Shtange sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi. Gipooksik sinamalarga kiradi.
Gench sinamasi – nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinama bo‘lib, nafas chiqariladi va nafas olmay turish vaqti belgilanadi.
Serkin uch bosqichili kombinatsiyalangan sinamasi–nafas tizimining funksional holatini baholovchi funksional sinamasi:
-nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
-30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turiladi, nafas olib ushlanadi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi;
-1 minutdan so‘ng 1-bosqich qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |