O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 4,44 Mb.
bet22/191
Sana31.12.2021
Hajmi4,44 Mb.
#204725
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
Bog'liq
cbb0552b51750df771d8daf3745c1ae6993d12bf

Kriteriyalar

B2B

B2C

Xaridlar o‘rtacha summasi

$50 000 - $75 000

$50 - $100

Xarid narxlari va usullari

  • Kelishilgan

  • Uzoq muddatli shartnomalar

  • Auksionlar

  • Kataloglar bo‘yicha

  • Asosan kataloglar bo‘yicha

  • Belgilangan

  • Bir qismi auksionlar

To‘lov

  • Kredit kartalari

  • Bank o‘tkazmalari (elektron o‘tkazmalar)

- Kredit kartalar

Qaror qabul qiluvchi shaxs

Tashkilotdagi mas’ul struktura

Individual qaror, ba’zida oila a’zolari ishtirokida

Asosiy kriteriyalar

  • Narx

  • Qiymat

  • Yetkazib berish

  • Sifat

  • Kuzatib borish

  • Marka

-“Og‘izdan og‘izga” (og‘zaki) axborot

  • Reklama, narx

Buyurtma

bajarilishi, yetkazib berish



O‘ta muxim yetkazib berish grafigi kelishilgan bo‘lishi kerak.

Kutish ehtimoli bor, unchalik muhim emas.

Umuman olganda, elektron tijorat virtual savdo maydonchasi, deganda shunday joy tushuniladiki, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasida shartnoma tuziladi va moliyaviy oldi - sotti amallari o‘tkaziladi.

Virtual savdo maydonchalari uch ko‘rinishda bo‘ladi:


    • xaridor tomonidan tashkil etiladigan (buyer-driven);

    • sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan (supplier-driven yoki seller driven);

    • uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan (thirdparty-driven).

U yoki bu ko‘rinishdagi elektron tijorat savdo maydonchalarini tashkil etish odatda xaridor va sotuvchilarning shu sohadagi faoliyatiga ta’sir etish darajasi bilan belgilanadi.

Vuuer - driven ko‘rinishdagi maydonchalar bir yoki bir necha yirik kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi va ko‘pgina mahsulot buyurtmachilar kompaniyasini jalb etishga qaratilgan. Savdo maydonchalarining bu konsepsiyasi yirik kompaniyalarning sotib olish jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berish tarmog‘i va savdo kontaktlarini kengaytirishga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bog‘liq.

Supplier - driven ko‘rinishidagi maydonchalar sotuvchilar tomonidan tashkil qilinib, mijozlar sonini ko‘paytirishga va xizmat ko‘rsatish yoki mahsulotni sotish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.

Third party - driven ko‘rinishidagi maydonchalar xaridor va sotuvchilarni uchrashtirish ma’suliyatini oladi. Odatda, bunday maydonchalar tijoratning ma’lum sektorida va unda bo‘ladigan jarayonlarda yaxshi mo‘ljal oladigan tomonidan tashkil qilinadi. Haqiqatda bunday maydoncha tuzuvchi sotuvchi va xaridor o‘rtasida o‘ziga xos dallol vazifasini o‘taydi. Bugungi kunda virtual savdo maydonchalarini tashkil etishning uch asosiy ko‘rinishini ajratib ko‘rsatish mumkin: katalog, auksion va birja. Internet da elektron magazin va tijorat modeli

Internet-texnologiyalardan foydalanuvchi



kompaniyalar raqiblariga nisbatan afzallikka avvalo masalalarni operativ hal qilishlari evaziga erishdilar. B2C, B2B va P2P sxemalari hozirda elektron biznesni olib borishning asosiy modellari hisoblanadi.B2C - “biznes istemolchi” sxemasi Internet orqali xususiy kishiga mollarni va xizmatlarni chakana sotishni ifodalaydi.B2B - “biznes-biznes” sxemasi kompaniyalarning bir biri bilan mahsus axborot texnologiyalaridan va ma’lumotlarni elektron almashish standartlaridan foydalangan holda o’zaro aloqasini ifodalaydi.P2P – biznes munosabatning “teng- teng” sxemasi Internetda bir xil holatda bo’lgan sheriklar o’rtasidagi biznes munosabatni ifodalaydi.

B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi.

B2C tizimlariga quyidagilar taaluqli:

    • Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan Web-vitrinalar;

    • Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud;

    • Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la integrasiyalangan Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar.

Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha.Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida anchagina farq bor

  1. Elektron biznes–faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.

  2. Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat biznes-faoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi.

Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron

savdo amallari har qanday biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi.Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash lozimki, Web-vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi. Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon-Internet magazini ochilgan.



Internet magazinlar. Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga, internet orqali to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot xizmatini ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash, to’lovlarni amalgam oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig’ish va tahlillash.

Internet-magazinni boshqarish sxemasi 1-rasmda keltirilgan



Rasm 5.3. Internet-magazinni boshqarish sxemasi.


Bu sxemada:


    • Web-server – tushgan so’rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni chegaralaydi.

    • Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin biznes mantiqini boshqaradi:

    • MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokozo hususidagi axborotni saqlashni va ishlashni amalgam oshiradi.

Internet-magazinning ta’minoti Web-vitrinanikiga qaraganda qimmqtga tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari, axborotning dinamik ishlanishi va ma’lumotlar bazasining mavjudligi evaziga Internet-magazin har bir ro’yxatdan o’tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish