O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Hujum harakatlarining taktik maqsadga muvofiqligini



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

3.11. Hujum harakatlarining taktik maqsadga muvofiqligini 
ta’minlashda hujumchi harakatlarining tuzilish xususiyatlari
 
 
Hujumchilarning  harakatli  vazifalarini  samarali  hal  etishning 
sharoitlari  to‘pning  zarbasi,  o‘zaro  ta’siridan  keyingi  uchish  tezligi 
mezoni  bo‘yicha  aniqlanadi.  Aynan  shunday  optimal  mezon  tanlanishi 
o‘zini  oqlagan,  chunki  to‘pning  zarbadan  keyingi  uchish  tezligi 
ko‘pincha ochko yutib olish uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Bu nafaqat kuch 
ishlatish, balki zarbaning boshqa turlariga ham taalluqli: qo‘lni to‘xtatib 
olish  va  to‘pni  uzatish  kabilarni  har  bir  malakali  voleybolchi  qo‘llaydi. 
Shuning  uchun  harakatlarning  maqsadga  muvofiqligini  ta’minlash 
vazifasini  hal  etishda  harakatlar  samaradorligi  sharoitlarini  ro‘yobga 
chiqarish ham katta ahamiyatga ega. Faqat aldovchi va o‘ta aniq zarbalar 
bundan  mustasnodir,  ularda  aniqlikni  oshirish  va  siljish  trayektoriyasini 
murakkablashtirish  uchun  to‘pning  zarbadan  keyingi  uchish  tezligi 
pasaytiriladi.
 
Qo‘lni  to‘xtatib  olgan  holdagi  hujum  zarbalari  odatda  ikki  holatda: 
to‘rga  yaqin  joylashgan  to‘pga  zarba  berishda  va  ba’zida  o‘yinchining 
to‘pni  “qo‘vib  o‘tishi”  (to‘p  hujumchining  boshidan  ancha  orqada 
qolganida) holatlarida qo‘llaniladi. Bunda hujumchi o‘yinchi bir oyoqda 
yoki  ikki  oyoqda  siltanib  sakrashi  hech  qanday  ahamiyatga  ega  emas. 
Ba’zi  hollarda  zarbaning  bunday  turi  sof  taktik  tushunchalardan  kelib 
chiqib  qo‘llaniladi.  Harakatlar  tuzilishi,  barcha  dinamik  mexanizmlar 
xuddi  kuch  bilan  zarba  berishdagi  kabi,  faqat  birgina  farqi  bor  –  qo‘l 
zarbadan  so‘ng  to‘xtaydi.  Uning  to‘xtashiga  barmoqlarning  faol  zarba 
harakatlari ham yordam beradi, qo‘l to‘pdan uzoqqa suriladi. 
O‘tkazishli  hujum  zarbalari  –  voleybolchilarning  texnik-taktikaviy 
zahirasidagi o‘ta muhim o‘yin usullaridan hisoblanadi. To‘pni uzatishda 
(ya’ni,  hujumchining  yugurish  chizig‘idan  o‘ngga  yoki  chapga 
o‘tkazuvchi zarbalar) barmoq bilan, butun qo‘l bilan gavdani burmasdan, 
gavdani burish bilan o‘tkazishlar farqlanadi. Ular yordamida hujumchilar 
nafaqat 
to‘siqni 
chetga 
olishlari, 
balki 
uni 
maydonchaning 
himoyalanmagan qismiga yo‘naltirishlari mumkin. 


133 
O‘tkazishli  zarbalar  effekti  nafaqat  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish, 
o‘yinchining  san’atkorligi, balki  zarbadan  keyin  to‘pning  uchish  tezligi 
mezoni  bo‘yicha  aniqlangan  harakatli  vazifalarni  samarali  hal  etish 
sharoitlarining  maksimal  mumkin  bo‘lgan  sonini  amalga  oshirish  bilan 
ham  aniqlanadi.  Gavda  burulmasdan  qo‘l  bilan  zarbalar,  va  ayniqsa, 
panja bilan zarbalar hujumchi harakatlari samaradorligi shartlarining bir 
qismi amalga oshmasligiga olib keladi, raqibga o‘yin vaziyatini aniqlash 
imkonini bermaydi. Bunday sharoitlarda to‘pning yuqori uchish tezligini 
ta’minlash  uchun  o‘yinchi,  yuqorida  sanab  o‘tilgan,  qolgan  barcha 
samaradorlik  shartlarini  to‘liq  darajada  ro‘yobga  chiqarishi  zarur. 
O‘yinchining mahorati shunday belgilanadi. 
Standart  vaziyatlarda  esa  (raqibni  taktik  yutish  vazifasidan  boshqa) 
gavda  va  qo‘l  faol  harakatlarisiz,  hujumchi  to‘pga  maksimal  mumkin 
bo‘lgan  tezlikni  bera  olmaydi.  Bu  hujumkorlikni  pasaytiradi,  raqib 
to‘siqchilari va himoyachilarining vazifasini osonlashtiradi. 
O‘yinda  aniq  zarbalar  ancha  tez-tez  qo‘llaniladi.  Ular  kuch 
zarbalaridan  hujumchining  asosiy  vazifasi,  to‘pni  maydonchaning 
himoyalanmagan  qismiga  aniq  yo‘naltirish  ekanligi  bilan  farq  qiladi. 
Aniqlik  zarba  kuchining  pasayishi  hisobi  bilan  ta’minlanadi.  Aniq 
zarbalarning  turlicha  ko‘rinishlariga  to‘pning  zaruriy  sakrashi  uchun 
to‘siqqa  zarba,  chalg‘ituvchi  zarbalar  va  kuchli  aylanishli  zarbalarni 
ko‘rsatish  mumkin.  To‘pning  aldovchi  va  siylovchi  zarbalari,  istisno 
tariqasida,  tik  trayektoriya  bo‘yicha,  raqib  maydonchasining  bo‘sh 
qismiga  yo‘naltiriladi.  Bu  holatda  to‘pning  uchish  tezligi  yuqori  bo‘la 
olmaydi.  Bunda  muvaffaqiyat,  ko‘p  jihatdan,  kutilmaganlik  omili  bilan 
belgilanadi,  bunga  oxirgi  daqiqagacha  zarbaning  haqiqiy  yo‘nalishi  va 
usuli  yashirin  ekanligi  yordam  beradi.  Bunga  to‘p  kuchsiz  zarba  bilan 
yo‘naltirilishi,  aylanma  harakat  berilishi  (to‘p  to‘siqqa  tegishi  uchun) 
yoki  barmoqlar  egilgan  holda,  bir  qo‘l  bilan  to‘pni  yuqoridan  uzatish, 
pastdan  yuqoriga  to‘siq  orqasidagi  bo‘sh  zonaga,  shu  kabi  yuqoridan 
pastga to‘siqlar va hujumchilar yonidan uzatishlar kiradi. 
To‘siqqa  hujum  zarbalari  to‘pning  sakrab  chekkaga  chiqib  ketishi 
yoki  uchish  yo‘lini  keskin  o‘zgartirishi  hisobidan  ochko  yutish  uchun 
qo‘llaniladi,  bunday  to‘p  himoyachilarga  qiyinchilik  tug‘diradi. 
To‘siqning  chekkalariga  (yuqori,  chap  yoki  o‘ng),  shuningdek, to‘pning 
kerakli  sakrash  burchagiga  ega  bo‘lish  zarbalaridan  foydalaniladi. 
Tezkor  o‘yinchilar  to‘siq  qo‘yilishidan  oldinroq  zarba  berishlari 
mumkin,  bunda,  to‘siq  qo‘yuvchilar  qo‘llarini  hujum  qiluvchilar 
tomonga  yo‘naltirishga  ulgurmagan  holatda,  to‘p  to‘siq  qo‘yuvchi 


134 
o‘yinchilar  va  to‘r  oralig‘iga  yo‘naltiriladi.  Ushbu  holatda  ular  to‘siq 
bilan to‘pni o‘z maydonchalariga yo‘naltiradi va yutqazadi. Shuningdek, 
zich  qo‘yilmagan  to‘siq  oralig‘ida  zarbalar  ham  samarali  bo‘ladi, 
himoyachilar  to‘siq  qo‘yuvchilarning  bunday  xatoliklarini  hisobga 
olmagan  bo‘ladilar.  Tajribali  o‘yinchilar,  ba’zida,  to‘siqning  yuqori 
chekkasiga  to‘p  zarbasi  berib,  sakragan  to‘pning  himoyachilar 
tomonidan  nazorat  qilinishi  hisobidan,  qulayroq  sharoitda  takror  hujum 
bilan to‘pni “yutib oladilar”. 
Umumiy  holatda  esa,  to‘pning  uchish  tezligi  mezonlari  bo‘yicha 
vazifalarni  samarali  hal  etish  vaifalaridan  birortasining  bajarilmasligi 
harakatlarning  maqsadga  muvofiqligi  bilan  qoplanishi  zarur.  Asosiy 
o‘yin  mezoni  (ochko  yutish)  nuqtai  nazaridan,  harakatlar  tuzilmasining 
maqsadga  muvofiq  o‘zgartirilishi,  agarda  bu  zarbadan  so‘ng  to‘pning 
uchish tezligi  mezoni  bo‘yicha  samaradorlik  shartlariga  zarar  yetkazgan 
holda amalga oshirilgan bo‘lsa ham, foydali bo‘lishi mumkin. Boshqacha 
qilib  aytganda,  agar  bu  ochko,  o‘yin  vaziyati,  o‘yin,  match  g‘alabasiga 
olib  kelsa,  o‘yinchi  harakatlarining  samaradorligini  ongli  ravishda  
faoliyatlarining maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi.  

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish