O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Voleybol o‘quv fani sifatida



Download 3,65 Mb.
bet3/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

Voleybol o‘quv fani sifatida


“Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani mutaxassislik sifatida voleybol bo‘yicha murabbiylik kasbiga tayyorlash talablari bo‘yicha oliy o‘quv yurti o‘quv rejasining ixtisoslik fani hisoblanadi. U oliy ta’lim Davlat ta’lim standartining 5610500 “Sport faoliyati” (faoliyat turlari) ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning malaka tavsifida belgilangan layoqatlarni shakllanishda umumiy vazifalarning aksariyat
qismini bajaradi. Mazkur fan “Jismoniy madaniyat” va “Sport faoliyati” yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejasidagi bir qator fanlar orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Dastur mazmuni, mutaxassislarni malaka va ko‘nikmalari tegishli kafedralarning mutaxassislik bo‘yicha ishchi dasturlarida aks ettirilgan. Ular oliy ta’lim bo‘yicha Davlat ta’lim standartining umumiy talablariga muvofiq ishlab chiqilib, mutaxassis tayyorlash, zaruriy kasbiy layoqatlar darajasini belgilaydi.
O‘quv dasturida yo‘nalishning har bir bitiruvchisi egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalar darajasi va hajmi bo‘yicha talablarning zaruriy ko‘rsatkichi beriladi. Ular quyidagilardan iborat:

  • voleybol nazariyasining umumiy asoslari;

  • voleybolni o‘rgatish uslubiyati;

  • sport mashqlari nazariyasi va uslubiyati;

  • turli toifadagi jamoalarni tayyorlash xususiyatlari;

  • ommaviy-sport ishlari;

  • voleybolning tibbiy-biologik va psixologik asoslari;

  • voleybol bo‘yicha musobaqalar hakamligini tashkil etish va o‘tkazish uslublari;

  • voleybol bilan shug‘ullanishning moddiy-texnikaviy ta’minoti;

  • talabalarning voleybol bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;

  • voleybolchilar sport tayyorgarligi darajasini rejalashtirish va nazorat qilish;

O‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv amaliyoti, talabalarning ilmiy tadqiqotlari va mustaqil ish shakllarida o‘tkaziladi. Ma’ruzalarda dasturda belgilangan barcha nazariy bilimlar aks ettiriladi. Seminar va amaliy mashg‘ulotlarda talabalar voleybolni o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar va mustahkamlaydilar. Umumta’lim maktablari, sport maktablari, jismoniy madaniyat jamoalaridagi pedagogik amaliyot jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va tashkilotchisining amaliy ish ko‘nikmalarini egallashida ko‘maklashadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida talabalar asosli fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy-tadqiqot usullarini o‘zlashtiradilar, kelajakda kasbiy o‘sishlari hamda voleybolga o‘rgatish bo‘yicha o‘zlarining yangi usullarini kashf etishlari uchun zamin yaratadilar. Voleybolchilarning sport tayyorgarligi nazariyasi va uslublarini ayrim umumiy masalalari bo‘yicha qo‘shimcha bilimlar talabalar tomonidan o‘quv rejasidagi quyidagi o‘quv fanlari: fiziologiya, psixologiya,
biomexanika, bioximiya, anatomiya, sport tibbiyoti, pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kabilarda o‘rganiladi.
O‘qitish dasturida bo‘lg‘usi mutaxassislarning sport mahoratini oshirib borish, kasbiy faoliyat va kasbiy mahorat darajasining tarkibiy qismi sifatida ham nazarda tutiladi. Talabalarning o‘zlashtirishi sinov va imtihonlar orqali baholanadi. Oliy o‘quv yurtini tugallashda har bir talaba davlat attestatsiyasi talablarini bajarishi, bitiruv malakaviy ishini tayyorlashi va himoya qilishi zarur. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, voleybol bo‘yicha mutaxassis turli toifadagi sport jamoalarida, BO‘SMlarda, umumta’lim maktablari va kollejlarda hamda oliy o‘quv yurtlarida, sport tashkilotlari va klublarda ishlashi mumkin.



    1. Download 3,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish