O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘yinchini istisno tariqasida almashtirish



Download 3,65 Mb.
bet124/205
Sana26.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#706774
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   205
Bog'liq
013333cef20dfce1a16b43c05e9b1b17 VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI

O‘yinchini istisno tariqasida almashtirish.


Jarohatlanish sababli o‘yinni davom ettira olmaydigan o‘yinchi zahiradagi o‘yinchi bilan yuqorida qayd etilgan qoida asosida almashtirilishi lozim. Agar buning iloji bo‘lmasa, ya’ni jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalanib bo‘lgan bo‘lsa, unda shu jamoaga qoidadan tashqari istisno tariqasida jarohatlangan o‘yinchini almashtirish imkoniyati beriladi. Ushbu o‘yinda jarohatlanib maydonni tark etgan o‘yinchiga maydonga qaytish huquqi berilmaydi.

O‘yinchi jazo bilan maydondan chiqarilganda almashtirish tartibi.


Maydondan jazo bilan chiqarilgan yoki diskvalifikatsiya (chetlashtirilgan) qilingan o‘yinchini almashtirish qoidadagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Noto‘g‘ri almashtirish.
Agar jamoa almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalangan bo‘lsa, o‘yinchi boshqa bir o‘yinchi o‘riniga tushsa, u holda o‘yinchi almashtirish noto‘g‘ri bo‘ladi. Lekin qoidaning 8.2.-bandi bundan istisno.
Jamoa noto‘g‘ri almashtirishga yo‘l qo‘yganda va vaziyat hal etilib, o‘yin qayta tiklanganda quyidagi qarorlar qabul qilinishi kerak:

  • jamoa o‘yin vaziyatini yutqazgan hisoblanadi;

  • noto‘g‘ri almashtirish to‘g‘rilanadi;

  • “aybdor” jamoaning so‘nggi ochkolari bekor qilinadi. Raqib ochkolari saqlab qolinadi.



3-Qism o‘yin harakatlarl


O‘yin holati.
To‘p o‘yinda.
Birinchi hakamning ruxsati bilan o‘yinga to‘p kiritilganda, to‘p o‘yinda deb hisoblanadi.
To‘p o‘yindan tashqarida.
Hakamning hushtak chalishi bilan o‘yin to‘xtalgandan boshlab, to‘p o‘yindan tashqarida deb hisoblanadi.
To‘p “maydonda”.
Tо’р maydon yuzasiga yoki chizig‘iga tekkanda, to‘p “maydonda” deb hisoblanadi.
To‘p “maydondan” tashqarida.
To‘p quyidagi vaziyatlarda maydondan tashqarida deb baholanadi:

  • to‘p maydonning chegaralovchi chiziqlaridan tashqarisiga tushsa;

  • to‘p maydon tashqarisidagi biror jismga, shipga yoki o‘yinda ishtirok etmayotgan kishiga tegsa;

  • to‘p chegaralovchi antennaga, lentaga va uni tashqarisiga (to‘rga hamda ustunga) tegsa;

  • to‘p to‘rni vertikal yuzasidan tashqari (to‘rni pastki bo‘shlig‘i va chegaralovchi antennaning tashqi tomoni) joyga o‘tganda;

  • to‘p to‘liq to‘rni pastki qismidan o‘tsa.

To‘p bilan o‘ynash.
Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan maydon chegarasida o‘ynashi kerak (qoidaning 11.12-bandi bundan istisno). Shu bilan bir qatorda, to‘p maydondan tashqari joylardan maydon chegarasiga qaytarilib, o‘ynalishi mumkin. Har bir jamoa to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng to‘p bilan faqat
3 martagacha o‘ynashi mumkin (to‘siq qo‘yishdagi o‘ynash hisobga olinmaydi). 3-to‘p o‘ynalishida to‘p faqat raqib jamoasi maydonchasi tomon yo‘naltirilishi lozim. Agar to‘p 3 martadan ko‘p o‘ynalgan bo‘lsa, “jamoa 4 marta to‘p bilan o‘ynadi” deb xato holati qayd etiladi.
To‘p bilan o‘ynashda nafaqat ongli, maqsadli to‘p o‘ynash, balki o‘yinchi tanasiga tasodifan tegib ketgan to‘p ham e’tiborga olinadi. Har bir o‘yinchi to‘pga ketma-ket tegishi (o‘ynashi) mumkin emas. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch o‘yinchi to‘pga tegishi (o‘ynashi) mumkin. Agar ikki yoki uch o‘yinchi bir vatqtning o‘zida to‘p bilan o‘ynasa – bu ikki yoki uch marta to‘p bilan o‘ynaldi deb hisoblanadi (guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish bundan mustasno).
Agar bir necha o‘yinchi to‘pga intilsa, lekin bir o‘yinchi to‘p bilan o‘ynasa, bu holda to‘p bilan bir marta o‘ynalgan hisoblanadi, o‘yinchilarning bir-biri bilan to‘qnashib ketishi xato hisoblanmaydi. Agar to‘r ustida ikki o‘yinchi bir vaqtning o‘zida barobariga to‘pga tegsa va to‘p o‘yinda qolsa, unda to‘pni qabul qilayotgan jamoaga yana uch marta to‘p bilan o‘ynash huquqi beriladi. Agar shunday to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketsa, bunda qarshi tomondagi jamoa xatoga yo‘l qo‘ydi deb hisoblashadi.
Agar bir vaqtning o‘zida ikki raqib o‘yinchi to‘pni ushlab olishga yo‘l qo‘ysa, bu ikki tomonning xatosini anglatadi va o‘yin qaytariladi. Agar o‘yinchi maydon chegarasida to‘pni qabul qilish, uzatish yoki zarba berish uchun sherigiga yoki biror jismga (ustun) tayanib o‘ynasa bu xato hisoblanadi. Lekin o‘yinchi to‘pni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng o‘z inersiyasi bilan muvozanatni yo‘qotib, to‘rga tegib ketish, o‘rta chiziqdan o‘tib ketish holatiga tushib qolsa, bunda sherigi yordam berishi (ushlab qolishi) mumkin.
To‘pni o‘ynash xususiyati (to‘pga tegish).
To‘pni tananing xohlagan qismi bilan o‘ynash mumkin.
To‘pni zarb bilan urish yoki uzatib o‘tkazish mumkin. To‘p xohlagan tomonga yo‘naltirilishi mumkin. To‘p tananing bir necha qismiga bir vaqtning o‘zida ketma-ket tegsa, xato hisoblanmaydi.
Istisno holatlar:
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yilayotganda to‘p ketma-ket bir yoki bir necha to‘siq qo‘yuvchi o‘yinchiga tegishi mumkin. Jamoaning birinchi
to‘p o‘ynashida, o‘yinchi to‘p bilan o‘ynash harakatini ijro etayotganda to‘p shu o‘yinchi tanasiga ketma-ket tegishi mumkin.
To‘p bilan o‘ynashda yuz beradigan holatlar.
To‘pni to‘rt martta o‘ynash: to‘pni raqib jamoa tomoniga o‘tkazish uchun jamoa o‘yinchilari to‘p bilan 4 marta o‘ynasa xato hisoblanadi. O‘yinchi to‘p bilan o‘ynashda sherigi yordamidan foydalanishi yoki maydon chegarasidagi bir jismga tayanishi xato hisoblanadi. To‘pni ushlab olish: o‘yinchi to‘pni qisqa muddatda urib, o‘ynamasdan ushlab olsa, yoki ilib uzatsa xato hisoblanadi.
O‘yinchi to‘pni ikki marta o‘ynashi: o‘yinchi to‘pni ketma-ket ikki marta o‘ynashi yoki to‘p uning tanasining turli qismlariga ketma-ket bir necha bor tegishi xato hisoblanadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish