O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Qadimgi Hindiston madaniyati



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

4. Qadimgi Hindiston madaniyati
Qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va
so’nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy e'tiqodlari to’g`risida boy ma'lumot beradi.
Qadimgi Hindistonda xudolar pog`onasi mavjud emas. Xudolar samoda yashaydi. Oriylar
xudolar tasviriga sig`inganlar. Qurbonlik keltirish, olovga moy quyish, arpa donini tanlash
bilan ifodalangan, guyeki qurbonlik tutun bilan samoga ko`tarilib, xudolar qurbonlikdan to`yib
yerdagi bandalariga ovqat yuboradilar.
Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo’lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo’lgan. So’nggi
veda davrida koxinlar aloxida toifa, braxmanlar varnasini tashkil qilganlar va boshqa varnalardan
mavqelari yuqoriligiga da'vo qilganlar. Uch varnadan birortasining to’la huquqli azosi bo’lish
uchun faqat bu varnada tug`ilish emas balki braxman o’qituvchining uyida o’qish va maxsus
bag`ishlov marosimlaridan o’tishi lozim edi. Bag`ishlov marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar
bu «ikkinchi tug`ilish» hisoblangan. Shudralarga marosimga ishtirok etishga ruxsat berilmagan.
«Ikkinchi tug`ilish» marosimi Veda matnlarini o’qish va diniy sirlarni bilish huquqini bergan.
Veda matnlarini o’qituvchidan o’quvchiga faqat og`zaki uzatganlar. Natijada vaqt o’tishi bilan
matnlar mazmun o’zgarib ketgan.
Er. avv. I ming yillik o’rtalarida yangi diniy e’tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi
budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o’zi, draxma-uning ta'limoti va sangxa-unga
e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urug`idan
bo’lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo’lgan. Uzoq azob chekishlardan so’ng, daraxt soyasida
Sidxartxaga yorug`lik ma'rifati tushadi. Shundan so’ng, Sidxartxa ma'rifatli (Budda) bo’ladi.
Budda ta'limotining o’ziga xos xususiyati u hayotni azoblanish deb tushuntiradi. Azoblanish
o’lim va kasalliklar bilangina bog`liq emas, balki eng yaxshi bo’lib qayta tug`ilishlar zanjiri bilan
bog`langan. Azob ko’rishning sababi yangi hayotda boylik, huzur-halovat, yaxshi hayot kechirish
yoki yaxshi taqdir uchun kuyib-pishishdir. Qiynalishlardan qutilishning yo’li o’z ruxi, yurish-
turishi, ustidan to’la nazorat o`rnatish va buning oxirgi maqsadi nirvana («uchish, sun'iy»)bo`lib,
shundan so`ng, kishi zanjirni yorib o`tadi va u boshqa tug`ilmaydi. Buddaviylikni ilk o’qituvchini
tasvirlash ananasi yo’q edi, faqat budda ramziga tayanadigan asosiy e'tiqod inshooti stupa–
soyabon ostidagi sun'iy tepalik edi. Dindorlar stupa va undagi Budda sochi yoki tishiga chapdan
o`ngga (quyosh bo’yicha) o’zini gunohlardan holi qilish uchun bu dune hayotidan u oilasidan,
mulkidan tashqi an'anaviy aloqalardan ruhiy bog`lanishlardan kechishi kerak. Budda muridlari
qizg`ish kiyimda, sochlari taqir olinib, qishloq va shaharlarni kezib, sadaqa so`rab yurganlar.
Ularni bxikshu (gadoy) deb ataganlar.
Budda dini uchun turmush marosimi hech qanday ahamiyatga ega emas edi. Dindorlar
avvalgiday to`y, o’lim marosimlariga braxmanlarni chaqirar edilar. Budda matnlari mahalliy


74
so’zlashuv tillarida tuzilgan bo’lib, aholiga tushunarli edi. Braxmanlar esa, sanskrit adabiyotini
aholining juda ko’p qismidan yashirar edilar. Budda dini ayniqsa, shahar aholisi o’rtasida keng
tarqaldi, chunki shahar paydo bo’lishining o’zi an'anaviy urug`chilik ijtimoiy aloqalarini
yemirilishi, xususiy mulkning paydo bo’lishi, shaxsning jamoadan ajralishi bilan bog`liq edi.
Buddaviylik e'tiqodi yirik davlatlar hukmdorlarining homiyligi ostida bo’ldi. Chunki budda
matnlarida jahon hukmronligi g`oyasini ilgari surilib, qaysiki, bu hukmdor orqali adolat
podsholigiga asos solinadi degan tushuncha mavjud edi. Adolatni tarqalishi bir vaqtni o’zida
hukmdorning hokimiyatini kuchayishi bu diniy g`oyaga to’gri kelishini bildiradi. Dastlab budda
dini xudosizlar dini edi. Keyinchalik Buddaga nisbatan munosabat o’zgardi. Uning tasviri paydo
bo’ldi. Ibodatxonalar kurilib, budda ilohiy mavjudot ekanligi aytila boshlandi. Dunyoning oxirati
va uning kelajagida qutqaruvchi Buddaning kelishi tushunchasi shakllana boshlaydi. Budda
maktablari ikki asosiy yo`nalish: «kichik arava» («yoki qutilishning tor yo’li») va «buyuk arava»
(«yoki qutilishning keng yuli») dan iborat edi. Ularning birinchisi eng qadimiylikka da'vo qilib,
Ashoki davridayoq Lanka orolida va keyin janubiy–sharqiy Osiyoga tarqaldi. «Buyuk arava»
ta'limoti yanada kattaroq yutuqlarga erishdi. Kushon podsholari homiyligi ostida bu yo`nalish O’rta
Osiyo orqali Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqaldi.
Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e'tiqodlari daraxtlar, tog`,
suv havzalari, ilon, sigir va maymun kabilarga sig`inish tashkil etadi.
Hozirgi kunda ham hinduizmda, qadimgi davrdan boshlab ma'buda onaga sig`inish katta
rol o`ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi – xudo goyasi mavjud. Bu xudo Vishna bo’lib, u
hayvonlar sirtlon, baliq, toshbaqalar, yoki insonlar odatda qora tanli podsho, yoki cho`pon
(krishnalar) qiyofalarida namoyon bo’ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin.
Vishna odatda podsho tojida, ba'zida dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi.
Boshqa hinduistlar bosh xudo deb sopol parchalarini osgan asket (davrish) yoki raqqos
qiyofasida ifodalanadigan Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko’pincha unga bag`ishlangan
muqaddas ho`kiz hamkorlik qiladi. Qadimgi davr oxiri va hozirgi kunlarda hinduistlar Vishna va
Shivaga e'tiqod qiluvchilarga bo’linadi.
Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblanadi. Hinduizmda ibodatxonada toat-
ibodat qilish rasm bo’ldi. Bayram tantanalarining eng muxim qismi tantanali yurishlar,
namoyishlar bo’lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona oldida uning xizmatchilari
koxinlar, raqqoslar, musiqachilar yashagan.
Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavadgita» («Xudo qo’shiqlari») poemasi
bo’lib, «Maxabxarot» tarkibiga kiritilgan. Hinduizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga
chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o’z ijtimoiy doirasi bilan cheklanish kerak.
Kasta bo’yicha kasbni o’zgartirish ta'qiqlanadi. Nikohni bolalikda o’kitish odati tarqalgan. Bevani
o’z erini gulxanda kuydirgan paytda o’ziga olov berishi eng savob ish hisoblangan.
Qadimgi Hind adabiyotida markaziy o’rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi.
Ularning eng qadimgilari vedalar, o’qituvchidan o’quvchiga og`zaki uzatilgan. Veda
madhiyalarining katta qismi qurbonlik rasm-rusumlariga bag`ishlangan. Er. avv. I ming yillikning
II yarmida budda adabiyoti shakllangan. Ilmiy va didaktik ruhdagi adabiyotlardan er. avv. V-IV
asrlarda Panini tuzgan sanskrit grammatikasidir. Bu mutaxassislarning fikricha jahon fanida XIX
asrgacha tilning eng yaxshi bayon qilingan asaridir. Hindistonda yozuv kechroq paydo bo’lgan,
uning ilk namunalaridan biri Ashoki yozuvlaridir.
Qadimgi hindlar mantiq, til falsafasida katta yutuqlarga erishdilar. Matematika,
astronomiya fanlari bo’yicha V asrda mashhur olim Ar'iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida
yerning o’z o`qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi. Matematikada
nolni kiritilishi, arab raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.
Eramizning I asrlarida turli adabiy janrlar mavjud bo’lgan. Bu davrda mashhur dramaturg
Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» deb atalgan kitobda masallar to’planadi, uning arabcha
tarjimasi «Kalila va Dimna» deb ataladi.
Maurilar davridan so’ng, g`isht va toshdan qurilishda keng foydalaniladi. Hozirgacha
saqlangan obidalar g`arbiy Hindistondagi budda monastirlari diqqatga sazovor.


75
Yer ustidagi monastirlardan biri Sanchida bunyod qilingan. Sanchida tepalik ustida ulkan
budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoki yozuvlari bitilgan tosh
ustunlardir.
Maurilardan so’ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga keladi. Ulardan eng
mashhurlari shimoliy g`arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy Hindistonning markaziy qismidagi
Madxura va Dekan viloyatidagi maktablardir. Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin
va Rim madaniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va
sharqiy Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi.
Madxura va Dekan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko’proq bog`langan.
Ana shu maktablar asosida o’rta asrlar hind va janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyati
shakllandi.
Maurilar davridan keyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob yodgorligi
g`ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi. Monastirlarning ba'zi zallari
devorlarida budda afsonalaridan manzaralar tasvirlangan. Ajantadagidek noyob tasvirlarga
o`xshash tasvirlar Shri-Lankadan ham topilgan.
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari
an'anaviy janrlarga tegishli bo’lib, asrlar davomida og`zaki shaklda yashab keldi. Aynan
muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish, lingvistika, falsafa va mantiq kabi
fanlarning rivojiga sabab bo’ldi. Janubiy Osiyoda Maurilardan so’ng, turli davlatlarni gullab-
yashnashi dunyoviy adabiyot-drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning
noyob yodgorliklarni yaratilishiga sabab bo’ldi. I ming yillikning o’rtalarida (shimoliy Hindiston
Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining yakuni bo’ldi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish