4-rasm
.
Gazni yig`ish tizimlari. a - to`g`ri chiziqli; b - nurli; v - xalqali; 1 - ajratgich;
2 – kompressor stantsiyasi yoki gaz yig`ish punkti; 3 – magistral gaz quvuri.
Gaz koni juda katta maydonni egallagan va quduqlar soni ko`p bo`lgan holatlarda yuqorida
sanab o`tilgan gazni yig`ish tizimlari aralash holatda qo`llanilishi mumkin, masalan to`g`ri chiziqli va
nurli yoki xalqali va to`g`ri chiziqli. Barcha yig`ish tizimlarida gaz yig`ish kollektoriga nafaqat
aloxida quduqlar, balki quduqlar guruxi guruxiy yig`uv qurilmalari orqali ulanishi mumkin. Guruxiy
yig`ish tizimining ustunligi Shundaki, gaz yig`uv kollektorlariga bir emas, bir gurux quduqlarni uyush
mumkinligi, gazni o`lchash va nazorat qilish va gaz yig`ish uchun kam quvur sarflash imkonini beradi.
Gaz yig`ish tizimining asosiy elementi bo`lib, shleyflar, yig‟uvchi kollektorlar, gaz yig`uv va o`lchov
punktlari kiradi. Gaz yig`ish tarmoqlarining elementlari barcha gaz yig`ish tizimlari uchun umumiy
hisoblanadi. Agar konda bir neshta qatlam va har xil bosimli quduqlar mavjud bo`lsa, bunday
holatlarda bir neshta gaz yig`ish tarmog`i orqali gazni aloxida yig`ish usulidan foydalaniladi.
Quduqdan chiqayotgan gaz yig`ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz yig`ish punkti (GSP)
va nazorat-taqsimlash punkti (KRP) ga yig`iladi.Bu yerda gazning bosimini o`zgartirish va nazorat
qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Bir qator gaz bosimi past hollarda gaz kompressor stantsiyasiga
uzatiladi, u yerda kerakli bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o`tkaziladi. Ko`p hollarda
quvurlarni tejash va ortiqsha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan foydalaniladi (5-rasm).
Gaz ejektori baland va past bosimli gazlar uchun mo`ljallangan kameralardan, soplodan,
aralashish kamerasidan va diffuzordan tashkil topgan.
Ejektor quyidagisha ishlaydi: baland bosimli gaz tashqi kameraga kiradi va undagi soplodan
o`tib, aralashish kamerasiga boradi. Past bosimli gaz xalqasimon bo`shliqqa, undan yuqori bosimli gaz
markaziy soplodan o`tayotganida bosim tushadi va past bosimli gaz bilan qo`shiladi. Aralashish
kamerasida qo`shilgan gazlarning tezligi diffuzor oldida tenglashadi. Diffuzorda gaz tezligi tushadi.
Gazning kinetik energiyasining anshasi bosim energiyasiga aylanadi, bosim tiklanadi.
Gaz ejektori bir vaqtda turli bosimli gaz qatlamlarini aloxida-aloxida ishlatishda ham qo`l
keladi.
Kon gazlari GSP va KRP larda yig`iladi.
GSP va KRP larda quyidagi jixozlar o`rnatiladi:
1.
Ajratgichlar – qattiq yoki suyuq qismlardan tozalash uchun. Ajratgichlar soni hisob-
kitoblar orqali aniqlanadi, biroq ular kamida ikkita bo`lishi lozim, biri buzilganda ikkinshisi ishlashi
kerak. Har qaysi ajratgich suv, kondensat va turli zarrachalarni chiqarib tashlovshi qurilmalar,
Shuningdek ishchi bosimdan 10-15% katta bo`lgan ehtiyot klapanlar bilan ta„minlangan bo`lishi kerak.
10
5-rasm
.
Ejektor qurilmasi. 1 - soplo; 2 - konfuzor; 3 - aralashish kamerasi; 4 - diffuzor;
5 - konfuzor teshigi o`lchovini rostlagish; 6 - manometr.
2.
Nazorat o`lchov asboblari. Bu asboblarga termometrlar, manometrlar, sarf o`lchagichlar
(rasxodomerlar) kiradi.
3.
«O`zidan oldin» va «o`zidan keyin» printsiplarida ishlaydigan bosim boshqargichlari
(regulyatorlari).
4.
Metanolli qurilmalar - gaz quvurlarida gidrat hosil bo`lishini oldini olish va hosil
bo`lgan gidrat tiqinlarini bartaraf qilish uchun o`rnatiladi.
5.
Maxsus hid beruvshi moslamalar - qurilma va quvurlarda utechka yuz berganda darhol
bilish uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |