2-vazifa. Himoyalovchi platformani oqilona o‘zgartirish.
Himoyachi tomonidan qaytaruvchi platformani joylashishidagi
mo‘ljalini o‘zgartirmasdan turib ko‘chirishning eng tez va samarali usuli,
nazariya va amaliyot nuqtai nazaridan ham quyidagilar: qadam qo‘yish,
egilish, tizzaga sirpangan holda tashlanish, yon tomonga yiqilish (ushbu
tartib o‘yinchining yonidan o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofaning
139
ortib borishi bilan belgilanadi) umbaloq oshib yelka yoki orqadan to‘pni
qaytarish, to‘p himoyachidan uzoqroqda bo‘lganda mo‘ljallanadi.
Qaytaruvchi platformani o‘zgartirish usulini tanlash himoyachining
yaqinidan uchib o‘tayotgan to‘pgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi.
“Oyoqdan oyoqqacha” tushadigan to‘plar ostida qaytaruvchi platformani
o‘zgartirish gavdani bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o‘tkazib, qadam
qo‘ymasdan turish holatida to‘p qo‘l balandligida uchib o‘tayotgan
bo‘lsa amalga oshiriladi. Boshqa holatlarda platformani yoki oyoqlarni
to‘g‘rilagan holda yuqoriga ko‘tarilish, yoki oyoqlarni bukib, ularni
oldinga o‘tkazib, pastga tushirish kerak.
Agarda to‘p oyoqlarning tashqi tomoni yonidan uchib o‘tayotgan
bo‘lsa yoki himoyachilarning oldida pastlashayotgan bo‘lsa, platformani
qadam qo‘yib yoki zarba ta’siri joyiga engashgan holda ko‘chirish
samarali bo‘ladi.
Agarda hujumchining zarbasi unchalik “aniq” bo‘lmasa va to‘p
himoyachidan ancha uzoq masofada uchib o‘tayotgan bo‘lsa, tizzada
sirpanish holatida platformani to‘p bilan uchrashish joyiga ko‘chirish,
yon tomonga yoki to‘g‘riga siljish va qo‘llarni oldinga tutib turish kerak.
Himoya o‘yinidagi ushbu usul ko‘proq joyni noaniq tanlangan hollarda
(aniq tanlanganda hujumchini urgan to‘pi to‘g‘ri himoyachiga kelib
tushadi) qo‘llanilishi lozim.
Tizzada sirpanish hisobidan himoyachi qaytaruvchi platformani to‘p
ostiga ko‘chirishga ulgurmagan hollarda, u platformani tayanch
maydonining tashqarisiga chiqarishga va qo‘lini uchish trayektoriyasiga
qarshi cho‘zishga, keyin yon tomonga yiqilish holatiga o‘tishga majbur
bo‘ladi. Biroq, himoyachi yonga yiqilish holatida ham ikki qo‘llab
to‘pga yeta olmasa, uni bir qo‘lda intilish usuli qutqazishi mumkin –
tirsakning old qismi bilan umbaloq oshiriladi. Uncha katta bo‘lmagan
tezlikda o‘tayotgan eng uzoqdagi to‘plar ayollar voleybolida xuddi shu
usulda yugurishdan so‘ng bilakning old qismi bilan (ayrim hollarda kaft
bilan) umbaloq oshib qabul qilinadi.
Erkaklar voleybolida bunday vaziyatlarda ko‘krak bilan yiqilib
sirpanishdan foydalaniladi, to‘p esa barmoqlarning orqa tomoni bilan
qaytariladi. Mexanika nuqtai nazaridan ushbu o‘yin usuli, to‘pni
umbaloq oshib qaytarishga qaraganda, kamroq samaralidir. Yetkazib
berish sifati esa ancha yuqori bo‘ladi, chunki to‘p qo‘lning yumshoq
yuzasi bilan ancha katta maydonda qaytariladi. Amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, ko‘krak bilan yiqilish usulining yana bir kamchiligi
himoyada to‘pni qabul qilishning boshqa usullarini cheklab qo‘yadi –
140
ko‘pincha ularning o‘rnida qo‘llanilishidir. Himoyada o‘ynashning
samaraliroq va oqilona usullarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |