Jadvalda O‘zbekiston voleybol federatsiyasining mustahqillikdan
so‘ng erishgan yutuqlari natijasi keltirilgan. (4-jadval)
Yigitlar
№ yil
1-o‘rin
2 –o‘rin
3 –o‘rin
1.
1993
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“SKIF”
(Toshkent)
“Kanop”
(Samarqand)
2.
1994
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“Kanop”
(Samarqand)
“SKIF”
(Toshkent)
3.
1995
“MXSK”
“SKIF”
“Avtomobilist”
58
(Chirchiq)
(Toshkent)
(Qo‘qon)
4.
1996
“Kanop”
(Samarqand)
“Viktoriya”
(Navoiy)
“MXSK”
(Chirchiq)
5.
1997
“Kanop”
(Samarqand)
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“MXSK”
(Chirchiq)
6.
1998
“Kanop”
(Samarqand)
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“UzGUMYA”
(Toshkent)
7.
1999
“Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“Kesh-kristall”
(Shaxrisabz)
8.
2000
“Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“Progress”
(Zarafshon)
“Kesh-kristall”
(Shaxrisabz)
9.
2001
“Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“Progress”
(Zarafshon)
10.
2002
“Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“Avtomobilist”
(Qo‘qon)
“Muxandsiz”
(Namangan)
11.
2003
“ Uzi Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Dinamo-AGU”
(Andijan)
12.
2004
“AGMK”
(Olmaliq)
“Uzi Samarqand
Telekom”
(Samarqand)
“Parvoz”
(Namangan)
13.
2005
“UZI Samarqand”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Omad”
(Toshkent)
14.
2006
“Omad”
(Toshkent)
UZI Samarqand”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
15.
2007
“UZI Samarqand”
`(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Dinamo”
(Namangan)
16.
2008
“UZI Samarqand”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“O.Akbarov”
(Yaypan)
17.
2009
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“KGPU”
(Qo‘qon)
18.
2010
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Iqtisodchi”
(Andijan)
59
19.
2011
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Yujanin”
(Navoi)
20.
2012
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“Moliyachi”
(Toshkent)
“YUjanin”
(Navoi)
21.
2013
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“Orient”
(Toshkent)
“AGMK”
(Olmaliq)
22.
2014
“Orient”
(Toshkent)
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
23.
2015
“Orient”
(Toshkent)
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
24.
2016
“Orient”
(Toshkent)
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“Sogdiana”
(Navoiy)
25.
2017
“Orient”
(Toshkent)
“Uzbektelekom”
(Samarqand)
“AGMK”
(Olmaliq)
26.
2018
“Orient”
(Toshkent)
“AGMK”
(Olmaliq)
“Sogdiana”NG
MK
(Navoiy)
27.
2019
“Orient”
(Toshkent)
“AGMK”
(olmaliq)
“Farg‘ona”
Qizlar (5-jadval)
№ yil
1-o‘rin
2 –o‘rin
3 –o‘rin
1.
1993
“SKIF”
(Toshkent)
“Andijon”
“Farg‘ona”
2.
1994
“Avtomobilist”
(Toshkent)
“RSHVSM”
(Toshkent)
“Andijon”
3.
1996
“SKIF”
(Toshkent)
“Navoiy”
“Farg‘ona”
4.
1997
“SKIF”
(Toshkent)
“Navoiy”
“UzOG”
5.
1998
“SKIF”
(Toshkent)
“Farg‘ona”
“Navoiy”
6.
1999
“SKIF”
(Toshkent)
“Farg‘ona”
“Navoiy”
60
7.
2000
“SKIF”
(Toshkent)
“Namangan”
“Farg‘ona”
8.
2001
“SKIF”
(Toshkent)
“Buxora”
“Namangan”
9.
2002
“Yogmoy”
(Farg‘ona)
“Namangan”
“Farg‘ona”
10.
2003
“Algoritm”
(Toshkent)
“Yujani”
(Navoiy)
“Yogmoy”
(Farg‘ona)
11.
2004
“Tumaris-SKIF”
(Toshkent)
“SamKI”
(Samarqand)
“Pedkoledj”
(Namangan)
12.
2005
“Tumaris-SKIF”
(Toshkent)
“Iqtisodchi”
(Samarqand)
“Iqtisodchi”
(Namangan)
13.
2006
“SKIF”
(Toshkent)
“SHifokor”
(Navoiy)
“Iqtisodchi”
(Namangan)
14.
2007
“SKIF”
(Toshkent)
“Alanga”
(Muborak)
“SDYUSSHOR”
(Navoiy)
15.
2008
“SKIF”
(Toshkent)
“Alanga”
(Muborak)
“SDYUSSHOR”
(Navoiy)
16.
2009
“SKIF”
(Toshkent)
“Alanga”
(Muborak)
“Nukus.Ped.instit
ut”
(Nukus)
17.
2010
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Xorazim kolleji”
(Urganch)
18.
2011
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Xorazim kolleji”
(Urganch)
19.
2012
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Xorazim kolleji”
(Urganch)
20.
2013
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Xorazim kolleji”
(Urganch)
21.
2014
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Buqrot”
(Andijon)
22.
2015
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Andijon
Olimpkolledj”
(Andijon)
61
23.
2016
“SKIF”
(Toshkent)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Andijan
Olimpkolledj”
(Andijon)
24.
2017
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Xorezm kolledj”
(Urganch)
“SOGDIANA”
(Navoi)
25.
2018
“SKIF”
(Toshkent
viloyati)
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“Andijon
Olimpkolledj”
(Andijon)
26.
2019
“Nukus.Ped.
institut”
(Nukus)
“SKIF”
(Toshkent
viloyati)
“DYUSSH”
(Namangan)
2.3. Zamonaviy voleybol va uning dolzarb masalalari
Xalqaro maydonda ilgarigiday eng yuqori o‘rinlarga qaytish va
ularni mamlakatimiz terma jamoasi tomonidan (jumladan, yoshlar
jamoasi ham) zarur darajada saqlab turish uchun zamonaviy
voleyboldagi
mavjud
muammolar
doirasida
ba’zi
muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini o‘rganish zarur bo‘ladi. Eng yirik
musobaqalarda milliy jamoalarimizning avvalgi yutuqlari vatanimiz
voleybolining barcha muammolarini hal etmaydi, aksincha, ularning
mavjudligini ko‘rsatadi.
Birinchi bosqichda o‘yinning rivojlanishi, o‘yinchilar tayyorlash
nazariyasi va amaliyoti muammolarini tan olish va shakllantirish foydali
bo‘ladi. Bundan keyin, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash mumkin.
Asosiy muammolarning hal etib borilishi o‘yinchilarni tayyorlash
tizimining barcha bo‘g‘inlarini sog‘lomlashtiradi, bu esa g‘alabani
ta’minlaydi.
Tashkiliy-uslubiy muammolar.
Bizdagi voleybol muammolaridan
biri voleybolchilar tayyorlashning mavjud amaliyoti va uslubiyatining
yuqori darajada emasligidir. Hozirda BO‘SM murabbiylari sport
tayyorgarligidan ko‘ra yuqori darajadagi yosh iqtidor egalarini izlashga
ko‘proq umid qiladilar. Yuqori toifadagi jamoalar murabbiylari esa, o‘z
kuchlarini mustahkamkash o‘rniga chetdan yuqori toifali o‘yinchilarni
sotib olishni (ularni topish ham qiyin bo‘lmoqda) afzal biladilar.
Bolalar sportini rivojlantirishga, shu jumladan, BO‘SM uchun sport
bazalari qurilishiga, murabbiylar va mutaxassislar mehnatini tashkil etish
hamda rag‘batlantirishning muhim masalalari hal etilmoqda. Hozircha
62
BO‘SM murabbiylarining ish samarasi turli darajadagi musobaqalarda
jamoalari egallagan o‘rin va o‘z tarbiyalanuvchilarining shu yoshdagi
terma jamoalar tarkibiga yuborilishi soni bilan baholanmoqda.
Murabbiyning unvoni, toifasi va shunga muvofiq ish haqi ham uning
shogirdlari musobaqalarda erishgan yutuqlari va turli darajadagi bolalar
terma jamoalariga o‘yinchilar tayyorlab berishiga mos ravishda o‘sib
boradi. Murabbiylarning ish haqi ular tomonidan yuqori darajali
jamoalarga yosh o‘yinchilarni tayyorlash samaradorligi bilan bog‘liq
emas. Murabbiylik mehnatini baholashning boshqacha usullarini izlash
va sinab ko‘rishlar ularning attestatsiyasida biror ijobiy natija
bermayapti. Katta yoshdagilar jamoalari uchun o‘yinchilar tayyorlash
bolalar murabbiyining birinchi darajali muhim ishi hisoblanmaydi.
Ushbu ishni ham, shug‘ullanishlarning ommaviyligini ham, bir vaqtning
o‘zida murabbiylar va mutaxassislarning mehnatini tegishlicha baholash
va rag‘batlantirish orqali hal etish mumkin.
Murabbiylarga amaliy-uslubiy yordam o‘rniga, tadbirlar to‘g‘risida
turli batafsil hisobotlar tuzish va bir yil uchun mashqlar o‘tkazish
rejalarini tuzish ishlari topshiriladi. Rejalashtirish va turlicha hisobot
hujjatlari hajmining o‘sib borishi, murabbiylar ish haqining past darajasi,
attestatsiyadan
o‘tishda, toifa, unvon olishdagi qiyinchiliklar,
ma’muriyat bosimining kuchayishi, haddan ortiq rasmiyatchilik kabilar
yosh mutaxassislarning BO‘SMga ishlashga kelmay qo‘yishiga olib
keladi. Bu muammolarni tezlikda hal qilish zarur.
E’lon qilinayotgan islohotchilik g‘oyalari, umuman olganda,
ijobiydir, yaxshi ishlayotgan murabbiylarga ko‘p haq to‘lash adolatli.
Biroq, yuqori toifadagi o‘yinchilarni tayyorlash, yoki mahalliy
darajadagi bolalar musobaqalaridagi yutuqlar muhumligini aniqlab olish
kerak. Bu ikkita vazifani parallel ravishda hal etib bo‘lmaydi, ular
ma’lum ma’noda muqobildir. Mavjud amaliyotda bu masalada
so‘rovnoma o‘tkazilgan, afsuski, bu so‘rovnoma yuqori toifali jamoalar
uchun o‘yinchilar tayyorlashning foydasiga bo‘lmagan.
Yuqori toifadagi o‘yinchilarni tayyorlashda o‘yinchilarning o‘sish
va harakatlanish qobiliyatlari katta ahamiyatga ega. Bu muammolar,
avvalo, qobiliyatli yangi o‘yinchilarni uzoq va sifatli tanlash jarayonida
hal etiladi. Biroq, rasmiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezroq samaraga
erishish uchun murabbiy bo‘yi o‘rtacha, biroq jismoniy rivojlangan
yoshlarni tanlab olsa osonroq va maqsadga muvofiq bo‘ladi, ular bolalar
musobaqalarida yutib chiqa oladi. Buning uchun baland bo‘yli yoshlarni
topish va doimiy voleybol mashg‘ulotlariga jalb etish zarur. Bu borada
63
murabbiy o‘nlab umumta’lim maktablarini aylanib chiqishi, yuzlab
o‘quvchilarni ko‘rishi, o‘yinchilar va ularning ota-onalarini voleybol
mashg‘ulotlari zarurligiga ishontirishi kerak bo‘ladi. Talantli yangi
o‘yinchilarni to‘plash – bu og‘ir (ayniqsa, shaharlardagi murabbiylar
uchun eng og‘ir), ko‘pincha rag‘batsiz va ba’zi hollarda samarasiz ishdir.
Vaziyatni yana shu narsa ham og‘irlashtiradiki, murabbiyning ushbu eng
og‘ir va eng muhim ishiga umuman haq to‘lanmaydi! Shu tariqa,
ta’kidlash joiz, rahbariyat hozircha murabbiyning mehnatini
rag‘batlantirishning samarali mexanizmini topa olmayapti va hayotga
tatbiq eta olmayapti.
O‘yinchilarni tayyorlash uslubiyatidagi asosiy muammo, yosh
voleybolchilarning mahorat “bazasi” ustidagi rejali ishlarda murabbiylar,
rasmiy natijaga mo‘ljal olgan holda, bolalar musobaqalaridagi yutuqni
afzal ko‘rishlaridir. Yosh o‘yinchilarning sport mahoratida o‘yin qismiga
asossiz ravishda ko‘p e’tibor va vaqt ajratilmoqda.
Bolalar voleybolida o‘yinda to‘p bilan ishlashda kimki kamroq
xatoga yo‘l qo‘ysa, g‘alaba shunga nasib etadi. Xatolarning kamayishiga
ko‘plab
takrorlashlar,
o‘zlashtirilgan
texnik
elementlarni
takomillashtirish uchun bir xildagi mashqlarni qaytarishlar hisobidan
erishiladi. Ular cheksiz takrorlanuvchi o‘yin mashqlariga va ikki
tomonlama o‘yinlar tarkibiga kiritilgan, ularning umumiy miqdori
BO‘SMning o‘rta yoshdagi o‘quvchilari uchun ham haddan tashqari
ortib bormoqda.
O‘yinchilarning qobiliyatlaridan foydalanish BO‘SMda amalga
oshirilib, musobaqali kurash olib borishning uncha ko‘p bo‘lmagan
texnikaviy va taktik usullari zahirasidan, tayanch texnikaviy va taktik
tayyorgarlik zarariga foydalanilmoqda. Bu avvalo, o‘yin usullarini
bajarishning ishonchliligi, aniqrog‘i, o‘yinlarda kamroq xatoga yo‘l
qo‘yilishi hisobidan, ko‘plab bolalarga musobaqalarda yutishga imkon
beradi. Yangi o‘yinchilarning o‘yin faoliyatidagi torlik va asos
hisoblanuvchi elementlarning yetishmasligi yosh voleybolchilarning
mahoratli jamoalarga o‘tganida tobora yaqqolroq ko‘rina boshlaydi. Ular
ko‘p narsalarni yuqori darajada bajara olmasligi aniqlanadi. Sport
maktabini tugallash vaqtida bunday o‘yinchilarda o‘sish imkoniyatlari
deyarli bo‘lmaydi, chunki mashqlar jarayonida sport mahoratining
asoslari to‘liq o‘z aksini topmaydi.
Bunday yondashuvning yetishmovchiligi, ayniqsa, yuqori toifali
jamoalar uchun katta ahamiyatli hisoblangan baland bo‘yli o‘yinchilar
uchun halokatlidir. Baland bo‘yli o‘yinchi noyob hisoblanib, bolalar
64
murabbiysi uni avaylab asrashi va parvarishlashi lozim. Bunday hollarda
tayyorgarlikni juda tezlashtirish va uni rasman kattalar musobaqasiga
erta jalb etish mumkin emas. Yuqori bo‘yli o‘yinchilarda tayanch-
harakat apparatining tezlashtirilgan o‘sishi jismoniy rivojlanishdan
orqada qolishga sabab bo‘ladi, boshqa voleybolchilar uchun odatiy
bo‘lgan yuklamalar ular uchun og‘irlik qiladi. Shu tariqa har qanday
istiqbolli o‘yinchi organizmining rivojlanishi xususiyatlarini hisobga
olmay uni qiynab qo‘yish mumkin.
Kichik va o‘rta yoshdagi BO‘SM jamoalari uchun (ko‘pincha
kattalarda ham, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda) bunday baland bo‘yli
o‘yinchilarning o‘yin maydonida foydalari kamroq tegadi. Katta yoshga
o‘tganda, agarda baland bo‘yli o‘yinchilar bilan ehtiyot bo‘lib faoliyat
olib borilsa, ular ulgurmaganlarini o‘zlashtirib oladilar va jamoaning
tayanchiga aylanadilar, sport mahoratini yanada o‘stirishning barcha
istiqbollarini saqlab qoladilar.
Muhim uslubiy muammo shundan iboratki, o‘yinchilar sport
mahoratining asosi sifatida texnik tayyorgarlikka zo‘r beruvchi
murabbiylar katta qiyinchiliklar bilan to‘qnashadilar. Ular uchun eng
katta muammo tarbiyalanuvchilarni nimalarga va qanday texnikaga
o‘rgatishning noaniqligi bo‘lib qoladi. Sport fani hozircha voleybol
o‘yinini ijro etish texnikasining samarali modellarini asoslab bera
olmagan. Shu sababli har bir murabbiy oqilona harakat borasida o‘z
tasavvuridan foydalanadi, bu esa voleybol mashg‘ulotlaridagi shaxsiy
tajriba va eng zo‘r ijrochilar harakatlarining tashqi ko‘rinishlarini
kuzatishlar asosida vujudga keladi.
Bir tomondan biomexanika yo‘nalishidagi amaliy fanning ayrim
yutuqlari, bilishning metodologik muammolari bilan tushuntiriladi.
Boshqa tomondan esa olimlarning mashhurlikka erishishlariga ustuvorlik
berilishidadir, bu yerda mustaqil fikrlash va hal etish ko‘proq foydali
bo‘lar edi.
Samarali o‘qitish va o‘yinning texnik usullarini takomillashtirish
uslublari ham yetarlicha ishlab chiqilgan emas. Buni hech bo‘lmaganda,
shunday bir faktda ham ko‘rish mumkinki, tarbiyalanuvchilar o‘yinning
texnik elementlarini aynan bir murabbiyda turlicha bajaradilar. Bu farq
shundayki, uni o‘yinchilarning individual usul farqlari bilan izohlab
bo‘lmaydi; aniqrog‘i, bu o‘yin usullarini bajarish ularning individual
xatosidir.
Vaqti-vaqti bilan uslubiy adabiyotlarda eng zo‘r o‘yinchilar
tomonidan texnik usullar bajarilishining kinogrammalari paydo bo‘lib,
65
namuna sifatida tavsiya qilinadi. Bunday yondashuvda harakatlarning
faqat tashqi ko‘rinishigina o‘rganilishi mumkin; samaradorlik shartlari
ma’lum va tushunarli emas. Shuning uchun, murabbiylar harakatlardagi
tashqi o‘xshashlik yosh o‘yinchilarda tajribalilar darajasida bo‘lishiga
urinadilar.
Usullarda tanqidlarsiz va asossiz holda eng samarali o‘yin ko‘rsata
olganlar yaxshi ijrochilar deb tan olinadi. Maydonda jamoaga ochko
to‘plash nuqtai nazaridan samaraliroq harakat qilgan voleybolchi etalon
sifatida qaraladi va namuna sifatida foydalaniladi. Bunda ijrochining
unvonlari ham hisobga olinadi. Agar o‘yinchilarda harakat natijalari
ko‘plab omillar: texnika, taktika, jismoniy tayyorgarlik, o‘yinchi asab
tizimi xususiyatlari, uning xarakterining kuchi, uning tasavvur qobiliyati
kabilar bilan aniqlanishi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, fikr xato ekanligi
yaqqol ko‘rinadi. Tamoyil jihatdan esa, ancha o‘rtacha harakat texnikasi
bilan ham mahoratlilikning boshqa tomonlari hisobidan ochkolar
to‘plash mumkin.
O‘yin usullarini bajarish samaradorligini belgilovchi mexanizmlarni
tushunmaslik, o‘qitishda murabbiylar harakatning tashqi belgilaridan
foydalanishga majbur bo‘lishadi, ular yoki “birinchi qarashdan”
ishonchli ko‘rinadi, yoki mashhurligi tufayli an’anaga amal qilgan
bo‘ladi, biroq chuqur tahlil natijasi hisoblanmaydi. Masalan, hujum
zarbasini bajarishda “to‘g‘ri qo‘l” va “qo‘l barmoqlarining quvvatliligi”
hamda to‘pni yuqoridan “bir tomonlama qattiq” va “to‘p ostiga kirib
yumshoq” uzatish usullari kabilar shular jumlasiga kiradi.
Voleybolchilar o‘yin usullari texnikasi to‘g‘risidagi fikrlarning
turlichaliligi va noaniqligida murabbiy o‘qitish va o‘yinning texnik
usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z samarali uslublarini yarata
olmaydi. Ushbu sharoitlarda voleybol texnikasini yaxshi o‘rganish
imkoniyatlari faqat harakatchan, qobiliyatli (“tabiatdan” berilgan)
o‘yinchilardagina mavjud bo‘ladi. Ular harakatlar samaradorligini
belgilovchi mexanizmlarni mashq jarayonida intuitiv (ichki sezgi) holda
“tutib oladilar” yoki bunda tug‘ma jihatlar ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
O‘yinning texnik usullariga o‘rgatishning bunday uslubi
voleybolchilar
harakati
tuzilishining
samarali
mexanizmlari
shakllanishini ta’minlaydi. Shuning uchun, amaliyotda ko‘proq mashqlar
va o‘yinlarni juda ko‘p martalab takrorlash hisobidan yosh o‘yinchilarni
tor doiradagi texnik usullarga o‘rgatish va o‘yin sharoitlarida ularni
ishonchli qayta ijro etishni ta’minlash yo‘lidan foydalaniladi. Bunday
66
amaldagi tashkiliy va uslubiy yondashuvda texnik tayyorgarlikning
asosini tashkil etuvchi “bazalar” (tayanchlar) – o‘yin harakatlarining
samarali mexanizmlari va yosh o‘yinchilar texnik-taktik usullarining
keng to‘plami shakllanishi amalga oshmaydi.
Ushbu vazifani hal etilishi unchalik ham oson emas. Agar tashkiliy
jihatdan murabbiylar tomonidan tengdoshlar g‘alabasini ta’minlash emas
(oddiy vazifa, rahbariyatning xohishi bo‘lsa bas), balki yuqori toifadagi
o‘yinchilarni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, unda yosh
o‘yinchilar mahoratini tashkil etuvchi bazani baholash katta
qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘yinchilarning jismoniy rivojlanish
darajasi obyektiv baholanishi ham mumkin (bo‘yi, sakrash balandligi,
kichik masofalarni o‘tish vaqti va b.). Turlicha talqinlar sharoitida
texnik-taktik mahoratni tashkil etuvchi asoslarni baholash uchun
mezonlarni tanlash ancha muammolidir.
Voleybol taktikasi usullari orasidan berilgan to‘pni sifatsiz, yoki
hujum zarbasidan so‘ng qabul qilinganda, tezkor hujumni tashkil
etishdagi qiyinchiliklarni ajratib ko‘rsatish mumkin. To‘pning to‘rga
yetib bormagan holatida, qabul qiluvchi o‘yinchilar tomonidan dastlabki
tartibda hujum qilish ko‘pchilik hollarda bekor qilinadi. Ushbu
muammoning hal etilishidagi qiyinchiliklar hujum harakatlarini
tezlashtirish yo‘nalishda o‘yin taktikasini rivojlantirish tendensiyasini
(yo‘lini) sekinlashtiradi, bu hujumning samaradorligi va shiddatliligini,
shuningdek, voleybol o‘yinining qiziqarliligini pasaytiradi. Ushu
muammoning hal etilishi yuzaki bo‘lib qoladi.
Mamlakatimiz va dunyoning eng yaxshi jamoalari foydalanyotgan
taktik tajribalarining ancha tor darajadaligini ham muammo sifatida tan
olishimiz lozim. Ularda o‘yinchilar tarkibini jamlash usuli, hujumda
qo‘llaniluvchi kombinatsiyalar usuli va himoya qurilmalari ikki tomchi
suvdek, bir-biriga o‘xshaydi. O‘yinchilarning taktik tayyorgarligi
muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
yosh
o‘yinchilar
o‘zaro
harakatlarida
taktik
usullar
jamg‘armasining tor darajasi, o‘yin jarayonida himoyani tashkil
etishning jamoaviy tizimini erkin o‘zlashtirishni bilmaslik;
-
o‘yinchilarning maydonchada voqealar rivojini o‘z vaqtida
oldindan ko‘ra olishni bilmasligi (ayrim istisnolardan tashqari), bu qarshi
harakat qilish samaradorligini oshirishi mumkin bo‘lardi. Bu
maydonchaning ancha ichkarisida va to‘r oldida to‘siq (qarshi turish)
qo‘yish masalalariga tegishli. Biroq hujumni tashkil etishda ishlar ahvoli
birmuncha yaxshi bo‘lishi mumkin;
67
-
psixologik va pedagogik fanlarda vaziyat, umuman olganda,
mutlaqo qarama-qarshidir: ko‘p narsa allaqachon ma’lum, biroq voleybol
amaliyotchilari tomonidan foydalanilmaydi.
Voleybolchilar tayyorlashning eng muhim muammolaridan biri –
har bir navbatdagi jamoaga yangi o‘yinchilarni jamlash va saralashda,
ular shaxsining psixologik xarakteristikasini deyarli hisobga olmaslik
yoki umuman inkor etishdir. O‘yinchilar uchun mavqe tanlanishida ham
xuddi shunday holatni ko‘ramiz. Mavjud amaliyot sharoitlarida yangi
o‘yinchilar bo‘yi va jismoniy ma’lumotlariga qarab qabul qilinadi.
Ancha yuqori darajadagi jamoa uchun yaxshi o‘yinchilarni tanlash yosh
o‘yinchilarning jismoniy ma’lumotlarini hisobga olgan holda ularning
o‘yin samaradorligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Terma jamoalarni
shakllantirishda bunday yondashuv o‘zini oqlagan, biroq klub jamoalari
uchun uning istiqboli kam.
Boshqa bir muammo – mashq o‘tkazish ishlarida o‘yinchilar shaxs
va jamoaning ijtimoiy-psixologik tuzilishi xususiyatlarining inkor
etilishidir. Ushbu muammolarning qoniqarli hal etilishi o‘quv-mashq
jarayoni samaradorligini ancha oshirishi, teng kuchdagi raqiblar bilan
o‘yinchilar o‘rtasida g‘alabani ta’minlashi mumkin. Zamonaviy sportda
raqobat – bu belgilovchi darajada sportchilar xarakteri raqobati,
shaxslarning qarshi kurashidir. Ruhan kuchli bo‘lgan va murakkab o‘yin
vaziyatlarida yuqori darajada irodalilik namoyon etishga qodir bo‘lgan
sportchilar g‘alaba qozonadilar.
Pedagogik muammolarga, birinchi navbatda, turli darajadagi
voleybolchilar bilan amaliy ishlashda murabbiylar tomonidan yakka
hokimlik usullarining keng qo‘llanilishini misol qilib keltirish mumkun.
Mashqlardagi intizom va ishchanlik, asosan qat’iylik usullari bilan
belgilanadi. Asosiy e’tibor o‘zini yuqori baholash, hurmatlash, mustaqil
va anglangan mas’uliyatli ijodiy shaxsni shakllantirishga emas, balki
tarbiyalanuvchilarning so‘zsiz bo‘ysinishga qaratiladi. Murabbiyning
o‘yinchilardan talab etgan: yuqoriga sakrash, to‘pni kuchli urish,
tirishqoqlik bilan mashq qilish, raqiblarni yengish qobiliyatlaridan
foydaliniladi.
Tarbiyalash jarayonida zo‘ravonlikka og‘ib ketish o‘yinchilarda bir
qator xatoliklarni paydo bo‘lishiga, yetilmagan shaxs shakllanishiga olib
keladi. Sport maktabini tugatgach, ko‘pchilik yosh o‘yinchilar yuqori
darajadagi voleybol bilan shug‘ullanishni xohlashmaydi. Sportda qolgan
o‘yinchilar bilan esa, demokratik tarzda faoliyat olib borishning iloji
bo‘lmaydi. Yakka hokimlik rahbarligida o‘yinchilardagi ijodkorlik
68
darajasi
so‘ndiriladi.
Majburlash
o‘yinchilarda
o‘z-o‘zini
takomillashtirishning yo‘llarini erkin izlashlariga imkon bermaydi.
Tarixdan bilamizki, qullarning (majburiy) mehnati eng samarasiz
bo‘lgan. Voleybolchilar tayyorlashning barcha bosqich murabbiy va
o‘yinchilar hamkorligi vatanimiz voleybolining bosh pedagogik
vazifasidir va ushbu vazifa o‘z yechimiga ega – axir ko‘pchilik
mamlakatlarda bunga allaqachonlar erishilgan.
Eng dolzarb muammo – vorislik muammosidir. Hozirda ko‘pgina
o‘yinchilar sport maktablaridan darhol yuqori toifa jamoalariga
o‘tishmayapti. Vorislik muammosi bir necha yo‘nalishlarga ega. U
soddaroq darajada tashkiliy tartibda: sport-internatlar, dublyor jamoalar
tuzish yoki dublyorlar sifatida qo‘yilgan jamoalaridan foydalanish orqali
hal etiladi. Bunday jamoalarda yosh o‘yinchilar, tegishli mashq ishlari
bajarilganda
moslashadi,
sport
mahorati
barcha
elementlari
barqarorlashtirishi, o‘yinda zaruriy o‘yin tajribalarini olishlari, yangi
jamoaning talablariga asta-sekin moslashib borishlari mumkin bo‘ladi.
O‘yinchilarni tayyorlash yondashuvlaridagi vorislik muammosining
hal etilishi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda.
Yangi jamoadagi yanada qattiqroq talablar ko‘pchilik o‘yinchilarga,
qiyinchiligi uchun emas, balki noodatiyligi sababli, ma’qul kelmasligi
mumkin. Har bir murabbiyning o‘ziga xos ish uslubi bo‘ladi, bu jumladan,
ancha katta yoshli jamoa oldiga birmuncha boshqacha vazifalar qo‘yilishi
bilan ham belgilanadi.
BO‘SMdan keyin yangi jamoada yosh o‘yinchilar to‘qnash keladigan
ilk kutilmagan holat – harakatlar texnikasi ustidan maqsadli ish olib
borilishining amalda mutlaqo yo‘qligidir. Ular texnik usullarni bajarish
ko‘nikmasi yetarlicha barqaror emasligidan jamoadan ajralib qoladilar. Har
bir o‘yinchi vujudga kelayotgan muammolarni mustaqil hal etishga kirisha
olmaydi. Harakatlar tuzilmasida muqarrar ravishda vujudga keluvchi
buzilishlarni (shu jumladan, psixologik sabablarga ko‘ra ham) avvallari
bolalar murabbiylari tomonidan bartaraf etib borilgan bo‘lsa, endi esa bu
muammo o‘sishning sekinlashuviga, yosh o‘yinchilar mahoratining to‘xtab
qolishi yoki cheklanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Bu, ayniqsa, baland bo‘yli o‘yinchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
odatda ularda qobilyatning sekin rivojlanish va tayanch-harakat apparati
butun tizimining ancha kech yetilishi kuzatiladi. Yosh o‘yinchilarda hali
harakat ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Texnik usullarni
bajarishning harakat ko‘nikmalari yangi talablar sharoitida “qurilishi” va
yo‘lga qo‘yilishi lozim. Umidli o‘yinchilarni qattiqqo‘llik o‘quv-
69
mashqlari va mahoratli jamoalarning musobaqa tayyorgarligida
qoldirmaslik kerak. Yosh voleybolchilardan faqat ayrimlarigina ushbu
bosqichdan jiddiy yo‘qotishlarsiz o‘ta olishlari mumkin.
Agar bolalar va kattalar jamoalari murabbiylari texnik yo‘llarning
usullari to‘g‘risida turlicha tasavvurga ega bo‘lsalar, muammo yanada
chuqurlashadi. Bunday murabbiylarning yordami, uslubiy ko‘rsatmalari
va usullari turlicha bo‘ldi, bu esa o‘yinchilarning texnikasida aks etadi.
Ayrim murabbiylar qayta o‘rgatishga harakat qiladi. Qayta o‘rganish
jarayonida texnik usullarni bajarish ko‘nikmalarining tubdan qayta
ko‘rilishi o‘yinchilarni yana bir-ikki yilga orqaga ketishlariga olib keladi.
Bizning voleybolimiz uchun klublarda va mamlakat terma
jamoalarida bog‘lovchi o‘yinchilar muammosi doimiy hisoblanadi.
Mamlakatimizning bog‘lovchi rejadagi o‘yinchilari uzoq vaqtlardan
buyon, dunyodagi yetakchi jamoalarning eng yaxshi bog‘lovchilariga
o‘yin mahorati darajasi bo‘yicha yutqazib kelmoqdalar. Bu o‘yinni
rivojlantirishni jiddiy to‘sib qo‘yadi va taktik jamg‘arma va jamoalarimiz
imkoniyatlarini kamaytiradi.
Tarbiyalanuvchilarning
ijodkorligini
to‘sib
qo‘yuvchi
yakkahokimlik pedagogikasidan foydalanilish, yuqoridan uzatish
texnikasining past darajasi, tashkillashtiruvchilar rolidagi o‘yinchilarni
aniqlashda shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari inkor etilishi va
oqibatda, BO‘SMda tez o‘yinning ancha kech qo‘llanilishi kabilar ko‘p
jihatdan voleybolimizdagi bog‘lovchi o‘yinchi muammosini yaratmoqda.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Voleybol qachon, qayerda va kim tomonidan ixtiro qilingan?
2. Voleybol o‘yinining birinchi qoidalari va ularni o‘zgarish
dinamikasiga tavsif bering.
3. Voleybol O‘zbekistonda qachon va qayerda vujudga kelgan?
4. Voleybolni mustaqillikkacha va mustaqillikdan so‘ng rivojlanish
tarixiga oid ma’lumotlarni izohlab bering.
5. O‘zbekistonda voleybol inshootlari va voleybolni yanada
rivojlantirish imkoniyatlarini izohlang.
6. O‘zbekiston va Xalqaro voleybol Federatsiyalari haqida qanday
tushunchaga egasiz.
7. Zamonaviy voleybolda tashkiliy-uslubiy muammolarga tavsif
bering.
8.Yuqori toifali o‘yinchilarni tayyorlash uslublarini tavsiflang.
9.Zamonaviy voleyboldagi eng dolzarb muammolarga misol
keltiring.
70
10.O‘yinchilarni tayyorlashda uslubiy muammolar deganda qaysi
muammolarni tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va
uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –T.: “Fan va
texnologiya”, 2012.
2.
Goncharova O.V., Qipchoqov B.B., Boltayev Z.B. Voleybol. –
T.: “lider Press”, 2008.
3.
Железняк Ю.Д., Петров П.К. Основы научно-методической
деятельности в физической культуре и спорте. // Учеб. пособие для
студ. ВУЗов. –М.: “Академия”, 2002.
4.
Холодов Ж.К. Теория и методика физического воспитания и
спорта. //Учебное пособие для студентов высших учебных
заведений, обучающихся по специальности “Физическая культура”.
– М.: “Академия”, 2008.
5.
Хулио Веласко (Аргентина), Даг Бил (США), Филип Блен
(Франция), Джузеппе Азарра (Италия). Современный волейбол.
//Тренировка. Управление. Тенденции. –М.: “ВФВ”, 2008.
6.
Чесноков Ю.Б. Техника игры. // Методический сборник. –М.:
“ВФВ”, 2008.
71
III BOB. VOLEYBOLNING TEXNIKA VA TAKTIKASI TASNIFI
3.1. O‘yin faoliyatining umumiy tavsifi, voleybolchilar faoliyati
mazmuni
Klassik voleybol 6x6 sport o‘yinlari qatoriga kiradi. O‘yin 9x18
m
o‘lchamdagi, ikkita teng 9x9
m
o‘lchamdagi, to‘r bilan bo‘lingan
maydonchada o‘tkaziladi. 1
m
kenglikdagi to‘r erkaklar uchun 243
sm
,
ayollar uchun 224
sm
balandlikda ustunga bog‘lab qo‘yiladi.
Maydonchadagi o‘yinda har birida 6 tadan o‘yinchi bo‘lgan ikkita o‘zaro
kurashuvchi jamoa qatnashadi. Og‘irligi 270±10
g
bo‘lgan to‘p bilan
o‘ynaladi. To‘p bilan ishlash musobaqa qoidalariga ko‘ra uzilgan teginishlar
bilan bajariladi, bir jamoaning uchta o‘yinchisi to‘pni olishi va uzatishi
(to‘siqda to‘pga tegib ketish hisoblanmaydi; bir o‘yinchi ikki marta tegib
ketishi taqiqlanadi) va to‘pni raqib tomonga yo‘naltirishi kerak.
O‘yinning mazmuni – to‘pni raqib maydonchasiga tushirish va o‘z
maydonchasiga, to‘p tushishini bartaraf etishdan iboratdir. To‘pni tashqariga
yo‘naltirish xato hisoblanadi. Ochko jamoalardan birining o‘yinga kiritgan
har bir to‘pining yutib olinishi bo‘yicha yoki uni o‘yinga kiritishga
urinishlari bo‘yicha hisoblanadi (hakamlar tomonidan qayd etiluvchi
“munozarali to‘p”lardan tashqari). Jamoalardan birining uch taym
g‘alabasigacha o‘yin davom etadi. Musobaqa qoidalariga ko‘ra, taymlarning
eng ko‘p miqdori – 5 ta bo‘lganligida, o‘yin 3:0, 3:1, yoki 3:2 hisobda jamoa
g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bir partiyadagi o‘yin 25 ochkogacha (beshinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |