O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Birinchi tempdagi hujumdan foydalanib hujum qilishning taktik



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/339
Sana01.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#294459
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   339
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Birinchi tempdagi hujumdan foydalanib hujum qilishning taktik 
tizimi. 
Ikkinchi  tempdagi  hujumchilarga  yordamlashish  va  sekin 
hujumning kamchiliklarini qoplash uchun jamoalar tez o‘yinni – birinchi 
tempdagi  hujumni  qo‘llaydilar.  Birinchi  tempdagi  hujum  markaziy 
to‘siqlarni  chalg‘itish  vazifasi  yoki  ikkinchi  tempdagi  hujumchilarga 
yakka  yoki  yaxshi  tashkillashmagan  guruhli  to‘siq  qarshi  turishga  olib 
keluvchi  hujum  xavfi  yaratishi  bilan  to‘la  mazmunli  samarali  hujumga 
aylangan.  Hujumda  o‘yinchilarning  o‘zaro  harakatlari  ishonchliligini 
ma’lum bir darajasiga erishilgandagina tez hujum qilish samarali bo‘ladi.  
Hujumda  o‘yin  taktikasi  rivojlanishining  zamonaviy  tendensiyalari 
avvalo jamoaviy kelishilgan harakatlar va hujumni rivojlantirish tezligini 
oshirish  vazifalarini  hal  etilishida  ifodalanadi.  Birinchi  tempdagi 
hujumda yutib olingan ochkolar foizi doimo  o‘sib boradi. Biroq o‘yinni 
jadallashtirish  g‘oyasini  tezlashtirish  mutlaqlashtirish  o‘yinchilar 
harakatida  maqsadga  muvofiqlik  tamoyilining  buzilishiga  ham  olib 
keladi. Hujum tezligini oshirishga intilish amaliyotda to‘pni qabul qilish 
trayektoriyasi  pasaytirilishiga  va  hujumchi  sakrashda  zarba  berishdan 
foydalanishiga  olib  keladi.  Ayrim  vaziyatlarda  (masalan,  oxiriga 
yetkazishda) bu taktika foydali bo‘lishi mumkin: raqib maydonchasidagi 
o‘zini  yo‘qotish  va  tartibsizlikdan  foydalanish,  hali  to‘siqchilar  va 
himoyachilar himoyalanish uchun  o‘z o‘rinlarini egallashga ulgurmagan 
vaziyatda qayta tez hujumni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. 


298 
Standart,  oson  vaziyatlarda  to‘pni  past  qabul  qilish  ham,  hujumchi 
sakrashda  zarba  berishi  ham,  raqibga  qaraganda  hujum  qilayotgan 
jamoaga  ko‘proq  muammolar  keltiradi.  Pasaytirilgan  trayektoriyada 
qabul  qilishda  to‘p  ba’zida  raqib  tomonga  uchib  o‘ta  olmaydi  yoki 
yuqori  tros  zonasiga  tushadi,  bunda,  ayniqsa,  to‘r  chetidan  uzatishni 
bajarishda  to‘pni  o‘ynash  qiyinlashadi.  To‘pni  qabul  qilishning  past 
trayektoriyasi  ko‘pincha  bog‘lovchi  o‘yinchiga  uzatishning  yo‘nalishini 
qiyinlashtiradi,  bu  esa  to‘siqchilar  harakatini  yengillashtiradi.  Bunda 
raqib jamoasi to‘siqchilari, to‘p uzatilganda, doimiy tayyorgarlik holatida 
turadilar  va  ko‘proq  o‘z  hujumchilari  harakatlariga  e’tibor  qaratadilar. 
Ular  ham  himoyachilar  ham,  hujumga  qarshi  turishga  doimo  tayyor 
bo‘ladi. To‘pni qabul qilish balandligi ular uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lmaydi. 
Tez 
kombinatsion 
hujumning 
ijobiy 
tomonlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
Birinchi  tempdagi  hujumchiga,  qoida  tariqasida,  bitta  to‘siqchi 
qarshi  turadi,  ikkinchi  tempdagi  hujumchiga  esa  ko‘pincha  yakka  yoki 
yaxshi tashkillashmagan ikkita to‘siqchi qarshi turadi. 
Tez  hujum  o‘zining  tez  yuz  berishi  sababli  ko‘plab  nostandart 
vaziyatlarni  yaratadi,  ularga  himoyalanuvchi  jamoa  o‘yinchilarining 
moslashuvi  qiyin  bo‘ladi.  Raqiblarga  qarshi  harakatga  tayyorlanishga 
vaqt  qolmaydi,  bu  himoyadagi  o‘yin  samarasiga  ta’sir  etadi: 
o‘yinchilarining bir qismi himoyadan chetda qolishi mumkin. Tez hujum 
kamchiliklariga bir necha vaziyatlarni kiritish maqsadga muvofiqdir: 
Birinchi  tempdagi  zarbadan  so‘ng  to‘p,  odatda,  ikkinchi  tempdagi 
zarbadan  ko‘ra  kamroq  tezlikda  uchadi,  uni  qabul  qilish  oson  bo‘ladi. 
Birinchi temp bilan hujum qilish tizimi ikkinchi temp uzatish zarbasidan 
ko‘ra  kamroq  ishonchli.  Tezkor  hujum  uchun,  vaqt  tig‘izligida 
bog‘lovchi  o‘yinchi  va  birinchi  tempdagi  hujumchining  birgalikdagi  va 
nozik darajadagi o‘zaro harakatlari talab etiladi. Vaqtida va joyiga to‘pni 
yetkazish bo‘yicha eng kichik xato zarbani ijro etishda va uning sifatiga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda birinchi tempda hujumni barbod etishga 
olib  boruvchi  asosiy  kamchilik  bo‘g‘lovchiga  to‘pni  sifatsiz  yetkazib 
berish hisoblanadi. Birinchi tempdagi hujumning buzulishi ikki sababga 
ko‘ra yuz beradi: 
To‘p  yetkazib  berilmagan  hollarda  birinchi  tempda  hujumni  tashkil 
etishni  bilmaslik.  Bog‘lovchi  o‘yinchilar  tomonidan  joyning  noqulay 
tanlanishi  –  ular  odatda  bevosita  to‘r  yaqinida  o‘z  maydonchasiga 
ko‘krak  bilan  burilgan  holda  joylashadilar.  To‘pning  yetkazib 
berilmaslik  darajasiga  ham  bog‘lovchilar  to‘rdan  uzoqlashish  va  to‘rni 


299 
ikki  yon  chetiga  burilishlari  bilan  yuqori  uzatishni  bajarishga  majbur 
bo‘ladilar.  Bunday  harakatlar  raqib  tomonidan  osongina  aniqlanab 
olinadi,  bu  ularning  qarshi  harakat  qilishlarini  yengillashtiradi.  Biroq 
jamoada  to‘p  yetkazib  berilmagan  hollarda  ham  oddiy  o‘yinga  o‘tib 
ketmaslik imkoniyatlari mavjud. 
Birinchidan,  o‘yinchilar  to‘pni  yetkazib  bermagan hollarda  maydon 
ichkarisidan  uzatishlarda  birinchi  temp  bilan  hujum  qilishga  tizimli  va 
maqsadga  muvofiq  o‘rganib  borishi  lozim.  Bunday  hujumlar  bajarilishi 
mumkin,  hozirda  ham      jahon  jamoalarining  eng  yaxshi  bog‘lovchilari, 
maydonchaning  chuqur  ichki  qismidan  uzatishlarda  ulardan  samarali 
foydalanadilar. 
Ikkinchidan,  to‘pni  qabul  qilish  trayektoriyasi  balandligini 
birmuncha oshirish kerak, bu bog‘lovchiga to‘pning ostiga o‘tish uchun, 
hujumchiga esa yugurish, sakrash uchun imkoniyat va vaqt beradi. 
Uchinchidan,  o‘yinga  kiritilgan  to‘pni  qabul  qilish  vaqtida 
bog‘lovchi  o‘yinchi  turgan  joydan  biroz  masofada  (3-4  metr)  oldinga 
chiqib  dastlabki  holatni  egallashi  zarur.  Bu  o‘rinli  va  juda  qulay.  Aniq 
yetkazib  berilganda  bog‘lovchi  o‘yinchi  2-3  qadam  bilan  to‘r  tomonga 
o‘tayotgan  to‘p  orqasidan  yetib  olishi  mumkin.  Bunda  to‘p  qanchadir 
vaqt  davomida  bog‘lovchi  o‘yinchining  oldida  go‘yoki  “osilib”  turadi, 
uning  diqqat  maydonida  hujumchi  va  raqib  to‘siqchilari  ham  bo‘ladi. 
Bunday  usul  bilan  kombinatsion  hujumni  tashkil  etishga  yaxshi 
sharoitlar yaratadi. 
Agar  to‘p  yaxshi  yetkazib  berilmasdan  qabul  qilingan  bo‘lsa, 
bog‘lovchining  to‘p  ostida  zaruriy  harakatlanishi  ba’zan  juda  qisqaradi. 
Bog‘lovchi  o‘yinchining  maydonni  yanada  yaxshi  ko‘rish  imkoniyati 
paydo bo‘ladi. Bunday sharoitlarda maydonchaning ichkarisidan birinchi 
tempdagi  hujumchilarning  “qaytmasligi”,  jamoada  raqibning  guruhli 
to‘siq  qo‘yishiga  qarshi  samarali  kurasha  oladigan,  kuchli  zarbaga  ega, 
baland  bo‘yli  hujumchilar  bo‘lmagan  sharoitlarda,  ayniqsa,  foydali 
bo‘ladi.  Shuningdek,  o‘yinchining  noaniq  qabul  qilishdan  kelib 
chiquvchi  qo‘shimcha  ijobiy  samarasini  ham  ta’kidlash  mumkin: 
uzatishni  qabul  qilishda  to‘pni  yetkazib  berish  sifati  hayratlanarli 
darajada yaxshilanadi. Bunday sharoitlarda qabul qiluvchi o‘yinchilarga, 
to‘pga  tushish  uchun  mo‘ljal  olish  mahorati  oshirilgan  bo‘lib  chiqadi. 
Axir  yetkazib  berilmaydigan  qabul  xato  hisoblanmaydi  –  bunday 
qabuldan  jamoa  ikkala  tempga  ham  hujum  qila  oladi.  Natijada  qabul 
qiluvchi o‘yinchi o‘zini ishonchliroq sezadi, bu esa sifatli qabul qilishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 


300 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish