O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Sais sulolasi. Misr davlatining so’nggi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Sais sulolasi. Misr davlatining so’nggi 
yuksalishi 
Sais Quyi Misrning yirik nomlaridan biri bo’lib, 
bu shahar deltaning g`arbiy qismida joylashgan. 
Atrofida botqoq bilan o`ralgan Saisda 665-yildan 
boshlab, Psammetix hokimlik qilgan. Psammetix (er. 
avv. 656-610-yillar) Tefnaxt avlodidan bo’lib, 
liviyalik aslzoda urug`idan kelib chiqqan. U 
Ashshurbanipalning yordamida ish ko’rgan va 
osuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo’lgan Psammetix 
butun Misrni o’z qo’li ostiga birlashtirib, yangi XXVI
sulolaga asos solgan. Bu sulola davrida Misr yangidan 
ravnak topgan. Biroq, bu Misr davlati va 
madaniyatining so’nggi marta lekin, kuchsizroq rivoj 
topgan davri edi. Uzoq davom etgan urushlar va osur 
qo’shinlarining mamlakatni xarobaga aylantirgan 
hujumlari natijasida tinkasi qurigan Misr endi o’z 
chegaralarini dushmandan himoya qilishi va 
Osiyodagi obrusini saqlash uchun zarur bo’lgan ko’p 
sonli qo’shinni to`play olmagan. Shu sababli Sais 


117 
fir'avnlari Kichik Osiyo va yunonlardan yollangan 
askarlarga tayanib ish ko’rishga majbur bo’lganlar. 
Yunon tarixchisi Gerodot yunon savdogarlari, 
yollanma askarlarning Misrga kirib borganligi 
masalasiga Sais fir'avnlarining « Yunonistonga 
moyilligi» va o`sha zamonda misrliklar bilan yunonlar 
o’rtasida juda yaqin madaniy aloqa bo’lganligiga katta 
e'tibor beradi. Psammetix I taxtga o`tirgandan so’ng, 
yunon yollanma askarlari va savdogarlariga
tayanishga urinadi. Yunonlarning Navkratisdagi savdo 
koloniyalariga katta-katta imtiyozlar va yengilliklar 
beradi. 
Sais fir'avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik 
harbiy aslzodalar Mirs kohinlari va yunon 
savdogarlari bilan muvozanatda muomala-
munosabatni yo’lga qo’yadilar. Ular Misrning nufuzli 
kohinlariga qarshi, shuningdek, haligacha ham ba'zi 
bir mustaqillikka ega bo’lishni da'vo qilib kelayotgan 
ko’p hokimlarga qarshi kurash olib bordilar. 
Psammetix I Fiva kohinlarini o’ziga bo`ysundirib 
olish uchun o’z qizi Neytikertni Amonning oliy kohini 
Shepenopet II («xudoning qallig`i»)ga qiz qilib 
beradi, to’g’rirog’i Shepenopet II ni shunga majbur 
qiladi. Bu ma'lumot alohida hujjatga yozilgan bo’lib, 
bizgacha aniq saqlangan. 
Psammetix I tushkunlikka yuz tutib borayotgan 
Osuriyani qo’llashga harakat qilgan. Chunki 
Psammetix I ning hokimiyatini kuchayishiga Osuriya 


118 
podsholari katta yordam qilgan edilar. Shuning uchun 
ham Psammetix I Osuriya davlatining yashab 
turishidan manfaatdor bo’lgan. 
Psammetix I Osuriyaga qo’shin tortib kelayotgan 
Bobil hukmdori Nabopalasarga qarshi, Osuriyaga 
yordam berish maqsadida Frot daryosi bo`ylarida 
paydo bo’ladi. Psammetix I ning o’g`li Nexo ham 
Osuriyaga yordam berishga ko’p harakat qilgan. 
Nexo 611-yilda taxtga o’tirgandan so’ng, umumiy 
kuch bilan Xarranni bosib olish uchun o’z 
ko’shinlarini Osuriyaga yordamga junatadi. Misr-
Osuriya qo’shinlari Karxamesh shahrini ishg`ol 
qiladilar. Navuxodonosor misrliklar bilan 
osuriyaliklarni ittifoqchi qo’shinlariga zarba bergan. 
Karxameshda o’tkazilgan qazishlar natijasida 
misrliklar bilan yunon yollanma askarlarining bu 
shaharda bo’lganligini ko`rsatuvchi muhim dalillar 
topildi. Xususan, yunon buyumlari,Gorgonaning 
surati solingan ioniy qalqon, shuningdek jezdan 
yasalgan haykalchalar, Nexoni nomi bitilgan tasvirlar 
va Psammetix nomi yozilgan uzuk topilgan. 
So’nggi podsholik davrining Sais sulolasi 
hukmronligi davrida yunonlar bilan do’stona 
munosabatlar yaxshilangan. Gerodotning yozishicha, 
yunonlar Psammetix II huzuriga elchi yuborib, 
Olimpiya musobaqalarini qanday qilsak, yaxshiroq 
o’tkazishimiz mumkin deb, misrliklardan maslahat 
so’raganlar. Qadimgi misrliklarning donishmandligi 


119 
va ularning madaniy taraqqiyoti yuksak bo’lganligini
yunonlar tomonidan har doim zavq bilan maqtalgan. 
Sais davrining keyingi podsholari Uaxibra (Apriy) 
bilan Yaxmos II (Amazis) o’tmish doshlari siyosatni 
davom ettirganlar. Korinf dubulg`asida podsho 
Uaxibraning tasviri saqlanib qolgan. Misr fir'avni 
kiyinishda yunonlarga taqlid qilganligi ma'lum. 
Podshoning yunonlarga moyillik siyosati Misr aholisi 
o’rtasida norozilik tug`dirgan va qo’zg`olon 
ko’tarilgan. Yaxmos isyonchilarga bosh bo’lib, 
asosan, yunon yollanma askarlaridan iborat 
qo’shinlarni tor-mor keltirgan va hokimiyatni o’z 
qo’liga olgan.
Yaxmos II yunon ibodatxonalariga katta sovg`alar 
yuborib, bu bilan yunonlarning o’ziga nisbatan
do’stona munosabatda bo’lishga, ularni yordam 
berishi va qo’llashiga erishgan. Yaxmos II ning faol 
tashqi siyosat olib borganligi Bobil yozuvlarining 
birida aks etgan. Bu yozuvda Misr qo’shinlarining 
hujumlari haqida gapiriladi va Amazisning nomi tilga 
olingan. Lekin bu davr mustaqil Misr davlatining 
so’nggi yillari edi. Sharqdan Eron kuchayib butun 
sharq dunyosini o’ziga bo`ysundirishga harakat 
qilayotgan edi. Eronning kuchli qo’shini hujumini 
qaytarishga Misrda yetarli kuch yo`q edi. Yaxmos II 
dan so’ng, Eron podshosi Kambis 525-yilda Misr 
yerlariga bostirib kirib, Pelusiya yonida bo’lgan 
jangda Misr ustidan g`alaba qozongan. Psammetix III 


120 
taxtdan ag`darilgan.Shunday qilib, bir vaqtlar 
dovrug`i dunyoni egallagan Misr davlati endilikda 
Eron qo’shinlari tomonidan istilo qilinadi.


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish