(6-jadval)
O‘yin texnikasi
Hujumdagi o‘yin texnikasi va himoyadagi o‘yin texnikasidan iborat
Tabiatshunos olimlarni, shu jumladan, biofiziklar va genetiklar yutuqlari tufayli organizm tuzilishining asoslari, ularning tuzilishi va amal qilish mexanizmlari tobora tushunarli bo‘lib bormoqda. Tirik organizmlar asosida tabiiy jarayonlar mavjudligi, funksiyalar oxir- oqibatda energiya sarflanishi hisobidan tabiiy yo‘l bilan amalga oshishi tasdiqlandi. Ushbu nuqtai nazardan biologik organizmlarga tirik mashina sifatida qarash mumkin, ularning qurilmalari o‘z funksiyalarini yuqori darajada samarali, tejamli va maqsadga muvofiq holda bajarish imkonini beradi, bu ko‘pincha bizni hayratga soladi. Tirik organizmlarning, shu jumladan, odamning ham qurilmasi asosidagi tabiiy tamoyillarni tushunish, bunda ularning uzluksiz tizimli va funksional tuzilmasida barcha murakkablik va xususiyatlarni inkor etmaslik, mexanizm darajasiga tushib qolmaslik kerak. Bu esa inson funksiyalarini maqsadli va samarali takomillashtirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Evristik konsepsiya doirasida o‘yin texnikasi talqinining bir qismi bo‘lgan muhim masalalarni biomashina tomonidan hal etilishiga erishilmoqda. Jumladan, voleybolchilarning harakat vazifalarini samarali va tejamli hal etishning tabiiy shart-sharoitlarini shakllantirishga va xatolarsiz o‘ynashning texnik-taktik usullariga o‘rgatish uslublarini ishlab chiqishga erishiladi.
Voleybol metrologiyasi
L.Da Vinchi va J.Borelli zamonlaridanoq odamlar mashina sifatida qabul qilina boshlangan. Uning tuzilishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar ancha keyingi avlod (A.A. Uxtomskiy, keyinchalik D.J. Jeleznyak) vakillari tomonidan yaratilgan. Ushbu tasavvurlar biofizika fanining, ayniqsa, uning rus olimlari tomonidan, molekulyar biologiya bilan birgalikdagi biofizika maktabi yo‘nalishlari (G.M. Frank, L.A. Blyumenfeld va b.) yaratilishi bilan yuqori bosqichga ko‘tarildi. Tabiiy jarayonlarning yuz berishi mexanizmlarini ochish sifatida tabiatshunoslik vazifasining umumiy tan olinishi yo‘lida, darsliklarga kiritilgan “molekulyar mashina” tushunchasi barcha “ilmiy huquqlarga” ega bo‘ladi. Biofiziklarning fikricha, “tirik tabiat – bu molekulyar mashinalar dunyosidir”.
Biofiziklar va biomexaniklar qarashlariga tayangan holda, vorislik asosida, organizmning funksional tizimlari tuzilishini va ularni takomillashtirish imkoniyatlarini yaxshiroq tushunish nuqtai nazaridan nafaqat mikro, balki makro darajada ham organizmga nisbatan
qo‘llaniluvchi biomashina konsepsiyasini yaratish zarurligi haqidagi xulosaga kelindi. Bizning yondashuvimizni umumiy holda tasvirlab beruvchi ta’rifni nisbatan qabul qilish mumkin: biologik mashina – bu tirik organizmning fundamental fizika qonunlariga mos ravishda mavjud mexanizmlar vositasida, uning hayotini ta’minlovchi ko‘p funksiyali tizimdir.
Organizmning ko‘p funksiyali tizimlarini “biomashinalar” deb atash bilan biz “mexanizmlilik” va “fizikaviylik” tamoyilini, har qanday mavjudlik asosidagi sabab-oqibatlar aloqadorligini ta’kidlaymiz, “biologik tizim’ atamasi uning ancha kengroq va umumiy ma’nosini saqlab qoladi. Tizimli yondashuvning tushunchalari bo‘lgan “tizim” va “tizimosti” ta’riflaridan aynan bir xilda foydalanish qiyinligidan, “biomashina” va “tashkillashtirishning ancha quyi darajasidagi bioma- shina” atamalaridan foydalaniladi.
Tabiat tirik organizmdagi biomashinalarni, avvalo, cheklangan energetik resurslarni hisobga olgan holda yaratgan deb hisoblansa, ularning qurilmalari tejamkorlik va samaradorlikni, shuningdek, amal qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash imkoniyatlarini saqlab qoldi. Bosqichma-bosqich holda organizm funksional tizimlari tuzilishidagi, ularning jismoniy jihatdan ishlash tamoyillari va mexanizmlarini sabab-oqibatlarining aloqalarini izlash yo‘nalishida ishlar olib borildi, biomashina konsepsiyasining eng umumiy qoidalarini
shakllantirishga erishildi. Bular quyidagilar:
tirik organizmga biomashina sifatida qarash mumkin;
har qanday sportchining ishlash jarayonlari – jismoniy harakatdan iboratdir;
organizmdagi biomashinalarning barcha tizimlari molekulyar darajagacha ham ishlaydi va harakatlanadi;
biomashinaning xususiyatlari uning qurilmalari, tashkil etilish usullari, funksional aloqalarini tuzilmasi va ishlash usullari bilan belgilanadi;
biomashinaning har qanday qismlari, bo‘g‘inlari, birikmalari, shuningdek, funksional tizimlar sifatida namoyon bo‘ladi (ularni ancha quyi tuzilmaviy darajadagi biomashina sifatida qarash mumkin), ularning tuzilmasi ham ulardagi xususiyatlar bilan belgilanadi;
har qanday tuzilmani biomashina energiya sarfi hisobidan amalga oshiriladi;
biomashina faoliyati sifati ularning qurilmalarida organizm tomonidan yetkazib turuladigan energiyadan samarali va tejamli foydalanish shartlarining ro‘yobga chiqarilish darajasi bilan belgilanadi;
boshqaruv tizimi organizmdagi funksional tizimlar (shu jumladan, ong, his-tuyg‘u, maqsadli tafakkur) holati barqarorligi va uning muhit bilan o‘zaro ta’sirlari samaradorligini ta’minlaydi.
Qabul qilingan voleybol metrologiyasiga muvofiq tayanch-harakat apparati ham harakatlanish funksiyasini amalga oshiruvchi biomashina sifatida talqin etiladi. Uning faoliyati samaradorligi, asosan, harakatlanish faoliyatida energiya oqimlarining kiritilishi va o‘zlashtirilishi qonunlari qanchalik samarali foydalanilishi umumiy metrologiya qonunlari bilan aniqlanadi. Organizm tomonidan ta’minlanuvchi energiya, uning o‘zlashtirilishi jarayonida qanday kiritilishi va qanday o‘zgartirilishi, bajariladigan harakat funksiyalari va ularning yakuniy natijalarning qay darajada ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Energiyaning quvvatlanishi, kiritilishi va o‘zlashtirilishi odam tayanch- harakat apparati (THA) biomashinasining tuzilishi bilan belgilanadi. Organizm funksiyalarining zaruriy sifatiga ega bo‘lish uchun uning tuzilmasini (biomashina qurilmasini) tegishli tarzda o‘zgartirish zarur.
Biomashina sifatida organizm tizimlarini tashkiliy va faoliyat tamoyillarini tushunish, ishni bilgan holda mashq faoliyatida ularning maqsadli takomillashuvi jarayonini boshqarish imkonini beradi. Sportchi organizmi biomashinasining tuzilishi va ishlashi to‘g‘risidagi bilimlar, muhandislik darajasida bo‘lishi va sabab-oqibatlar darajasida funksional aloqalarni talqin etish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Faqat shunday bilimlargina muhandis-konstruktorga (bizning holatda murabbiy- sportchiga) uning qurilmasini, ishlash darajasini jiddiy yaxshilash uchun maqsadga yo‘naltirilgan samarali taraqqiyot imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |