O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Isroil-Yahudiya davlatlari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

5. Isroil-Yahudiya davlatlari
Er. avv. XII asrda Falastin hududida kelgindi ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy
xananlar birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantiradilar.
Er. avv. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan
filistimlar hukmronligi o’rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko’rsata olmaydi.
Falastinda isroil qabilalari Misrdan kelib o’rnashadilar. Er. avv. XIII asrda o’n ikki yahudiy
qabilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo`ysundirganlar. Yahudiy
so’zi etimologik jihatdan «daryo ortidagi aholi» degan ma'noni bildiradi. Saylab qo’yiladigan
yo’lboshchi-Shofetlar (“Qozi”), oliy kohinlar vazifasini bajarib, qabila ko’ngilli qo’shinlariga
boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari bilan shug’ullanganlar. Er. avv. XI asrning
oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab
quyiladigan yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati shakllanadi. Filimstyanlar bilan
bo’lgan janlar davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi merosiy podsho bo’ladi. Saul
Filistimlar bilan bir necha g’olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi urushda mag’lub
bo’lgani uchun o’zini o’ldiradi. Er. avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi bo’lgan
Dovud Isroil podshosi bo’ladi. Dovud markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat
qiladi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan
Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat
organlari tuziladi. Podsho kritlik va filistimlardan o’ziga sodiq yollanma qo’shin tuzadi. Dovud
faol tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar
filistimlar va janubiy Suriya oromiylarini bo’ysundirib davlat chegarasini Akab qo`ltig`iga olib
boradi.
Dovudning taxtini uning kichik o’g’li Sulaymon (Er. avv. 970-930-yillar atrofida)
egallaydi. Sulaymon davrida qurilish ishlari keng yo’lga qo`yiladi. Uning davrida Quddusda xudo
Yaxva sharafiga ibodatxona quriladi. Davlat hududi 12 okrugga bo’linadi. Ularning har biri yilda
bir oy podsho saroyiga oziq-ovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Mehnat majburiyati joriy
qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa Sulaymon
hokimiyatparast hukmdor bo’lib, aholiga ko’plab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Boshqa
xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan.
Sulaymon podsholigining so’nggi yillarida shimolda Damashq podsholigi kuchayadi.
Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan 10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib,
Isroil podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri bo’lgan.
Dovud sulolasi hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb
atalgan. Ikkala podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan
konfederatsiya tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan. Misr firavni Shishonk I
er. avv. 926-yilda Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni bosib oladi. Er. avv. VIII asri
o’rtalaridan-VI asrlarida Sharqiy o’rtayer dengizi.
Er. avv. I ming yillikda Falastinda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik rivoj topadi.
Tashqi savdo kuchayib, ortiqcha g`alla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy
mulkchlik paydo bo’ladi. Er. avv. VIII-VI asrlarda Falastinda quyidagi 4 toifa mavjud bo’lgan:
dunyoviy zodagonlar, diniy zodagonlar (koxinlar, payg`ambarlar), yerli xalq (erkin aholining asosiy
qismi), begona yurtliklar (kelgindi va ko`chib kelganlar), eng pastki pog`onada qullar turgan.
Er. avv. VIII asr o’rtalarida Osuriya, (er. avv. 732-722 yillar) Damashq va Isroil
davlatlarini tor-mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib,
tobe hududga aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi kuchli qarshilik ko’rsatdilar. Yuz
yil davomida Tir shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat qildi. Tirning shunday
ikkinchi qarshiligini podsho Sinaxxeribni er. avv. 701-yilda bostirishi natijasida Tir shahridan
boshqa barcha Finikiya shaharlari ajratib tashlanadi. Natijada Tir-Sidon podsholigi dengiz orti


59
hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer dengizi
qirg’og’ida Osuriya hukmronligiga chek qo’yadi.
Yahudiya podshosi Iosiya (er. avv. 640-609-yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar
Dovud va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi. Misr esa Frot daryosigacha bo’lgan
yerlarni bosib olib, er. avv. 616-yilda bobilliklarga qarshi Mesopotamiyada osuriyaliklarga
yordamga keladi. Bu vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada yetakchi davlatga aylanadi.
Tir savdogarlari er. avv. VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning sharqi va Janubiy
Arabistonga suqilib kirdilar, Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo’rg’oshin tashiganlari
ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida Yahudiyada monoteistik harakat boshlanadi. Yaxva, yagona
xudo deb e’lon qilinadi.
Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat
maydoniga aylanadi. Er. avv. 609-yilda firavn Nexo II Megiddo yonidagi jangda Iosiya
qo’shinlarini yenib, Yahudiya Misrga tobe bo’ladi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda
er. avv. 587-yilda Yahudiyani halokati, yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib olib ketilishi,
butun Sharqiy o’rtayer dengizini Bobilga tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. Er. avv. 539-yilda
axmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi va
Ahmoniylar Quddus uning atrofidagi hududlarga cheklangan muxtoriyatlar berdilar.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish