247
bilan qiziqadigan ishqiboz kishilar tomonidan,
keyinchalik mutaxassis-arxeologlar amalga
oshirdilar. Ikki daryo oralig`idagi
birinchi shaharlar
qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo’lgan
shimolda paydo bo’lgan edi. 1842 yil fransuz
diplomati E.P.Botta mahalliy afsonalarda
Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog`liq bo’lgan
Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi. 1846-
1847-yilda ingliz diplomati G. A. Leyyard Nimrud
tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri
qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari,
odam-ho`kiz, odam-sher
haykallari va badiiy
rel'yeflar topildi. 184-yil Kunjik tepaligida Leyyard
Nineviya xarobalarini, jumladan podsho Sinaxxerib
(er. avv. VII asr) saroyi, uning nevarasi
Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi.
Leyyardning xodimi U. Rassam Kunjik
tepaligidagi qazishmalarni davom ettirib podsho
Ashshurbanipalning va harbiy manzaralar
tasvirlangan ajoyib rel'yeflar bilan bezatilgan saroyi
va podshoning boy kutubxonasini ochdi. Nimrud
tepaligi yaqinidagi Balavat
nomli joyda eramizdan
avvalgi IX asrga oid yodgorliklar, jumladan harbiy
yurish va xiroj to’lash manzarasi tasvirlangan Balavat
darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi.
Fransuz arxeologi V. Andre 1803-1914 yillarda
Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho
Ashshurbanipalning saroylari, ibodatxonalar
248
qoldiqlarini,
jumladan oliy xudo Ashshur
ibodatxonasi, podsho qabrlari turar joy binolari va
ko’chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60 yillarida
arxeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy,
xo`jalik inshootlari, ko’pgina hujjatlarini topdilar.
Osuriyashunoslikning yuz yillik tarixi davomida
davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi
muammolari o’rganildi.
Bu yo`nalishda
Sharq davlatchiligini
ideallashtirish, uning mavjudligi, statik holati va
abadiyligi tasavvur qilinadi. Urushlarning sabablari, u
yoki bu xalqning xarakteri va temperamenti, tor
siyosiy motivlar bilan izohlanadi. Qadimgi
Mesopotamiya madaniyati ham o’rganildi.
Madaniyatning yo`nalishlari, kelib chiqishi,
mifologiya, adabiy yodgorliklar, san'atning
xarakterli
xususiyatlari, ilmiy bilimlar to’g`risidagi qator
tadqiqotlar mavjud. Tadqiqotlarda ikki daryo oralig`i
jamiyatlari ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlariga e'tibor
berilmadi.
Tarix falsafasida XIX asr oxiri XX asr
boshlaridagi Edvard Meyerning silk nazariyasi
yetakchi o’rin egalladi. Edvard Meyer xar qanday
sivilizasiya feodal tuzumdan boshlanadi, kapitalizm
darajasiga yetib keyin ichki qarama-qarshiliklar
tufayli halokatga uchraydi., shundan so’ng,
sikl yana
qaytariladidegan g`oyani ilgari suradi. Shu sababli
XX asr boshlarida taniqli nemis osurshunoslari
249
B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi
Mesopotamiya tarixini feodal jamiyati deb baho
berdilar.
Siklizm nazariyasi bilan bir qatorda tarixiy
jarayonning tartibsizligi va uni bilish mumkin
emasligi nazariyasi keng tarqalgan. Faqat keyingi
yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo’jalikni tashkil
qilish,
shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o’rni,
ibodatxonalar xo’jaligi bo’yicha muhim ijtimoiy-
iqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L.
Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo
bo’ldi.
Osurshunoslik markazlari dastlab Angliya va
Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniya bo’ldi.
Fashistik tuzum sharoitida ko’pgina osurshunos
olimlar AQShga kuchib ketdilar. Hozir AQShda
mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat
ko`rsatmoqda. Angliya, Fransiya va Germaniyada
ham osurshunoslik maktablari
ilmiy tadqiqotlarni
olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: