Vmax-Vx ni belgilaydi), yuqori samara olish uchun muskul kuchini katta yelka orqali qo‘yish foydaliroqdir.
Tezlanish oshishi bilan kuch yelka muskullarida kamayadi. Biroq bunda, o‘zgaruvchan uzatish munosabatlari effekti hisobidan, maksimal tezlik (Vmax) oshadi. Bu o‘zaro ta’sirlashuvchi tizimlar tezliklaridagi farqni quvvatlab turish imkonini beradi va kiritilayotgan energiyaning foydalilik koeffitsientini pasaytirmaydi. “Mos” sxemadagi aloqadorlik modelida teskari manzara kuzatiladi. Hujumda tezlanishning boshida, kuch sifati yelka muskullarida namoyon bo‘layotgan paytda, bosh miya katta yarimsharlariga jiddiy tezlanishni xabar qilish imkoni yo‘q. Ma’lum bir tezlikka erishgandan so‘ng esa, yelka muskullarida kuch oshib boradi, chunki yelka bilan aniqlanuvchi Vmax kamayishi sababli, miyacha kami 3-4 soniya mobaynida bosh miyaga xabarni yetkazadi. Aloqadorlikning “mos” sxemasidagi muskullar esa mayatnikni muvozanat holatidan osongina chiqarishga qodir bo‘ladi, zaruriyat
bo‘lganda ko‘proq kuch momentini qo‘ya oladi, “qat’iy” sxemadagi muskullar esa mayatnikka, yoki umuman ta’sir ko‘rsata olmaydi (axir kuch qo‘yish yelkasi nolga teng bo‘ladida), yoki ushbu vazifani katta qiyinchilik bilan bajaradi. Muskullar kuch sifatini namoyon qilishda esa “mos” sxemasi juda aniq harakatlar qilishda foydali, chunki sportchi a’zolarining harakatlanishi muskullar qisqarishi hisobidan ta’minlanadi, boshqa aloqadorlik tizimlarida bu mumkin emas.
rasm
Gavda muskullarini qarab chiqamiz.17-rasmda umurtqa ustunining ayrim muskullarining birikish usullari keltirilgan. O‘qosti muskullari o‘z paylari bilan ikki oraliq umurtqa disklarining orqa o‘qosti o‘simtalariga bog‘langan. Rotator muskullar yuqori diskning yon o‘simtalarini quyi qo‘shni diskning o‘qosti o‘simtalari bilan bog‘lab turadi. Umurtqa ustunining gavdani burilish jarayonidagi aylanishida, eslab o‘tilgan muskullar “qat’iy” sxema bo‘yicha ishlaydi. Qorinning to‘g‘ri va egri muskullari ham, belning keng muskullari ham, shuningdek, umurtqa bo‘ylab joylashgan muskullarning barcha to‘plamlari ham shu ish tartibida faoliyat yuritadi. Shu tarzda, gavda harakati ham o‘rganilgan aloqadorlik sxemalarining ikkalasida ishlashi mumkin. Agarda qo‘lning siltanishi va zarba gavdaning qaytuvchi burilishi bilan bajarilsa, aloqadorlik sxemasi “qat’iy” hisoblanib, bu zarba tezligini oshirish uchun qulaydir. Agarda gavda bilan harakat orqaga, oldinga egilishlar
hisobidan bajarilsa, unda regressiv (pasayuvchi) qat’iylikdagi kuch qo‘yishning “mos” sxemasi ishlaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, zarba beruvchining tezlanish jarayonida eng yuqori tezlikka erishish uchun zarba berish qismlari sonini ko‘paytirishga intilish va har bir qismning tezlanishini shunday mo‘ljallash kerakki, zarba vaqtida barcha qismlarning tezligi eng yuqori darajada bo‘lsin. Odamning skelet muskullarida egiluvchan elementlar parallel va qat’iy ketma-ketlikda qisqaruvchan tolalarga tarmoqlanadi. Muskullar fizik modelining birmuncha soddalashtirilgan chizmasi 18-rasmda berilgan.
rasm
Muskullarning qisqaruvchi elementi bo‘lgan, ketma-ket tarmoqlangan egiluvchan element – muskul paylarining kollagin tolalaridir. Muskulning parallel tarmoqlangan egiluvchan elementi tola ichida joylashgan elementlardan (sarxoplazmatik reticulum pufakchalari) birlashtiruvchi ingichka tolalari va muskullarni o‘rab turgan yo‘g‘on birlashtiruvchi sarkolemmateridan – o‘ziga xos muskul to‘qimasidan tashkil topgan.
Voleybolchi zarba tugallanishida to‘xtaganidan so‘ng unga teskari yo‘nalishda tezlanish berishning boshlanishi muskulning qisqaruvchi elementi va parallel tarmoqlangan egiluvchan muskullar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ketma-ket tarmoqlangan muskullar, ta’kidlab o‘tilganidek, dastlab qo‘shimcha cho‘ziladi, so‘ng esa voleybolchini tezlashtirib qisqaradi. Bu yerda samaradorlikning bir muhim shartini ta’kidlash joiz. Real sharoitda hujum zarbasini bajarishda, siltanishda zarba beruvchi bo‘g‘in, skelet muskullari faollik impulsi bo‘yicha yaratilgan harakat inersiyasi kuchi bilan siljishi lozim. Ular, qo‘l- oyoqlarning teskari yo‘nalishdagi tezlanishini amalga oshiruvchi skelet- muskullarga keraksiz qarshilik qilmaslik uchun va suyak-muskul birikmasidagi egiluvchan elementlar ishini to‘sib qo‘ymasligi uchun, o‘z vaqtida bo‘shashi lozim. Biroq, qo‘l-oyoqlarni, muskul energiyasini minimal yo‘qotgan holda, siltanishda to‘xtatish faqat parallel tarmoqlangan egiluvchan mushak ishtiroki bo‘lishi mumkin. Siltanishda
qo‘l-oyoqlarni to‘xtatish bo‘yicha ishlarga parallel tarmoqlangan egiluvchan muskullar ham qo‘shila olishi uchun, muskul tolalarini bo‘sh holatda uning tinch holatda uzunligiga nisbatan 35% dan ortiqroq cho‘zilishi zarur.
rasm
Bunda muskullarning yopishqoq ishqalanishi birdaniga kamayadi va uning egiluvchanlik xarakteristikasi idealga yaqinlashadi. Biroq odamning har qanday muskuli ham harakat jarayonida prujina kabi foydalanilmaydi. Urchuqsimon muskullarda tolalarning va umuman muskullarning nisbiy uzayishi unga mos tushadi. Bo‘g‘inlardagi harakatning real amplitudasi ham urchuqsimon muskullar tolasini tinch holatdagi uzunligining 35% dan ortig‘igacha cho‘zishga imkon bermaydi.
Sport harakatlarining mumkin bo‘lgan maksimal amplitudasida faqat patsimon muskullar tolalarigina har ikkala egiluvchan muskul ishlay olishi mumkin bo‘lgan darajagacha cho‘zilishi mumkin. Patsimon muskullarning bu xususiyati ularning geometrik xususiyatlari bilan izohlanadi (19-rasm). Bunday muskullarda qisqaruvchan tolalar parallel bog‘langanligi uchun umuman barcha muskullarning va uning ayrim tolalarining cho‘zilish kattaligi jiddiy farqlanmaydi. Nisbiy deformatsiya esa, patli muskullar biroz chuzilganda uning tolalari tinch holatdagidan 35-65% gacha diyapozonda defarmatsiyalanadi va qat’iy qayishqoq elastamerga aylanadi. Siltanishda hujumchi qo‘lining “tashlanishi” (albatta, “qat’iy’’ sxema bo‘yicha) va uning zarba tezlanishining ilgarilash xarakteri tashqi jihatdan to‘xtalmasdan amalga oshirilishi va siltanish amplitudasining chekka nuqtasidan “o‘q otish” kabi ko‘rinishi lozim.
Energiyaning samarasiz yo‘nalishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi qoidaga amal qilish lozim: Siltanishda zarba beruvchining tezligi bo‘g‘inlardagi egiluvchan muskullar tomonidan sekinlashtiriladi, zarba tezlanishi esa ushbu egiluvchan muskullardagi qisqaruvchi tolalar ishi bilan birgalikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |