O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,65 Mb.
bet36/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin (3 a-rasm), pastdan to‘pni qabul qilishda (3 b-rasm), to‘siq qo‘yishda (3 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (3 g- rasm).

a b

v g

  1. rasm.



      1. Harakatlar. O‘rin o‘zgartirish


Voleyboldagi harakatlar yurish va yugurish vositasi qo‘shimcha va odatdagi qadamlar bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, har xil sakrashlar va tushishlar ham qo‘llaniladi.


Tayanch qadam bilan harakatlanish. O‘yinda shunday holatlar bo‘ladiki, bunda o‘rin o‘zgartirish harakatlarini qadam bilan amalga oshirish zarurdir. Bu foydali, chunki harakat jarayonida o‘yinchining turish holatini buzmaydi, har qanday vaqt davomida uning to‘p bilan ishlay olishini ta’minlaydi. Ushbu usulning bo‘sh tomoni – oddiy yugurish bilan taqqoslanganda uning tezligi yuqori bo‘lmasligidir.
Tayanch qadam bilan harakatlanish texnikasi ancha oddiy, biroq shunday bo‘lsa-da, bir qator muvofiqlashtiruvchi talablarni bajarish joiz.
Harakat yo‘nalishiga yaqin bo‘lgan qadam va boshqa oyoq bilan tayanchdan itarilish hisobidan boshlanishi kerak. Siltanishdan so‘ng o‘yinchi siltanishni bajargan oyoqni tayanchiga shunday qo‘yishi kerakki, u yana standart turish holatiga ega bo‘lsin. Harakat tezligi oshirilganda siltanayotgan oyoq tayanch oyoqqa yaqinroq qo‘yiladi, bu oyoq bilan, shu joyning o‘zida navbatdagi qadam qo‘yish bajariladi. Yuqori tezlikda harakatlanganda tayanchsiz holat ham kuzatiladi. Bunda “harakatlanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, tiralgan qadam ham shuncha keng bo‘lishi zarur” degan qoidaga amal qilinadi.
Agarda ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida muvofiqligi kuzatilsa, kesishgan qadamlar usulidan ham foydalanish mumkin. Himoyada undan foydalanmaslik kerak, aks holda, o‘yinda o‘yinchi kesishgan qadam holatida turganida to‘p bilan ishlashga to‘g‘ri kelib qolsa, bu ancha noqulaylikni keltirib chiqaradi. Harakatlanishni tik turgan (stoyka) holatda boshlash va shu holatda to‘xtay olish juda muhimdir. Buning ustiga, to‘pni o‘z yo‘nalishida urmaslik uchun, bunday turish holati, to‘p bilan ishlash imkonini pasaytiradi. Bu holat doimo ham kuzatilmaydi, ko‘pincha to‘pni harakat davomida yo‘naltirish to‘g‘ri keladi, ammo qulay turish holatida to‘xtashga intilish lozim.
Dastlabki qadamlar mexanikasini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Tik turgan holda harakatni boshlashda, o‘yinchi birinchi qadamni doimo harakat yo‘nalishi bo‘yicha yaqinroqdagi oyoqdan boshlaydi, uni tayanchdan uzadi, bu boshqa oyoqning tayanchdagi muvozanati buzulishiga olib keladi. O‘yinchini muvozanatdan chiqarish uchun (agar tashqi kuchlar ta’siri bo‘lmasa), harakat yaqindagi oyoq bilan emas (chunki u tayanchdan uzilib qoladi), balki uzoqdagi oyoqning itarilishi bilan amalga oshiriladi. Aks holda (muvozanatni yo‘qotgan va yaqinroqdagi oyoq bilan itarilganda) tovonlar orasidagi masofa uncha katta bo‘lmagan baland tik turish samaraliroq bo‘lgan bo‘lardi.
Amaliyot va nazariy qarashlar buning teskarisini ko‘rsatadi: (ma’lum darajagacha) bukilgan oyoqlarda bajariladigan turish qancha pastroq va kengroq bo‘lsa, harakatni boshlash shunchalik yengil bo‘ladi.
Sportchining harakatlanishini yuzaga keltiruvchi sabab oyoqning tayanchdan itarilish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi hisoblanadi (4-rasmda Fg). U tayanchning ta’sir kuchini gorizontal tashkil etuvchisiga (Frg) teng bo‘lib, bu harakatlantiruvchi kuch deb hisoblanadi, chunki u o‘yinchining harakat yo‘nalishiga mos bo‘ladi. Ushbu tashkil etuvchi ikkita omil: tayanchning ta’sir kuchi kattaligi va itarilish kuchining tayanchga ta’sir etish burchagi bilan aniqlanadi. Uning
qo‘yilish burchagi (φ) qancha kam bo‘lsa, itarilish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi shunchalik ko‘p bo‘ladi va shunga mos ravishda o‘yinchi gavdasining tezlashishi ham oshadi.





  1. rasm

Birinchi qadamda, oyoq muskullari kuchi va rivojlanib boruvchi kuch qo‘yishning geometrik qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘yinchi qanchalik pastroq va kengroq turishdan foydalana olsa, itarilish burchagi shunchalik kam bo‘ladi.


Tik turish balandligi va oyoq tovonlari o‘rtasidagi masofa o‘yinchining oyoq muskullarining tezlik-kuch imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Oyoq muskullari qanchalik kuchli bo‘lsa, himoyachi shuncha pastroq turishdan foydalanishi mumkin. Judayam keng holatda turish samarasiz, voleybolchi deyarli to‘g‘ri qo‘yilgan oyoqlar bilan katta kuchni rivojlantira olmaydi.
Vaqt tig‘izligida o‘yinchi kerakli yo‘nalishni tanlashida o‘zgaruvchan turish holati yordam berishi mumkin, bunday holat zaruriy siljish chizig‘i bo‘ylab joylashgan kerakli nuqtaga, navbatdagi siltanish bilan, tovonlarni joylashtirish imkonini beradi. Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki (masalan, himoyada yoki kuchli zarbalarni qabul qilishda), o‘zgaruvchan turish holati ham istalgan natijani bermaydi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish