Er. avv. VIII-III asrlarda
Xitoy
Er. avv VIII asr boshlarida chjoularning Xuanxe
daryosi yuqori oqimi havzasida yashagan lun
qabilalari bilan to`qnashuvi kuchayadi. Junlar kelib
chiqishi chjoularga qarindosh edilar, lekin turmush
421
tarzi va xo’jalik yuritish shakli bilan farq qilganlar. 10
– van davrida (781-771 yillar) yarim ko`chmanchi
junlar bilan hal qiluvchi to`qnashuv yuz beradi.
Merosiy yer mulklarni ko`payishi, ijoxou (merosiy
hudud hokimlari) mustaqilligini kuchayishi Van
hokimiyatini zaiflashtirdi. Chjou Pix-van isenchi
chjouxoular va junlar hujumini qaytara olmadi. U
poytaxt hududini tashlab ketishiga majbur bo`ladi. Bu
voqea Xitoy an`anasida G`rbiy Chjou davrini tugashi
deb hisoblanadi.
Er. avv 770 yil poytaxt sharqqa hozirgi Loyan
hududiga ko`chiriladi. Shu sababli er. avv VIII-III
asrlar Sharqiy Chjou davri deb ataladi. Junlardan
qochish vanning obro`-e`tiborini keskin tushirib
yubordi. Endilikda u Chjoular o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarga aralasha olmadi. Chjoxoular amalda
mustaqil hokimlarga aylandilar Vanning yerlari
kamaytirilib, unga o`lpon to`lanmay qo`yildi. Er. avv.
VIII asr oxirida Xitoy mingdan ziyod bir-biri bilan
urushayotgan mustaqil mulklarga bo`linib ketdi,
ammo ular mamlakatning an`anaviy birligini ramzi
sifatida Chjou vanini oliy hokimiyatini rasman tan
oldilar. Bu davrda ijtimoiy tabaqalanish
murakkablashdi, qullarning va qaram aholining soni
o’sdi. Pul-tovar munosabatlari, ishlab chiqarish
kuchlari o’sadi. Van tomonidan yer-mulklar
zodagonlar, harbiylarga taqsimlab beriladi. Yerga
xususiy mulkchilik paydo bo’ladi.
422
Eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab separat
kayfiyatlar kuchayib ketdi. Chjoularning Xuanxening
yuqori oqimidagi jun qabilalari bilan to’qnashuvi
kuchayadi. Ko`chmanchilar birlashib chjoularga katta
xafv tug`diradilar va Chjou podsholiklari ichki
kurashida ishtirok etadilar.
O’rta Xitoy tekisligida birinchilik uchun bo’lgan
kurashda Xuanxe quyi qismi Sin podsholigi
(eramizdan avvalgi 650 yil), keyinroq Szin
podsholigi (er. avv. 630-yil) yetakchi o’ringa chiqadi.
Szin va janubiy Chu podsholiklari raqobati er. avv.
VII-VI asrlar siyosiy tarixida asosiy davr bo’ladi.
Raqobatda Chu yengib chiqdi va er. avv. 575-
yilgacha u yetakchi o’ringa chiqib oladi. Shundan
so’ng, boshqa podsholiklar ham o’zaro urushda
ishtirok etadilar. Er. avv. 403-yilda Tsizin davlatini
yemirilishidan Xitoy an`anasi shartli hisobi bilan
Chjan`go (Urushayotgan davlatlar er. avv. 403-221-
yillar) davri boshlandi.
Xitoyda er. avv. VI-IV asrlarda temir tarqaldi.
Temir mehnat qurollarini keskin ko`payishi aholini tez
o`sishiga olib keldi. Hayvonlardan yerni haydashda
foydalanila boshlandi. Mahsulotni, ekin yerlarini
ko`payishi va umumiy beqarorlik ijtimoiy siljishlarga
olib keldi. Yerga jamoa mulkchiligi tizimi tugadi. Er.
avv. 1000 yillik o`rtalaridan yerni sotish va olish
huquqi bilan yerga xususiy mulkchilik paydo bo`ldi.
Davlat yer egalaridan yer solig`ini olishni joriy qildi,
423
boy hunarmand-savdogarlar tabaqasi shakllandi.
Shaharlarni va shahar aholisini ko`payishi kuzatildi.
Er. avv. IV-III asrlarda metal tanga tarqaldi.
Bu davrda qadimgi Xitoyni asosiy ta`limotlari
konfutsiylik, legizm, daosizm vujudga keldi.
Konfutsiy (Kun-size er. avv. 551-479-yillar) ta`limoti
bo`yicha inson tabiatan ezgulik hislatiga ega va o`z
burchini sidqidildan o`tashga tayyor. Konfutsiy barcha
ijtimoiy munosabatlar uchun oilani namuna
hisoblaydi. Oilada kattalar kichiklarga g`amxo`rlik
qiladilar va ularni tarbiyalaydilar, kichiklar ularni
hurmat qiladilar va ularga bo`ysunadilar. davlatga
xalq farzandlar o’rnida, hukmdor ota o’rnida bo`ladi,
hukmdor o`z shaxsiy manfaati emas xalq farovonligi
to`g`risida g`mxo`rlik qilishi lozim.
Er. av. IV asrda ijtimoiy–iqtisodiy
munosabatlarni barqaror holatga keltirish uchun
ko’pgina podsholiklarda islohotlar o’tkaziladi. Ana
shunday islohotlardan biri er. av. 350 yilda Sin
podsholigida oliy amaldor Shan Yan tomonidan
o’tkaziladi. Mamlakat uyezdlarga bo’linadi, yer sotib
olishga ruxsat beriladi, o`lchov birliklari unifikatsiya
qilinadi, urug` zodagonlarning ayrim imtiyozlari
bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |