O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/60
Sana29.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#515389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
jahon tarixi

2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi
Er. avv. XVIII asrda shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan biri bir necha
shahar va davlatlarni birlashtirgan yirik davlatni barpo qilishga urinadilar. Bu siyosiy birlashma
Yamxad nomini oldi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida bo’lgan. Uning asoschisi
doimiy qarorgohga ega bo’lmagan. U shimolda Karxemishda janubda Oront daryosigacha bo’lgan
bepoyon hududga hukmronlik qilgan. (tax. er. avv. XVII asrning II yarmida) Xalpa (hozirgi
Aleppo) shahri poytaxt vazifasini o’tadi. Mari shahri bilan serqatnov savdo aloqasi o`rnatiladi.
Er. avv. XVII asrda Yamxad zaiflashib tushkunlikka yuz tutadi. Er. avv. 1600-yillar atrofida
Yamxad davlatini xettlar bosib oladilar.
Er. avv. XIII-XVII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha shaharlarni birlashtirgan
qudratli giksoslar ittifoqi vujudga keladi. Zarbdor qism jang aravalari bo’lgan qo’shinga ega
bo’lgan giksoslar o’z hokimiyatlarini Misrda o’rnatdilar, Falastin va Suriyada ham egalik qildilar.
Giksoslar ittifoqiga Kadesh va Megiddo shaharlari ham qiradi. Giksoslar davlati qurama bo’lib,
unga semit qabilalari yetakchi o’rin egallab, bu davlat birlashmasiga xurrit va xett qabilalari
qo’shildilar.
Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga chekinib bu yerda qariyib yuz yil
hukmronlik qildilar. Shimoliy Suriyada xettlar hokimiyatni qo’lga oldilar, lekin tez orada Mitanni
davlati bu hududni egallab oladi. Er. avv. XVI asr oxiriga kelib, Sharqiy o’rtayer dengizi Misr va
Mitanni tomonidan bo’linib olinadi. Bu ikki davlat hududda to’la hukmronlikni qo’lga kiritish
uchun to’xtovsiz urushlar olib bordilar. Er. avv. XV asr oxiriga kelib raqobat Shimoliy Suriyani
Mitanniga Janubiy Suriya va Falastinni Misrga o’tishi bilan yakunlanadi. Er. avv. XV-XIV
asrlarda sharqiy o’rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o’zaro urushlar girdobida qoldi. Bu hududda


57
halokatga uchragan Mitanni davlatining o’rniga xettlar keldilar. Er. avv. XIII-XII asr boshlarida
Suriya va Falastin o’rtayer dengizi qirg`ogi egey-anatoliya xalqlari («dengiz xalqlari») bosqiniga
uchraydi. Ular Kipr Karxemish va Ugarit flotini tor-mor qildilar.
Er. avv. XII asr ular Ugaritni batamom vayron qiladilar, Livandagi Amurri davlatini
tugatadilar, Sidon va Tir shaharlarini talon-taroj qiladilar. Shundan so’ng ular er. avv. 1180-yillar
atrofida Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni qaytaradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan
kelgindilar Falastin qirg’og’iga o’rnashib, Filistim (“Peleset”) nomi bilan davlat tuzdilar. Tez orada
ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va madaniyatini o’zlashtirdilar, ularning nomidan “Falastin”
nomi kelib chiqdi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish