O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik



Download 1,98 Mb.
bet44/160
Sana03.08.2021
Hajmi1,98 Mb.
#136942
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
Kelishildi

13. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik:

Shifokor nazorati fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha bioximiya, fakultativ terapiya, travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya, ShJT va gigienik fanlari bilan uzviy bog‘langan.



14. Mashgulot mazmuni

14.1. Nazariy kismi

Jismoniy tarbiya va tibbiyotning sog‘liqlik ildizlari bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Shu vaqt ichida Shifokorlar jismoniy tarbiya turlaridan ratsional foydalanishda ishtirok etadilar. Bu narsalarni Hind va Xitoy Shifokorlari eramizdan 3000 yil avval yozilgan qo‘l yozmalarida, Gippokrat qo‘l yozmalarida ko‘rishimiz mumkin. XV asrda Italiyada Salernskiy sog‘lomlashtirish kodeksini ishlab chiqdi, u o‘z ichiga ertalabki badan tarbiyani oldi. XVII-XVIII asrlarda ko‘pgina Shifokorlar jismoniy mashqlarning sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh ta'sirga ega ekanligini yozganlar. XIX asrda Fridrik Vilgelm IV Germaniya maktablariga jismo-niy tarbiya darslarini kiritdi.

XIX asrda Peterburgda birinchi marta jismoniy tarbiya o‘qituvchilrini tayyorlovchi uch yillik kurslar ochildi, keyinchalik revolyusiyadan so‘ng u jismoniy tarbiya institutiga aylndi.

Jismoniy mashqlarning organizmga ta'sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy nazorat qilish – hozirgi vaqtda mustaqil ilmiy fan hisoblangan sport tibbiyoti fanining shakllanishiga sabab bo‘ldi.

Sport tibbiyoti – ilmiy fan bo‘lib, sog‘lom va bemor organizmiga har xil darajali jismoniy yuklamalarning ijobiy va salbiy ta'sirlarini o‘rganish (gipo- va giperkineziya). Bundan maqsad organizm salomatligini yaxshilash va mustaxkamlash, funksional holatini oshirish, sportdagi natijalarni oshirish uchun, shuningdek har xil kasalliklarning oldini olish va davolash uchun optimal darajadagi jismoniy aktivlikni aniqlashdir.

Sport tibbiyotining asosiy qismi bo‘lib Shifokor nazorati hisoblanadi. Shifokor nazorati – bu o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning organizmga ta'sirini aniqlash maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni saralash va ularni doimiy tibbiy kuzatilishidir.

Shifokor nazortining mazmuni quyidagilardan iborat : salomatlik holatini, jismoniy rivojlanganlikni va ichki organlarning funksional holatini aniqlash; shug‘ullanuvchining organizmiga jismoniy yuklamaning ta'sirini kuzatish va o‘rganish; funksional tekshirish, diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish va jismoniy yuklamalardan norsional foydalanilganda kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish.

Shifokor nazoratining ish mazmuniga quyidagilar kiradi :

-ayrim sportchilarni va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni dispanser kuzatib turish (kuzatish, kasallikni aniqlab davolash va oldini olish);

-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-o‘quv-mashq darslarini Shifokor pedagog bilan birga nazorat o‘tkazish;

-sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish sharoitlari ustidan doimiy sanitariya nazoratini o‘tkazib borish;

-sport musobaqalarini tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari bilan ta'minlash;

-sport va jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha Shifokor maslahatlarini berish;

-mashg‘ulotlarda va musobaqalarda yuz beradigan sport jarohatlarining oldini olish;

-aholining jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishini targ‘ibot qilish.

Ko‘rilib chiqilgan Shifokor nazorati asosan Shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlarida olib boriladi. Shifokor-jismoniy tarbiya dispanserlarida asosan sport masterlari, 1-razryadli sportchilar, shahar, viloyat yoki Respublika terma jamoalari nazorat qilinadi. Qolgan sportchilarning Shifokor nazorati poliklinika, medsanchast, sport jamiyatlari, ishlab chiqarish korxonalari va oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan Shifokor nazorati xonalarida olib boriladi yoki poliklinikaning Shifokor-terapevti tomonidan o‘tkaziladi.

Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmni mustahkamlaydi, himoya – moslashuv jarayonlarining biologik mexanizmlarini oshiradi. “Har doim jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishda shunga erisha olamizmi?” – degan savol tug‘iladi. Qachonki jismoniy mashq bajarayotgan shaxs uchun jismoniy yuklama darajasi optimal bo‘lgandagina ijobiy ta'sirga olib keladi. Agar jismoniy yuklama darajasi past bo‘lsa, u holda hyech qanday ta'sirga olib kelmaydi; agar katta bo‘lsa u holda har xil kasalliklarga va hatto yurakning tez va ko‘p ishlab yuborishi hisobiga “to‘satdan o‘limga” olib keladi. Jismoniy yuklama katta bo‘lganida yoki xaddan tashqari ko‘p shug‘ullanganda yurak, buyrak, qon, jigar va hatto suyaklarda har xil o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin.

Jismoniy mashqlar 3 ta asosiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi :

1.Sport yo‘nalishi – sport bilan shug‘ullanishning asosiy maqsadi o‘z ustida ishlab sportda erishgan natijalarini yaxshilab borishdir, ya'ni bunda salomatlik holati doimo yaxshilanib boriladi. Sport bilan faqat sog‘lom odamlar shug‘ullanadi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanish o‘z oldiga davolash vazifasini qo‘ymaydi, ya'ni sport bilan davolash ishlari olib borilmaydi. Shifokorning vazifasi ma'lum sport turi uchun zarur bo‘lgan shug‘ullanish yuklamasini individuallashtirish, sportchining salomatligiga yuklamaning salbiy ta'sirida uni mashg‘ulotlardan chetlashtirishdir.

2.Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning vazifasi umumiy sog‘lomlashtirish, organizmning qarshiligini oshirish, kasalliklarning oldini olish va h.z. Bu yo‘nalish o‘z oldiga sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘ymaydi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan sog‘lom odamlar, shuningdek surunkali kasali bor bemorlar ham (kasallikning remissiya davrida) shug‘ullanishlari mumkin. Bunda jismoniy yuklama miqdori Shifokor va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan aniqlanadi va kuzatib boriladi. Mashg‘ulot davomida mashqlarning organizmga ta'sir etishiga qarab yoki organizm holatining o‘zgarishiga qarab Shifokor va pedagog yuklama midorini oshirishi yoki kamaytirishi, hamda ma'lum vaqtga mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.

3.Shifobaxsh jismoniy tarbiya yo‘nalishi – uning maqsadi va vazifalari – har xil jismoniy mashqlarni qo‘llash yordamida bemorlarni davolash, kasallik va jarohatlardan so‘ng organ va sistemalarning buzilgan funksiyalarini tiklashdan iboratdir. Davolash maqsadida jismoniy mashqlarni qo‘llash faqat Shifokor mutxassis tomonidan tavsiya etiladi.

Shifokor nazoratining vazifalari

1.Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlarga qo‘yish maqsadida jismoniy rivojlanish darajasini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlash va mashqlarni ratsional tavsiya qilish.

2.Jismoniy mashqlar ta'sirida jismoniy rivojlanish, salomatlik va funksional holatlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni doimiy kuzatib trish.

3.Jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan patologik holatlarni va o‘zgarishlarni erta aniqlash, davolash va oldini olish.

Sport bilan shug‘ullanuvchilarga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi kerak, chunki salomatlik holatlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, ular sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydilar. Sababi hozirgi vaqtda sport bilan shug‘ullanuvchilar juda katta jismoniy yuklamalar bajaradilar, masalan : shtangist shug‘ullanish vaqtida 20000 kggacha yuk ko‘taradilar; suzuvchilar 12 kmgacha suzadilar; yuguruvchilar 40 kmgacha yuguradilar. Trenirovkalar haftasiga 10-12 martagacha, hr kuni 1,5 – 2 soatgcha davom etadi.

Adabiyotlardan shu narsa ma'lumki, jismoniy aktivlik immunitet sistemasiga ta'sir ko‘rsatadi. Agar jismoniy mashqlar ratsional qo‘llanilsa, immunitetning nospetsifik faktorlari oshadi, lekin noratsional qo‘llanilsa, ya'ni katta va juda katta jismoniy yuklamalar organizmning immunobiologik reaktivligini pasaytiradi. Kuchli jismoniy yuklama teri va shilliq pardalarning himoya faktorlariga ta'sir ko‘rsatadi.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarda surunkali infeksion o‘choqlarining bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, ya'ni karies tishlar, surunkali tonzilit va surunkali xoletsistit. Chunki shug‘ullanish vaqtida har xil, ba'zida og‘ir asoratlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shifokor nazortida salomatlik holatini aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida Shifokor birinchidan ularning jismoniy rivojlanganligini, salomatlik holatini va ichki organlarning funksional holatini aniqlashi muhim ahamiyatga ega. Bu qilingan ishlar har bir tibbiy ko‘rikda albatta takrorlanadi va xal etiladi, chunki shu olingan natijalarga asoslanib, sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga sport turlari tavsiya etiladi. Bundan tashqari pedagogik saralash usuli ham qo‘llaniladi. Trener yoki pedagog maxsus pedagogik sinamalar yordamida jismoniy rivojlangan va qobiliyatli shug‘ullanuvchilarni aniqlaydi, chunki ular sport musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatishi mumkin. Lekin ularning salomatlik holatlari tibbiy talablarga javob berishi shart. Agar ularning salomatlik holati sport bilan shug‘ullanishga imkon bermasa, ular sport bilan shug‘ullanishga va mashqlar bajarishga ruxsat etilmaydi, ammo ularga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va jismoniy mashqlar bajarishga ruxsat etiladi. Jismoniy tarbiya bilan har bir odam shug‘ullanishi mumkin, lekin bunda har bir shug‘ullanuvchi uchun mashqlar hajmi alohida belgilanadi, bundan maqsad mashqlaridan ratsional foydalanib, ijobiy ta'sir olishdir.

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvilar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Bu tibbiy ko‘riklar quyidagilarga bo‘linadi :



Birlamchi tibbiy ko‘rik

Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar birinchi marta Shifokor huzurida bo‘ladilar. Bu tekshirishda sport bilan shug‘ullanish mumkinmi yoki yo‘qmi, shug‘ullanish mumkin bo‘lsa, saralash ishlari olib boriladi, shuningdek sport bilan shug‘ullanishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ya'ni sog‘lomlashtiruvchi yoki shifobaxsh jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish vazifalari xal qilinadi. Birlamchi tekshiruvda terapevtdan tashqari boshqa mutaxassislar – jarroh nevropatolog, okulist, laringolog, stomatolog, ginekolog va boshqalar qatnashadilar. Bundan tashqari laboratoriya va instrumental tekshirish ishlari (EKG, FKG, ExoKG va h.z.) olib boriladi. Sport bilan shug‘ullanish uchun tekshiruvdan o‘tayotgan shug‘ullanuvchiga “sog‘lom” degan diagnoz qo‘yilishi va ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning morfo-funksional holatiga qarab sport turi tavsiya etilishi kerak. Agar shug‘ullanuvchining salomatlik holatida o‘zgarishlar bo‘lsa, unga sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi.



Qayta tibbiy ko‘rik

Ko‘rik rejali ravishda muntazam, ma'lum vaqt oralig‘ida sportchi yoki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchining salomatlik holati qanday bo‘lishidan qat'iy nazar Shifokor tomonidan belgilanadi va o‘tkaziladi. Maqsad organizmga jismoniy mashqlarning ijobiy yoki salbiy ta'siri aniqlanadi. Qayta tibbiy tekshirish jismoniy mashqlardan noratsional foydalanish natijasida yuzaga keladigan organizmdagi salbiy o‘zgarishlar aniqlanadi, shuningdek o‘zgarishlar rivojlanishining oldi olinadi, kerakli davolash tavsiya etiladi.



Qo‘shimcha tibbiy ko‘rik

Rejasiz olib boriladi. Ko‘rik shug‘ullanish mashg‘ulotlarida kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganida o‘tkaziladi. Bu holatda trener va o‘qituvchi sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchini mashg‘ulotlarga qo‘yishga haqi yo‘qdir. Shuningdek ko‘rik musobaqalardan oldin tashkil qilinadi va ko‘rik hajmi Shifokor tomonidan belgilanadi.

Maktab o‘quvchilari, kolledj va oliy gohlar talabalari tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng, jismoniy rivojlanganligi, salomatligi va funksional holatiga qarab tibbiy guruhlarga bo‘linadi.

Asosiy tibbiy guruhi

Unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.



Tayyorlov tibbiy guruhi

Salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv darslaridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi. Ular sport seksiyalarida qatnasha olmaydilar. Bajarayotgan jismoniy mashqlar ta'siri salomatligining, jismoniy rivojlanishining va funksional holatining yaxshilanishi bilan ular asosiy guruxga o‘tkaziladilar.



Maxsus tibbiy guruhi

Salomatligida va jismoniy rivojlanishida katta, turg‘un o‘zgarishlar bo‘lgan shaxslar yuboriladi. Jismoniy mashqlarning bajarilishi bu guruh qatnashchilari bilan maxsus dastur asosida, organizmga ta'sirini yoki organizmdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar Shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi. Zarur bo‘lgan holatlarda shug‘ullanuvchilar shifobaxsh jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga yuboriladilar.


Jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchi va oddiy sportchi shaxslarni tekshirish rejasi. (Shakl № 061u)
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish