O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

V
max
  va 
F
max
  lariga 
ega)  rivojlantirish  qobiliyatlarining  cheklanganligini  hisobga  olinsa, 
unda  jismni  samarali  tezlashtirish  uchun  hal  qiluvchi  kuch  qo‘yish 
yelkasining  maqsadga  muvofiq  o‘zgartirilishi  hisoblanadi.  Masalan, 
harakatning  chekka  nuqtasi 
M
  ga  kuch  qo‘yilishi  yelkasi 
L
m
  eng  katta, 


128 
mayatnikning    joriy  tezligi  esa  nolga  teng  bo‘ladi  (
V
k
=0).  Tezliklar 
farqining o‘sib borishi (
V
max
-V
x
) oqibatida tezlantirilayotgan mayatnikka 
ko‘proq kuch qo‘yish uchun sharoitlar paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan 
esa,  tezlanishga  bog‘liq  holda  muskullarning  bir  xildagi  qisqarishi 
mayatnikning  o‘sib  boruvchi  burchak  siljishlarini  ta’minlaydi,  bu  uning 
burchak  harakat  tezligining  noproporsional  ortib  borishini  keltirib 
chiqaradi. Bu esa mushakning maksimal ta’sir kuchi oshishini anglatadi, 
bu  o‘z  navbatida,  o‘zaro  ta’sirlashuvchi  tizimlar  tezligidagi  farqlarni 
oshiradi,  bu  bilan  ishlab  chiqarilayotgan  energiya  oqimining 
“o‘zlashtirilishini” oshiradi. 
Biroq, kuch qo‘yishning “mos” sxemasi, aniq harakatlar uchun juda 
foydali. Muskullarning  bir xilda qisqarishida oyoqlar  yo‘lining kamayib 
borishi  harakatning  yanada  aniqroq  farqlanishi  uchun  sharoit  yaratadi. 
Xato qilish kattaligi va ehtimoli pasayadi. Shu tarzda, “mos” model tizim 
hisoblanib,  unda  mayatnikning  burchak  siljishi  amplitudasi  chekka 
nuqtasidan  muvozanat  holati  tomon  harakatlanganda,  harakatni  uzatish 
munosabatlari  kamayishi  tomoniga,  “qat’iy”  modelda  esa  ko‘payish 
tomoniga  o‘zgaradi.  Obrazli  qilib  aytganda,  “mos”  sxemadagi 
aloqadorlik modelida “uzatishlar qutisi” yuqoridan pastga  o‘zgartiriladi, 
“qat’iy” modelda esa, aksincha, pastdan yuqoriga darajaga o‘zgartiriladi. 
Tabiiyki,  obyektga  mumkin  qadar  katta  tezlik  xabarini  berishda 
ikkinchi  usul,  ya’ni  kuch  qo‘yishning  “qat’iy”  sxemasi  foydaliroq. 
“Qat’iy”  sxemadagi  aloqadorlik  bo‘yicha  mayatnik  tezlanishining 
boshida,  uning  tezligi  kichik  bo‘lganda  (bu  tezliklarning  katta  farqini: 
V
max
-V
x
  ni  belgilaydi),  yuqori  samara  olish  uchun  muskul  kuchini  katta 
yelka orqali qo‘yish foydaliroqdir. 
Tezlanish  oshishi  bilan  kuch  yelka  muskullarida  kamayadi.  Biroq 
bunda,  o‘zgaruvchan  uzatish  munosabatlari  effekti  hisobidan,  maksimal 
tezlik  (
V
max
)  oshadi.  Bu  o‘zaro  ta’sirlashuvchi  tizimlar  tezliklaridagi 
farqni  quvvatlab  turish  imkonini  beradi  va  kiritilayotgan  energiyaning 
foydalilik  koeffitsientini  pasaytirmaydi.  “Mos”  sxemadagi  aloqadorlik 
modelida  teskari  manzara  kuzatiladi.  Hujumda  tezlanishning  boshida, 
kuch  sifati  yelka  muskullarida namoyon  bo‘layotgan  paytda, bosh  miya 
katta  yarimsharlariga  jiddiy  tezlanishni  xabar  qilish  imkoni  yo‘q. 
Ma’lum  bir  tezlikka  erishgandan  so‘ng  esa,  yelka  muskullarida  kuch 
oshib  boradi,  chunki  yelka  bilan  aniqlanuvchi 
V
max
  kamayishi  sababli, 
miyacha  kami  3-4  soniya  mobaynida  bosh  miyaga  xabarni  yetkazadi. 
Aloqadorlikning  “mos”  sxemasidagi  muskullar  esa  mayatnikni 
muvozanat  holatidan  osongina  chiqarishga  qodir  bo‘ladi,  zaruriyat 


129 
bo‘lganda  ko‘proq  kuch  momentini  qo‘ya  oladi,  “qat’iy”  sxemadagi 
muskullar  esa  mayatnikka,  yoki  umuman  ta’sir  ko‘rsata  olmaydi  (axir 
kuch  qo‘yish  yelkasi  nolga  teng  bo‘ladida),  yoki  ushbu  vazifani  katta 
qiyinchilik bilan bajaradi. Muskullar kuch sifatini namoyon qilishda esa 
“mos”  sxemasi  juda  aniq  harakatlar  qilishda  foydali,  chunki  sportchi 
a’zolarining  harakatlanishi  muskullar  qisqarishi  hisobidan ta’minlanadi, 
boshqa aloqadorlik tizimlarida bu mumkin emas. 
 
17-rasm 
 
Gavda  muskullarini  qarab  chiqamiz.17-rasmda  umurtqa  ustunining 
ayrim muskullarining birikish usullari keltirilgan. O‘qosti muskullari o‘z 
paylari  bilan  ikki  oraliq umurtqa  disklarining  orqa  o‘qosti  o‘simtalariga 
bog‘langan.  Rotator  muskullar  yuqori  diskning  yon  o‘simtalarini  quyi 
qo‘shni  diskning  o‘qosti  o‘simtalari  bilan  bog‘lab  turadi.  Umurtqa 
ustunining  gavdani  burilish  jarayonidagi  aylanishida,  eslab  o‘tilgan 
muskullar  “qat’iy”  sxema  bo‘yicha  ishlaydi.  Qorinning  to‘g‘ri  va  egri 
muskullari  ham,  belning  keng  muskullari  ham,  shuningdek,  umurtqa 
bo‘ylab  joylashgan  muskullarning  barcha  to‘plamlari  ham  shu  ish 
tartibida  faoliyat  yuritadi.  Shu  tarzda,  gavda  harakati  ham  o‘rganilgan 
aloqadorlik  sxemalarining  ikkalasida  ishlashi  mumkin.  Agarda  qo‘lning 
siltanishi  va  zarba  gavdaning  qaytuvchi  burilishi  bilan  bajarilsa, 
aloqadorlik  sxemasi  “qat’iy”  hisoblanib,  bu  zarba  tezligini  oshirish 
uchun  qulaydir.  Agarda  gavda  bilan  harakat  orqaga,  oldinga  egilishlar 


130 
hisobidan  bajarilsa,  unda  regressiv  (pasayuvchi)  qat’iylikdagi  kuch 
qo‘yishning “mos” sxemasi ishlaydi. 
Yuqorida  bayon  qilinganlardan  kelib chiqib  shuni  xulosa qilishimiz 
mumkinki,  zarba  beruvchining  tezlanish  jarayonida  eng  yuqori  tezlikka 
erishish uchun zarba berish qismlari sonini ko‘paytirishga intilish va har 
bir  qismning  tezlanishini  shunday  mo‘ljallash  kerakki,  zarba  vaqtida 
barcha qismlarning tezligi eng yuqori darajada bo‘lsin. Odamning skelet 
muskullarida  egiluvchan  elementlar  parallel  va  qat’iy  ketma-ketlikda 
qisqaruvchan  tolalarga  tarmoqlanadi.  Muskullar  fizik  modelining 
birmuncha soddalashtirilgan chizmasi 18-rasmda berilgan.  
 
18-rasm 
 
Muskullarning 
qisqaruvchi 
elementi 
bo‘lgan, 
ketma-ket 
tarmoqlangan  egiluvchan  element  –  muskul  paylarining  kollagin 
tolalaridir.  Muskulning  parallel  tarmoqlangan  egiluvchan  elementi  tola 
ichida joylashgan elementlardan (sarxoplazmatik reticulum pufakchalari) 
birlashtiruvchi  ingichka  tolalari  va  muskullarni  o‘rab  turgan  yo‘g‘on 
birlashtiruvchi  sarkolemmateridan  –  o‘ziga  xos  muskul  to‘qimasidan 
tashkil topgan. 
Voleybolchi  zarba  tugallanishida  to‘xtaganidan  so‘ng  unga  teskari 
yo‘nalishda  tezlanish  berishning  boshlanishi  muskulning  qisqaruvchi 
elementi va parallel tarmoqlangan egiluvchan muskullar bilan birgalikda 
amalga  oshiriladi.  Ketma-ket  tarmoqlangan  muskullar,  ta’kidlab 
o‘tilganidek,  dastlab  qo‘shimcha  cho‘ziladi,  so‘ng  esa  voleybolchini 
tezlashtirib  qisqaradi.  Bu  yerda  samaradorlikning  bir  muhim  shartini 
ta’kidlash  joiz.  Real  sharoitda  hujum  zarbasini  bajarishda,  siltanishda 
zarba  beruvchi  bo‘g‘in,  skelet  muskullari  faollik  impulsi  bo‘yicha 
yaratilgan  harakat  inersiyasi  kuchi  bilan  siljishi  lozim.  Ular,  qo‘l-
oyoqlarning  teskari  yo‘nalishdagi  tezlanishini amalga  oshiruvchi  skelet-
muskullarga  keraksiz  qarshilik  qilmaslik  uchun  va  suyak-muskul 
birikmasidagi egiluvchan elementlar ishini to‘sib qo‘ymasligi uchun, o‘z 
vaqtida  bo‘shashi  lozim.  Biroq,  qo‘l-oyoqlarni,  muskul  energiyasini 
minimal  yo‘qotgan  holda,  siltanishda  to‘xtatish  faqat  parallel 
tarmoqlangan egiluvchan mushak ishtiroki bo‘lishi mumkin. Siltanishda 


131 
qo‘l-oyoqlarni  to‘xtatish  bo‘yicha  ishlarga  parallel  tarmoqlangan 
egiluvchan muskullar ham qo‘shila olishi uchun, muskul tolalarini bo‘sh 
holatda  uning  tinch  holatda  uzunligiga  nisbatan  35%  dan  ortiqroq 
cho‘zilishi zarur.  
 
19-rasm 
 
Bunda muskullarning yopishqoq ishqalanishi birdaniga kamayadi va 
uning  egiluvchanlik  xarakteristikasi  idealga  yaqinlashadi.  Biroq 
odamning  har  qanday  muskuli  ham  harakat  jarayonida  prujina  kabi 
foydalanilmaydi.  Urchuqsimon  muskullarda  tolalarning  va  umuman 
muskullarning  nisbiy  uzayishi  unga  mos  tushadi.  Bo‘g‘inlardagi 
harakatning  real  amplitudasi  ham  urchuqsimon  muskullar  tolasini  tinch 
holatdagi  uzunligining  35%  dan  ortig‘igacha  cho‘zishga  imkon 
bermaydi. 
Sport harakatlarining mumkin bo‘lgan maksimal amplitudasida faqat 
patsimon  muskullar  tolalarigina  har  ikkala  egiluvchan  muskul  ishlay 
olishi  mumkin  bo‘lgan  darajagacha  cho‘zilishi  mumkin.  Patsimon 
muskullarning  bu  xususiyati  ularning  geometrik  xususiyatlari  bilan 
izohlanadi  (19-rasm).  Bunday  muskullarda  qisqaruvchan  tolalar  parallel 
bog‘langanligi  uchun  umuman  barcha  muskullarning  va  uning  ayrim 
tolalarining cho‘zilish kattaligi jiddiy farqlanmaydi. Nisbiy deformatsiya 
esa,  patli  muskullar  biroz  chuzilganda  uning  tolalari  tinch  holatdagidan 
35-65%  gacha  diyapozonda  defarmatsiyalanadi  va  qat’iy  qayishqoq 
elastamerga  aylanadi.  Siltanishda  hujumchi  qo‘lining  “tashlanishi” 
(albatta,  “qat’iy’’  sxema  bo‘yicha)  va  uning  zarba  tezlanishining 
ilgarilash  xarakteri  tashqi  jihatdan  to‘xtalmasdan  amalga  oshirilishi  va 
siltanish  amplitudasining  chekka  nuqtasidan  “o‘q  otish”  kabi  ko‘rinishi 
lozim. 


132 
Energiyaning  samarasiz  yo‘nalishlariga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun 
quyidagi  qoidaga  amal  qilish  lozim:  Siltanishda  zarba  beruvchining 
tezligi  bo‘g‘inlardagi  egiluvchan  muskullar  tomonidan  sekinlashtiriladi, 
zarba  tezlanishi  esa ushbu  egiluvchan  muskullardagi qisqaruvchi tolalar 
ishi bilan birgalikda bajariladi. 
 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish