Tashkiliy-uslubiy muammolar. Bizdagi voleybol muammolaridan biri voleybolchilar tayyorlashning mavjud amaliyoti va uslubiyatining yuqori darajada emasligidir. Hozirda BO‘SM murabbiylari sport tayyorgarligidan ko‘ra yuqori darajadagi yosh iqtidor egalarini izlashga ko‘proq umid qiladilar. Yuqori toifadagi jamoalar murabbiylari esa, o‘z kuchlarini mustahkamkash o‘rniga chetdan yuqori toifali o‘yinchilarni sotib olishni (ularni topish ham qiyin bo‘lmoqda) afzal biladilar.
Bolalar sportini rivojlantirishga, shu jumladan, BO‘SM uchun sport bazalari qurilishiga, murabbiylar va mutaxassislar mehnatini tashkil etish hamda rag‘batlantirishning muhim masalalari hal etilmoqda. Hozircha
BO‘SM murabbiylarining ish samarasi turli darajadagi musobaqalarda jamoalari egallagan o‘rin va o‘z tarbiyalanuvchilarining shu yoshdagi terma jamoalar tarkibiga yuborilishi soni bilan baholanmoqda. Murabbiyning unvoni, toifasi va shunga muvofiq ish haqi ham uning shogirdlari musobaqalarda erishgan yutuqlari va turli darajadagi bolalar terma jamoalariga o‘yinchilar tayyorlab berishiga mos ravishda o‘sib boradi. Murabbiylarning ish haqi ular tomonidan yuqori darajali jamoalarga yosh o‘yinchilarni tayyorlash samaradorligi bilan bog‘liq emas. Murabbiylik mehnatini baholashning boshqacha usullarini izlash va sinab ko‘rishlar ularning attestatsiyasida biror ijobiy natija bermayapti. Katta yoshdagilar jamoalari uchun o‘yinchilar tayyorlash bolalar murabbiyining birinchi darajali muhim ishi hisoblanmaydi. Ushbu ishni ham, shug‘ullanishlarning ommaviyligini ham, bir vaqtning o‘zida murabbiylar va mutaxassislarning mehnatini tegishlicha baholash va rag‘batlantirish orqali hal etish mumkin.
Murabbiylarga amaliy-uslubiy yordam o‘rniga, tadbirlar to‘g‘risida turli batafsil hisobotlar tuzish va bir yil uchun mashqlar o‘tkazish rejalarini tuzish ishlari topshiriladi. Rejalashtirish va turlicha hisobot hujjatlari hajmining o‘sib borishi, murabbiylar ish haqining past darajasi, attestatsiyadan o‘tishda, toifa, unvon olishdagi qiyinchiliklar, ma’muriyat bosimining kuchayishi, haddan ortiq rasmiyatchilik kabilar yosh mutaxassislarning BO‘SMga ishlashga kelmay qo‘yishiga olib keladi. Bu muammolarni tezlikda hal qilish zarur.
E’lon qilinayotgan islohotchilik g‘oyalari, umuman olganda, ijobiydir, yaxshi ishlayotgan murabbiylarga ko‘p haq to‘lash adolatli. Biroq, yuqori toifadagi o‘yinchilarni tayyorlash, yoki mahalliy darajadagi bolalar musobaqalaridagi yutuqlar muhumligini aniqlab olish kerak. Bu ikkita vazifani parallel ravishda hal etib bo‘lmaydi, ular ma’lum ma’noda muqobildir. Mavjud amaliyotda bu masalada so‘rovnoma o‘tkazilgan, afsuski, bu so‘rovnoma yuqori toifali jamoalar uchun o‘yinchilar tayyorlashning foydasiga bo‘lmagan.
Yuqori toifadagi o‘yinchilarni tayyorlashda o‘yinchilarning o‘sish va harakatlanish qobiliyatlari katta ahamiyatga ega. Bu muammolar, avvalo, qobiliyatli yangi o‘yinchilarni uzoq va sifatli tanlash jarayonida hal etiladi. Biroq, rasmiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tezroq samaraga erishish uchun murabbiy bo‘yi o‘rtacha, biroq jismoniy rivojlangan yoshlarni tanlab olsa osonroq va maqsadga muvofiq bo‘ladi, ular bolalar musobaqalarida yutib chiqa oladi. Buning uchun baland bo‘yli yoshlarni topish va doimiy voleybol mashg‘ulotlariga jalb etish zarur. Bu borada
murabbiy o‘nlab umumta’lim maktablarini aylanib chiqishi, yuzlab o‘quvchilarni ko‘rishi, o‘yinchilar va ularning ota-onalarini voleybol mashg‘ulotlari zarurligiga ishontirishi kerak bo‘ladi. Talantli yangi o‘yinchilarni to‘plash – bu og‘ir (ayniqsa, shaharlardagi murabbiylar uchun eng og‘ir), ko‘pincha rag‘batsiz va ba’zi hollarda samarasiz ishdir. Vaziyatni yana shu narsa ham og‘irlashtiradiki, murabbiyning ushbu eng og‘ir va eng muhim ishiga umuman haq to‘lanmaydi! Shu tariqa, ta’kidlash joiz, rahbariyat hozircha murabbiyning mehnatini rag‘batlantirishning samarali mexanizmini topa olmayapti va hayotga tatbiq eta olmayapti.
O‘yinchilarni tayyorlash uslubiyatidagi asosiy muammo, yosh voleybolchilarning mahorat “bazasi” ustidagi rejali ishlarda murabbiylar, rasmiy natijaga mo‘ljal olgan holda, bolalar musobaqalaridagi yutuqni afzal ko‘rishlaridir. Yosh o‘yinchilarning sport mahoratida o‘yin qismiga asossiz ravishda ko‘p e’tibor va vaqt ajratilmoqda.
Bolalar voleybolida o‘yinda to‘p bilan ishlashda kimki kamroq xatoga yo‘l qo‘ysa, g‘alaba shunga nasib etadi. Xatolarning kamayishiga ko‘plab takrorlashlar, o‘zlashtirilgan texnik elementlarni takomillashtirish uchun bir xildagi mashqlarni qaytarishlar hisobidan erishiladi. Ular cheksiz takrorlanuvchi o‘yin mashqlariga va ikki tomonlama o‘yinlar tarkibiga kiritilgan, ularning umumiy miqdori BO‘SMning o‘rta yoshdagi o‘quvchilari uchun ham haddan tashqari ortib bormoqda.
O‘yinchilarning qobiliyatlaridan foydalanish BO‘SMda amalga oshirilib, musobaqali kurash olib borishning uncha ko‘p bo‘lmagan texnikaviy va taktik usullari zahirasidan, tayanch texnikaviy va taktik tayyorgarlik zarariga foydalanilmoqda. Bu avvalo, o‘yin usullarini bajarishning ishonchliligi, aniqrog‘i, o‘yinlarda kamroq xatoga yo‘l qo‘yilishi hisobidan, ko‘plab bolalarga musobaqalarda yutishga imkon beradi. Yangi o‘yinchilarning o‘yin faoliyatidagi torlik va asos hisoblanuvchi elementlarning yetishmasligi yosh voleybolchilarning mahoratli jamoalarga o‘tganida tobora yaqqolroq ko‘rina boshlaydi. Ular ko‘p narsalarni yuqori darajada bajara olmasligi aniqlanadi. Sport maktabini tugallash vaqtida bunday o‘yinchilarda o‘sish imkoniyatlari deyarli bo‘lmaydi, chunki mashqlar jarayonida sport mahoratining asoslari to‘liq o‘z aksini topmaydi.
Bunday yondashuvning yetishmovchiligi, ayniqsa, yuqori toifali jamoalar uchun katta ahamiyatli hisoblangan baland bo‘yli o‘yinchilar uchun halokatlidir. Baland bo‘yli o‘yinchi noyob hisoblanib, bolalar
murabbiysi uni avaylab asrashi va parvarishlashi lozim. Bunday hollarda tayyorgarlikni juda tezlashtirish va uni rasman kattalar musobaqasiga erta jalb etish mumkin emas. Yuqori bo‘yli o‘yinchilarda tayanch- harakat apparatining tezlashtirilgan o‘sishi jismoniy rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo‘ladi, boshqa voleybolchilar uchun odatiy bo‘lgan yuklamalar ular uchun og‘irlik qiladi. Shu tariqa har qanday istiqbolli o‘yinchi organizmining rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olmay uni qiynab qo‘yish mumkin.
Kichik va o‘rta yoshdagi BO‘SM jamoalari uchun (ko‘pincha kattalarda ham, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda) bunday baland bo‘yli o‘yinchilarning o‘yin maydonida foydalari kamroq tegadi. Katta yoshga o‘tganda, agarda baland bo‘yli o‘yinchilar bilan ehtiyot bo‘lib faoliyat olib borilsa, ular ulgurmaganlarini o‘zlashtirib oladilar va jamoaning tayanchiga aylanadilar, sport mahoratini yanada o‘stirishning barcha istiqbollarini saqlab qoladilar.
Muhim uslubiy muammo shundan iboratki, o‘yinchilar sport mahoratining asosi sifatida texnik tayyorgarlikka zo‘r beruvchi murabbiylar katta qiyinchiliklar bilan to‘qnashadilar. Ular uchun eng katta muammo tarbiyalanuvchilarni nimalarga va qanday texnikaga o‘rgatishning noaniqligi bo‘lib qoladi. Sport fani hozircha voleybol o‘yinini ijro etish texnikasining samarali modellarini asoslab bera olmagan. Shu sababli har bir murabbiy oqilona harakat borasida o‘z tasavvuridan foydalanadi, bu esa voleybol mashg‘ulotlaridagi shaxsiy tajriba va eng zo‘r ijrochilar harakatlarining tashqi ko‘rinishlarini kuzatishlar asosida vujudga keladi.
Bir tomondan biomexanika yo‘nalishidagi amaliy fanning ayrim yutuqlari, bilishning metodologik muammolari bilan tushuntiriladi. Boshqa tomondan esa olimlarning mashhurlikka erishishlariga ustuvorlik berilishidadir, bu yerda mustaqil fikrlash va hal etish ko‘proq foydali bo‘lar edi.
Samarali o‘qitish va o‘yinning texnik usullarini takomillashtirish uslublari ham yetarlicha ishlab chiqilgan emas. Buni hech bo‘lmaganda, shunday bir faktda ham ko‘rish mumkinki, tarbiyalanuvchilar o‘yinning texnik elementlarini aynan bir murabbiyda turlicha bajaradilar. Bu farq shundayki, uni o‘yinchilarning individual usul farqlari bilan izohlab bo‘lmaydi; aniqrog‘i, bu o‘yin usullarini bajarish ularning individual xatosidir.
Vaqti-vaqti bilan uslubiy adabiyotlarda eng zo‘r o‘yinchilar tomonidan texnik usullar bajarilishining kinogrammalari paydo bo‘lib,
namuna sifatida tavsiya qilinadi. Bunday yondashuvda harakatlarning faqat tashqi ko‘rinishigina o‘rganilishi mumkin; samaradorlik shartlari ma’lum va tushunarli emas. Shuning uchun, murabbiylar harakatlardagi tashqi o‘xshashlik yosh o‘yinchilarda tajribalilar darajasida bo‘lishiga urinadilar.
Usullarda tanqidlarsiz va asossiz holda eng samarali o‘yin ko‘rsata olganlar yaxshi ijrochilar deb tan olinadi. Maydonda jamoaga ochko to‘plash nuqtai nazaridan samaraliroq harakat qilgan voleybolchi etalon sifatida qaraladi va namuna sifatida foydalaniladi. Bunda ijrochining unvonlari ham hisobga olinadi. Agar o‘yinchilarda harakat natijalari ko‘plab omillar: texnika, taktika, jismoniy tayyorgarlik, o‘yinchi asab tizimi xususiyatlari, uning xarakterining kuchi, uning tasavvur qobiliyati kabilar bilan aniqlanishi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, fikr xato ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Tamoyil jihatdan esa, ancha o‘rtacha harakat texnikasi bilan ham mahoratlilikning boshqa tomonlari hisobidan ochkolar to‘plash mumkin.
O‘yin usullarini bajarish samaradorligini belgilovchi mexanizmlarni tushunmaslik, o‘qitishda murabbiylar harakatning tashqi belgilaridan foydalanishga majbur bo‘lishadi, ular yoki “birinchi qarashdan” ishonchli ko‘rinadi, yoki mashhurligi tufayli an’anaga amal qilgan bo‘ladi, biroq chuqur tahlil natijasi hisoblanmaydi. Masalan, hujum zarbasini bajarishda “to‘g‘ri qo‘l” va “qo‘l barmoqlarining quvvatliligi” hamda to‘pni yuqoridan “bir tomonlama qattiq” va “to‘p ostiga kirib yumshoq” uzatish usullari kabilar shular jumlasiga kiradi.
Voleybolchilar o‘yin usullari texnikasi to‘g‘risidagi fikrlarning turlichaliligi va noaniqligida murabbiy o‘qitish va o‘yinning texnik usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z samarali uslublarini yarata olmaydi. Ushbu sharoitlarda voleybol texnikasini yaxshi o‘rganish imkoniyatlari faqat harakatchan, qobiliyatli (“tabiatdan” berilgan) o‘yinchilardagina mavjud bo‘ladi. Ular harakatlar samaradorligini belgilovchi mexanizmlarni mashq jarayonida intuitiv (ichki sezgi) holda “tutib oladilar” yoki bunda tug‘ma jihatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘yinning texnik usullariga o‘rgatishning bunday uslubi voleybolchilar harakati tuzilishining samarali mexanizmlari shakllanishini ta’minlaydi. Shuning uchun, amaliyotda ko‘proq mashqlar va o‘yinlarni juda ko‘p martalab takrorlash hisobidan yosh o‘yinchilarni tor doiradagi texnik usullarga o‘rgatish va o‘yin sharoitlarida ularni ishonchli qayta ijro etishni ta’minlash yo‘lidan foydalaniladi. Bunday
amaldagi tashkiliy va uslubiy yondashuvda texnik tayyorgarlikning asosini tashkil etuvchi “bazalar” (tayanchlar) – o‘yin harakatlarining samarali mexanizmlari va yosh o‘yinchilar texnik-taktik usullarining keng to‘plami shakllanishi amalga oshmaydi.
Ushbu vazifani hal etilishi unchalik ham oson emas. Agar tashkiliy jihatdan murabbiylar tomonidan tengdoshlar g‘alabasini ta’minlash emas (oddiy vazifa, rahbariyatning xohishi bo‘lsa bas), balki yuqori toifadagi o‘yinchilarni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, unda yosh o‘yinchilar mahoratini tashkil etuvchi bazani baholash katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘yinchilarning jismoniy rivojlanish darajasi obyektiv baholanishi ham mumkin (bo‘yi, sakrash balandligi, kichik masofalarni o‘tish vaqti va b.). Turlicha talqinlar sharoitida texnik-taktik mahoratni tashkil etuvchi asoslarni baholash uchun mezonlarni tanlash ancha muammolidir.
Voleybol taktikasi usullari orasidan berilgan to‘pni sifatsiz, yoki hujum zarbasidan so‘ng qabul qilinganda, tezkor hujumni tashkil etishdagi qiyinchiliklarni ajratib ko‘rsatish mumkin. To‘pning to‘rga yetib bormagan holatida, qabul qiluvchi o‘yinchilar tomonidan dastlabki tartibda hujum qilish ko‘pchilik hollarda bekor qilinadi. Ushbu muammoning hal etilishidagi qiyinchiliklar hujum harakatlarini tezlashtirish yo‘nalishda o‘yin taktikasini rivojlantirish tendensiyasini (yo‘lini) sekinlashtiradi, bu hujumning samaradorligi va shiddatliligini, shuningdek, voleybol o‘yinining qiziqarliligini pasaytiradi. Ushu muammoning hal etilishi yuzaki bo‘lib qoladi.
Mamlakatimiz va dunyoning eng yaxshi jamoalari foydalanyotgan taktik tajribalarining ancha tor darajadaligini ham muammo sifatida tan olishimiz lozim. Ularda o‘yinchilar tarkibini jamlash usuli, hujumda qo‘llaniluvchi kombinatsiyalar usuli va himoya qurilmalari ikki tomchi suvdek, bir-biriga o‘xshaydi. O‘yinchilarning taktik tayyorgarligi muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- yosh o‘yinchilar o‘zaro harakatlarida taktik usullar jamg‘armasining tor darajasi, o‘yin jarayonida himoyani tashkil etishning jamoaviy tizimini erkin o‘zlashtirishni bilmaslik;
- o‘yinchilarning maydonchada voqealar rivojini o‘z vaqtida oldindan ko‘ra olishni bilmasligi (ayrim istisnolardan tashqari), bu qarshi harakat qilish samaradorligini oshirishi mumkin bo‘lardi. Bu maydonchaning ancha ichkarisida va to‘r oldida to‘siq (qarshi turish) qo‘yish masalalariga tegishli. Biroq hujumni tashkil etishda ishlar ahvoli birmuncha yaxshi bo‘lishi mumkin;
- psixologik va pedagogik fanlarda vaziyat, umuman olganda, mutlaqo qarama-qarshidir: ko‘p narsa allaqachon ma’lum, biroq voleybol amaliyotchilari tomonidan foydalanilmaydi.
Voleybolchilar tayyorlashning eng muhim muammolaridan biri – har bir navbatdagi jamoaga yangi o‘yinchilarni jamlash va saralashda, ular shaxsining psixologik xarakteristikasini deyarli hisobga olmaslik yoki umuman inkor etishdir. O‘yinchilar uchun mavqe tanlanishida ham xuddi shunday holatni ko‘ramiz. Mavjud amaliyot sharoitlarida yangi o‘yinchilar bo‘yi va jismoniy ma’lumotlariga qarab qabul qilinadi. Ancha yuqori darajadagi jamoa uchun yaxshi o‘yinchilarni tanlash yosh o‘yinchilarning jismoniy ma’lumotlarini hisobga olgan holda ularning o‘yin samaradorligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Terma jamoalarni shakllantirishda bunday yondashuv o‘zini oqlagan, biroq klub jamoalari uchun uning istiqboli kam.
Boshqa bir muammo – mashq o‘tkazish ishlarida o‘yinchilar shaxs va jamoaning ijtimoiy-psixologik tuzilishi xususiyatlarining inkor etilishidir. Ushbu muammolarning qoniqarli hal etilishi o‘quv-mashq jarayoni samaradorligini ancha oshirishi, teng kuchdagi raqiblar bilan o‘yinchilar o‘rtasida g‘alabani ta’minlashi mumkin. Zamonaviy sportda raqobat – bu belgilovchi darajada sportchilar xarakteri raqobati, shaxslarning qarshi kurashidir. Ruhan kuchli bo‘lgan va murakkab o‘yin vaziyatlarida yuqori darajada irodalilik namoyon etishga qodir bo‘lgan sportchilar g‘alaba qozonadilar.
Pedagogik muammolarga, birinchi navbatda, turli darajadagi voleybolchilar bilan amaliy ishlashda murabbiylar tomonidan yakka hokimlik usullarining keng qo‘llanilishini misol qilib keltirish mumkun. Mashqlardagi intizom va ishchanlik, asosan qat’iylik usullari bilan belgilanadi. Asosiy e’tibor o‘zini yuqori baholash, hurmatlash, mustaqil va anglangan mas’uliyatli ijodiy shaxsni shakllantirishga emas, balki tarbiyalanuvchilarning so‘zsiz bo‘ysinishga qaratiladi. Murabbiyning o‘yinchilardan talab etgan: yuqoriga sakrash, to‘pni kuchli urish, tirishqoqlik bilan mashq qilish, raqiblarni yengish qobiliyatlaridan foydaliniladi.
Tarbiyalash jarayonida zo‘ravonlikka og‘ib ketish o‘yinchilarda bir qator xatoliklarni paydo bo‘lishiga, yetilmagan shaxs shakllanishiga olib keladi. Sport maktabini tugatgach, ko‘pchilik yosh o‘yinchilar yuqori darajadagi voleybol bilan shug‘ullanishni xohlashmaydi. Sportda qolgan o‘yinchilar bilan esa, demokratik tarzda faoliyat olib borishning iloji bo‘lmaydi. Yakka hokimlik rahbarligida o‘yinchilardagi ijodkorlik
darajasi so‘ndiriladi. Majburlash o‘yinchilarda o‘z-o‘zini takomillashtirishning yo‘llarini erkin izlashlariga imkon bermaydi. Tarixdan bilamizki, qullarning (majburiy) mehnati eng samarasiz bo‘lgan. Voleybolchilar tayyorlashning barcha bosqich murabbiy va o‘yinchilar hamkorligi vatanimiz voleybolining bosh pedagogik vazifasidir va ushbu vazifa o‘z yechimiga ega – axir ko‘pchilik mamlakatlarda bunga allaqachonlar erishilgan.
Eng dolzarb muammo – vorislik muammosidir. Hozirda ko‘pgina o‘yinchilar sport maktablaridan darhol yuqori toifa jamoalariga o‘tishmayapti. Vorislik muammosi bir necha yo‘nalishlarga ega. U soddaroq darajada tashkiliy tartibda: sport-internatlar, dublyor jamoalar tuzish yoki dublyorlar sifatida qo‘yilgan jamoalaridan foydalanish orqali hal etiladi. Bunday jamoalarda yosh o‘yinchilar, tegishli mashq ishlari bajarilganda moslashadi, sport mahorati barcha elementlari barqarorlashtirishi, o‘yinda zaruriy o‘yin tajribalarini olishlari, yangi jamoaning talablariga asta-sekin moslashib borishlari mumkin bo‘ladi.
O‘yinchilarni tayyorlash yondashuvlaridagi vorislik muammosining hal etilishi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda.
Yangi jamoadagi yanada qattiqroq talablar ko‘pchilik o‘yinchilarga, qiyinchiligi uchun emas, balki noodatiyligi sababli, ma’qul kelmasligi mumkin. Har bir murabbiyning o‘ziga xos ish uslubi bo‘ladi, bu jumladan, ancha katta yoshli jamoa oldiga birmuncha boshqacha vazifalar qo‘yilishi bilan ham belgilanadi.
BO‘SMdan keyin yangi jamoada yosh o‘yinchilar to‘qnash keladigan ilk kutilmagan holat – harakatlar texnikasi ustidan maqsadli ish olib borilishining amalda mutlaqo yo‘qligidir. Ular texnik usullarni bajarish ko‘nikmasi yetarlicha barqaror emasligidan jamoadan ajralib qoladilar. Har bir o‘yinchi vujudga kelayotgan muammolarni mustaqil hal etishga kirisha olmaydi. Harakatlar tuzilmasida muqarrar ravishda vujudga keluvchi buzilishlarni (shu jumladan, psixologik sabablarga ko‘ra ham) avvallari bolalar murabbiylari tomonidan bartaraf etib borilgan bo‘lsa, endi esa bu muammo o‘sishning sekinlashuviga, yosh o‘yinchilar mahoratining to‘xtab qolishi yoki cheklanib qolishiga sabab bo‘ladi.
Bu, ayniqsa, baland bo‘yli o‘yinchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, odatda ularda qobilyatning sekin rivojlanish va tayanch-harakat apparati butun tizimining ancha kech yetilishi kuzatiladi. Yosh o‘yinchilarda hali harakat ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Texnik usullarni bajarishning harakat ko‘nikmalari yangi talablar sharoitida “qurilishi” va yo‘lga qo‘yilishi lozim. Umidli o‘yinchilarni qattiqqo‘llik o‘quv-
mashqlari va mahoratli jamoalarning musobaqa tayyorgarligida qoldirmaslik kerak. Yosh voleybolchilardan faqat ayrimlarigina ushbu bosqichdan jiddiy yo‘qotishlarsiz o‘ta olishlari mumkin.
Agar bolalar va kattalar jamoalari murabbiylari texnik yo‘llarning usullari to‘g‘risida turlicha tasavvurga ega bo‘lsalar, muammo yanada chuqurlashadi. Bunday murabbiylarning yordami, uslubiy ko‘rsatmalari va usullari turlicha bo‘ldi, bu esa o‘yinchilarning texnikasida aks etadi. Ayrim murabbiylar qayta o‘rgatishga harakat qiladi. Qayta o‘rganish jarayonida texnik usullarni bajarish ko‘nikmalarining tubdan qayta ko‘rilishi o‘yinchilarni yana bir-ikki yilga orqaga ketishlariga olib keladi. Bizning voleybolimiz uchun klublarda va mamlakat terma jamoalarida bog‘lovchi o‘yinchilar muammosi doimiy hisoblanadi. Mamlakatimizning bog‘lovchi rejadagi o‘yinchilari uzoq vaqtlardan buyon, dunyodagi yetakchi jamoalarning eng yaxshi bog‘lovchilariga o‘yin mahorati darajasi bo‘yicha yutqazib kelmoqdalar. Bu o‘yinni rivojlantirishni jiddiy to‘sib qo‘yadi va taktik jamg‘arma va jamoalarimiz
imkoniyatlarini kamaytiradi.
Tarbiyalanuvchilarning ijodkorligini to‘sib qo‘yuvchi yakkahokimlik pedagogikasidan foydalanilish, yuqoridan uzatish texnikasining past darajasi, tashkillashtiruvchilar rolidagi o‘yinchilarni aniqlashda shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari inkor etilishi va oqibatda, BO‘SMda tez o‘yinning ancha kech qo‘llanilishi kabilar ko‘p jihatdan voleybolimizdagi bog‘lovchi o‘yinchi muammosini yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |