Letunov sinamasi – yurak-qon tomir tiziminining funksional holatini baholovchi ko‘p bosqichli sinama.Sinamani bajarishda quyidagi 3 ta bosqich ketma-ketlikda qo‘llaniladi : 1. 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. 2. 3 minutdan so‘ng turgan joyida 15 sekund davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida 180 qadam/min tezligida yugurish.
Normatonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls ortadi (15 - 25%)
-maksimal arterial bosim oshadi (25 – 30%)
-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut
Do'stlaringiz bilan baham: |