Xalqaro savdoning standart modyeli Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini о‘rganishga kо‘proq e’tibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada e’tibor byerilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘liq bо‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdyek e’tibor byeradi. U oldingi mavzularda kо‘rib chiqilgan klassik va nyeoklassik modyellarni rad etmaydi, zyero qanday muammo hal etilishi kyerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga kо‘proq e’tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modyellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kyelinmoqda. SHuning uchun yuqorida kyeltirilgan modyellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modyeli nomini olgan modyelning xususiy holi dyeb hisoblanishi mumkin.
Talab va taklif muvozanatining nyeoklassik postulatlariga asoslangan xalqaro savdoning standart modyeli juda kо‘plab iqtisodchilar-nyeoklassiklar harakatlarining qо‘shilishi samarasidir, bu iqtisodchilar jamiyat miqyosidagi jami talabga alohida e’tibor karatishgan. Standart modyelda foydalaniladigan asosiy tushunchalar turli yillarda irland iqtisodchisi Frensis Edjuort va kyelib chiqishi Avstriyadan bо‘lgan amyerikalik iqtisodchi Gottfrid Xeberler tomonidan kiritilgan.
Klassik modyellar talab va taklifdan chyegaralangan doiradagi ma’lum bir tovarlar uchun foydalanilgan. Standart modyel esa bu doirani jami talab va taklifgacha kyengaytirdi. Standart modyel bizga umumiy iqtisodiy nazariyasidan ma’lum bо‘lgan hamda haqiqiy iqtisodiy vaziyatlarga kо‘proq mos kyeluvchi о‘rnini qoplash xarajatlarining ortib borishi tо‘g‘risidagi qonuniyatiga tyegishli daslabki shartlardan kyelib chiqadi.
Ortib boruvchi о‘rnini qoplash xarajatlari (increasing opportunity costs) har bir qо‘shimcha 2-tovarni ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 1-tovarning miqdori doimiy emas, balki ortib boruvchi bо‘lishligini nazarda tutadi.
2.3.1.-rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan kо‘rinib turibdiki, О‘zbyekistonda о‘zi nisbiy ustunlikka ega bо‘lgan 1-tovarning har bir qо‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kyechiladigan 2-tovar soni borgan sari ortib bormoqda.