartibi joriy qilinishi mumkin. Bunday
uchastkalarning ro’yxati va poezdlarni kelishi, jo’nashi va o’tishi xaqida xabar berish tartibi
DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Har bir poezdning xaqiqatda jo’nagan, kelgan yoki o’tgan vaqtini stansiya navbatchisi
(stansiya navbatchisi huzuridagi operator) poezdlar harakati jurnalida qayd etishi shart, bunda
tegishli harf yoki indekslar qo’shilgan poezdlarning nomerlari, jurnalda ham shu harf va
indekslar bilan yoziladi.
12.
Yo’llar, strelkali o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarini
nosozligini (shaxsan yoki xodimlar bergan ma'lumotlarga asosan) aniqlagan stansiya
navbatchisi bu to’g’rida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i
qurilmalarini ko’rikdan o’tkazish jurnali (keyinchalik - ko’rik jurnali)ga yozuv kiritishi va
tegishli yo’l, signalizatsiya va aloqa distansiyasining ushbu qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi
xodimiga (yo’l ustasi, elektromexanik va h.z.) va navbatchi muhandisiga (dispetcheriga)
xabar berishi lozim.
Bundan tashqari, harakat xavfsizligiga tahdid solishi yoki poezdlar harakatini to’xtatib
qolishi mumkin bo’lgan texnik qurilmalarning har qanday nosozligi xaqida stansiya
navbatchisi poezd dispetcheriga ham xabar qilishi lozim.
Nosozlik tegishli xodim tomonidan bartaraf etilgani xususida ko’rik jurnalida ushbu
xodim va stansiya navbatchisining imzosi bilan tasdiqlangan yozuv kiritiladi.
Poezd radio aloqasining nosozligi yuzaga kelgan holda lokomotiv (motorvagon
poezdi), maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinisti bu xaqda poezd dispetcheri yoki stansiya
navbatchisiga eng yaqin joylashgan alohida punkt yoki pereezddan (mashinist yordamchisi,
konduktor, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadari) va boshqalar orqali) xabar berishi
va peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilari tomonidan uzatiladigan poezd dispetcheri
buyrug’i bo’yicha, lokomotiv ajratilmasdan poezd radio aloqasi qurilmalari almashtirilishi
(ta'miri) yoki lokomotiv almashtirilishi yoki yo’lovchi poezdi lokomotivi bir mashinist bilan
boshqarilganda yordamchi lokomotiv talab etilishi amalga oshiriluvchi eng yaqin joylashgan
stansiyagacha harakatlanishi kerak.
Agar SSB qurilmalarining nosozligi taklif signali knopkasidan plombani uzish bilan
bog’liq bo’lsa, ko’rik jurnaliga kiritiladigan yozuvda taklif signalining plombasi uzilgani ham
ko’rsatiladi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: