Ijtimoiy iqtisodiy hayot
II asr Rim imperiyasining “oltin davri”
hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga
ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan
janubga Nil ostonalarigacha, g’arbdan Atlantika
qirg’oqlaridan sharqda fors qo’ltig’igacha cho’zilgan
edi. Quldorlik tizimi o’z taraqqiyotining yuqori
cho’qqisiga chiqdi. Ko’p quldorlik xo’jaliklari bozor
uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tdi. Qullarga
nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi.
Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu
yerdagi shahar hayoti o’z taraqqiyotida yuqori
bosqichga ko’tarildi. Eramizning I-II asrlarida
854
o’rtayerdengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda
birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi
tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan
alohida davlatlar o’rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul
tizimlari ma’lum darajada unifikatsiya qilindi.
Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim
imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy iqtisodiy
taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr,
Suriya, kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy
va madaniy taraqqiyotining yuqori darajasiga
erishdilar. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi
iberlar, kel’tlar, shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar,
liviyaliklar, dunay bo’yidagi pannonlar, illiriyaliklar,
mezlar hali arxaik davrning so’ngi bosqichida edilar.
Rim istilolariga qadar g’arbiy provinsiyalarda
qishloq xo’jaligi qoloq bo’lib, asosan g’alla ekilgan.
Erga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim
oroli axolisi qishloq xo’jaligining rivojlangan shaklini
g’arbiy provinsiyalarga olib kirdilar.
Gall vinolari, ispan zaytun moyi, Italiya va Yunon
navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida
quldorlik xo’jaligi tez rivojlandi. O’rta va yirik quldor
xo’jaliklari (villa) yetakchi o’ringa chiqdi. Quldorlik
xo’jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi.
Barcha provintsiyalarda imperator er egaligi keng
tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va
xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli
edi. G’arbiy provinsiyalarda o’rta quldor pomest’elari,
855
mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa kichik yer
egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va
Fokeyada keng tarqaldi.
Afrika provinsiyalarida quldorlik xo’jaliklarida
asosiy ishchi kuchi qullar mehnati keng tarqaldi. Misr
imperiyaning g’alla ombori edi. Quldorlik
latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan
bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy
provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan
latifundiyalar keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va
chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin qul
xo’jayinning mulki bo’lib qolaverdi. Qulni mulk
(pekuliy) bilan ta’minlash er. avv. III asrdayoq
ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo’lib qoldi.
Qul pekuliydan foydalangan holda o’ziga o’rinbosar
sotib olishi mumkin edi. Qaysiki o’rinbosar qul uning
xo’jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo’yilgan
qullar ko’p hollarda tadbirkorlik bilan shug’ullanib,
juda ko’p boylik to’plar edilar. O’z xo’jayinlariga
zarurat tug’ilganda turli xil xizmatlarni ko’rsatar
edilar. Misol uchun Diktator Sullaning erkin qo’yilgan
quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli
kishilardan biri bo’lib, hatto uning oldida senatorlar
ham titrab qaltirar edi. Ammo ko’pchilik ozod
qo’yilgan qullar o’rta darajadagi mulkka ega bo’lib,
hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug’ullanar
hamda oshxonalarning egalari edilar. Quldor
856
latifundistlar o’z yerlarini chek yerlarga bo’lib,
kolonlarga ijaraga berdilar.
Eramizning II asrida kolonlar bug’doyni, tariq,
zaytun moyini 1/3 qismini, quldorga berishi kerak edi.
Bundan tashqari kolon quldorni yerida bir necha kun
ishlab berishi kerak edi.
Yerga ishlash takomillashdi, g’alla va boshqa
ekinlarning yangi navlari, o’g’itning yangi navlari
joriy qilina boshlandi. Qishloq xo’jaligi takomillashdi,
g’alla latifuniyalarida g’allani yig’adigan mexanizm,
g’ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi.
Provinsiyalarda shaharlar va shahar aholisining o’sishi
qishloq xo’jalik maxsulotlarining Italiya va
imperiyaning boshqa viloyatlariga chiqarish
imkoniyatining paydo bo’lishi, provinsiya qishloq
xo’jaligida erdan unumli foydalanish va tovar
xo’jaligini kirib kelishi uchun shart – sharoit yaratdi.
Quldor xo’jaligi endilikda bozor bilan bog’landi.
Qishloq xo’jaligida tovar munosabatlarining
rivojlanishi latifundiyalarda hunarmandchilikni
vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik,
to’quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi
hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall
latifundiyalarida shaxtalardan temir rudasi qazib
olinib, metall ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Eramizning I asrlarida qishloq xo’jaligi bilan birga
hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim
hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo’rg’oshin va
857
mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari,
Norika, Dalmatsiya, Klikiya va Kappadokiyaning boy
temir konlari xom ashyoni etkazib berib turar edi.
Ayniqsa temir rudasini qazib chiqarilishi keng yo’lga
qo’yildi.
Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va
Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi.
Barcha konlar imperatorning mulklari bo’lib,
ko’pincha ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning
rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish
imkoniyatini berdi. Agar o’tgan asrlarda
hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni
10 tagacha bo’lsa, eramizning II asrida ularning soni
50 taga etdi.
Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi,
mexnat taqsimotining o’sishi uning iqtisoslashuvini
o’sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin
mexnat etakchi rol o’ynar edi. Tog’ kon ishlarida,
qurilish, tosh konlari, marmar konlarida qul
mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng
og’ir mexnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik
taraqqiyoti oshpazlik, g’isht quydirish kabi yangi
soxalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Qurilishda
betondan foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II
asrida provintsiyalarda hunarmandchilik ayniqasa
yuksaldi. Agar er.avv. I, eramizning II asrlarida Italiya
shaharlariga ko’plab sotilgan.
858
Bir qancha provintsiyalar o’z maxsulotlarini
boshqa provintsiyalarga shuningdek Italiyaga eksport
qila boshladilar. Ayniqsa gall shaharlari nixoyatda
rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari,
jun yopingichlar va kulolchilik maxsulotlari gárbiy
provintsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya
shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari,
rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan
asosiy markazlarga aylandilar.
Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari
yarim oroldan Shimoliy Italiyaga koçhdi. Puteola,
Kapuya, Arretsiya kabi anánaviy hunarmandchilik
markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o’rniga gall
provintsiyalariga Norika va Dalmatsiyaning temir
konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa
hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa
Akvileya shahri metall buyumlar va qurol – yarog’,
shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab
chiqaradigan yirik hunarmandchilik markaziga
aylandi.
Eramizning I-II asrlarida barcha provintsiyalarda
savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya savdogarlari
Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va
Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema egalari,
savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan
provintsiyalari bilan faol savdo qildilar. Pal’mira
savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar.
859
Shaharlarda ko’plab savdo do’konlari va
omborxonalar qurila boshlandi.
Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli
Trayan bozori qurildi. Savdo – sotiqning rivojlanishi
provintsiyani maxsulot ishlab chiqarishini
ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va
vino, Galliya vino, shisha idishlari, jun maxsulotlari,
Misr g’alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya
vino, zarbob gazlamalar va zeb – ziynat buyumlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi.
Savdogarlar, xunarmandlar kollegiyalarga
birlashdilar. Savdo taraqqiyoti sarroflik va sudxurlikni
rivojlanishiga turtki bo’ldi. Tashqi savdo rimliklar
uchu foydali edi. Rim imperiyasi qora dengiz
hududlari, sharqiy Yevropa , Eron , O’rta Osiyo va
Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o’rnatdi.
Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo’li O’rta
Er dengizi qirg’oqlariga borar edi. Petra-
Transiordaniya- Damashq- O’rtayerdengizi, Frot –
Palmira-Damashq-O’rtayerdengizi,
Hindiston-
Arabiston-Iskandariya. Afrika provinsiyalaridan Rim
savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto Markaziy
Afrikagacha kirib bordilar.
Imperiya davrida yangi tanga “aureus” zarb qilina
boshlandi. O’ng tomonida xukmdor imperator tasviri
tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi.
Ko’p tarqalgan Rim tangalaridan biri-kumush denariy
edi. Eramizning I asrida u sof kumushdan,
860
eramizning II asrining oxiridan esa mis qo’shib,
tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi.
Mis tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar
edi. Mayda savdoda asosan mis tanga- sestertsiy
(4ass) va dupandiy (2ass) ishlatilar edi.
Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik
jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va
quldorlar bo’lib, ulardan tashqari mayda ishlab
chiqaruvchilar, kichik chek erlarning egalari yoki
ijarachilar kichik hunarmandchilik ustaxonalari
egalari, mayda savdogarlardan iborat edi.
Tabaqalar o’rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar
mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha
quldorlik xo’jaliklarida qullarga bo’lgan ehtiyoj
urushlar natijasida qondirilgan edi. Eramizning II
asrida istilochilik urushlarining nixoyasiga etishi
qullar oqimining Rimga kelishini keskin kamaytirdi.
Lekin quldorlik xo’jaliklarida qul mexnatiga ehtiyoj
juda kuchli edi. Bu xollar qullar narxining keskin
o’sishiga olib keldi.
Qul mehnatini unumdorligi manfaatdor quldorlar
qullarning maishiy sharoitini o’zgartirishga majbur
bo’ldilar. Qishloq pomestiylari va shaharlarda qul
cho’rilar soni o’sib bordi, qullarga oila qurishga ruxsat
berildi, va ular rag’batlantirildi.
Qullikda tug’ilgan bolalar (Ularni vernlar deb
atashgan) biror bir hunarga o’rgatilgan bo’lib, qul
861
bozorlarida yuqori boholanar edi. Qullarni oila
qurishini rag’batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun
chek er, mexnat quroli, kulba, kichikroq dukon, bir
necha qora mol ajratar edilar.
Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk
“pekuliy” deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida
pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg’a qilgan yerini
istalgan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning
huquqiy holati ham o’zgardi. Imperator Adrian
qullarni sababsiz o’ldirishni taqiqladi. Eramizning II
asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi.
Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo’lib, yer
egasidan shartnoma muddati tugagandan so’ng ketishi
mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilar
edi. Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli
majburiyatlat turi bilan o’ralib, huquqiy jihatdan o’z
yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda
uzoq muddat ishlar edi. Erkin, o’z yerini yo’qotgan
dehqon, batrak va erkin qo’yilgan qul, yerni ishlashga
qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi.
Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar.
Kolonatni yana bir manbasi chegara provinsiyalarda
asir olingan yerga joylashtirilgan varvarlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |