O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Hujum  zarbalariga  qarshi  harakatning  guruhli  taktikasi



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Hujum  zarbalariga  qarshi  harakatning  guruhli  taktikasi. 
Raqibning hujum zarbalariga qarshi harakatning guruhli taktikasi jamoa 
tuzilmasi  tizimi  doirasida  o‘yinchilar  guruhlarining  (2-5)  o‘zaro 
harakatlaridan  tashkil  topadi.  Maydonchani  himoyalashda  o‘yinchilar 
o‘zaro harakatlarining bir qator turlarini ajratish mumkin: 
- to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchilar o‘rtasida; 
-  to‘siq  qo‘yuvchi  o‘yinchilarning himoyalovchilar  va himoyachilar 
bilan; 
- himoyachilarning o‘zlari o‘rtasida; 
- himoyachilarning himoyalovchi o‘yinchilar bilan; 
-  himoyachilar  va  himoyalovchilarning  bo‘g‘lovchi  o‘yinchilar 
bilan; 
-  to‘siq  qo‘yuvchilar  o‘rtasidagi  o‘zaro  harakatlar,  birinchidan, 
to‘siqda sakrash uchun joyni tanlash bo‘yicha o‘yinchilarning kelishilgan 
harakatlaridan  tashkil  topadi.  Bunda  o‘yinchilarga,  ulardan  qaysi  biri 
guruhli  to‘siq  uchun  joyni  tanlashini,  to‘siqda  tirqish  qolmasligi  uchun 
kim  moslashib  turishini  aniqlash  muhimdir.  Agar  oddiy  qoida  “asosiy” 
(ya’ni,  sakrash  uchun  joy  tanlovchi)  to‘siqchi  –  bu  raqibning  hujumi 
“kimning hududida amalga oshiriladigan bo‘lsa, o‘shadir” qoidasi qabul 
qilinsa, 
o‘yinchilarning  o‘zaro  harakatlari  ancha  soddalashadi. 
“Yordamchi”  to‘siqchi,  to‘siqning  zichligi  uchun  javob  bergan  holda, 
asosiyga  moslashadi.  “Tokchali  to‘siq”  deb  nomlanuvchi  o‘zaro 
harakatlar 
bundan 
mustasnodir. 

kesishma 
harakatlaridan 
foydalanuvchi hujumchilarning  o‘yiniga qarshi ta’sir uchun qo‘llaniladi. 
Hujumchilarning bu turdagi harakatlanishi “krest” (kesishma) va “teskari 
krest” kombinatsiyalaridagi hujum o‘yinlarida uchraydi. 
“Tokchali  to‘siq”ning  mohiyati  shundan  iboratki,  to‘siqchilar  to‘r 
bo‘ylab  o‘z  hujumchilari  bilan  birga  aralashib  ketadilar.  Qarama-qarshi 
harakatlanishda  to‘qnashib  ketmaslik  uchun  ayrim  to‘siqchilar  to‘rga 
yaqin  tekislikda  (odatda  bu  birinchi  tempdagi  hujumchilarga  qarshi 
harakat  qiluvchi  o‘yinchi),  boshqasi  esa  biroz  nariroqda  harakat  qiladi. 
Ta’kidlash  joizki,  zamonaviy  voleybolda  “tokchali  to‘siq”  deyarli 
qo‘llanilmaydi. 
To‘siqchilarning  boshqa  bir  vazifasi  –  ularning  qo‘l  harakatlarining 
havoda  moslashuvidir.  To‘siq  qo‘yuvchilar  qo‘l  harakatlarining  o‘zaro 
kelishuvchanlik  xarakteriga  qo‘llaniladigan  taktika:  Bunda  “hududli” 


324 
yoki “ovlovchi” to‘siq qo‘llanilishi ta’sir etadi. Har qanday holatda ham 
qo‘l  harakatlari  sinxron  bo‘lishi,  sherik  tomonidan  allaqachon  to‘silgan 
joyni yopmasligi, biror tirqish qoldirmasligi ham kerak. 
Yerga  tushgandan  keyin  to‘siqchilarning  ehtimoliy  o‘zaro 
kamchiligiga,  raqib  tomonga  muvozanatni  yo‘qotayotgan  sherikka 
yordamlashish,  shuningdek,  qayta  to‘siq  qo‘yish  yoki  qarshi  hujumga 
o‘tish uchun o‘rinlarini almashtirishdagi kelishilgan harakatlarni kiritish 
mumkin. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish