Kerakli asbob va reaktivlar: Stalagmometr, panjali shtativ, 1000 ml li 4 ta stakan, metil, etil va amil (C5H11OH) spirtlarining 1,0 M eritmalari.
Ishning bajarilishi: Stalagmometr vertikal holatda (2 - rasm) shtativga o’rnatiladi va suyuqlik A belgidan balandroq turgunga qadar yuqoriga so’riladi. Keyin suyuqlik kapillyardan qo’yib yuboriladi. Suyuqlik sathi yuqori A belgi bilan tenglashgandan keyin kapilyardan oqib chiqayotgan tomchilar soni hisoblab boshlanadi; suyuqlik sathi pastki B belgiga etganda hisoblash to’xtatiladi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi.
Yuqoridagi usul bilan suv va tekshirilayotgan suyuqliklarning tomchilar soni aniqlanadi. Tekshirilayotgan suyuqliklarning sirt tarangligi quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
1 - расм. Молекулалараро тортишув схемаси.
Suyuqlikning tushayotgan tomchisi eng kam sirtga ega bo’lgan shaklni (shar) oladi. Suyuqlik sirti qobiq kabi bo’lib, u suyuqlikni siqishga harakat qiladi. Suyuqlik sirtida bunday qobiqning (parda) hosil bo’lishi quyidagicha tushuntiriladi. Aytaylik suyuqlik ichida molekula A bor (1 - rasm). Uning atrofida sfera chizamiz. Uning radiusi molekulani atrofidagi boshqa molekulalar bilan o’zaro tortishish kuchi sezilarli bo’lgan masofaga teng. Bu o’zaro teng bo’lgan kuchlar barcha yo’nalishlarda simmetrik ta’sir qilganliklari uchun, ularni kuchi nolga teng bo’ladi. Boshqa holatda B molekula bor bo’lsin. Suyuqlik molekulalari tomonidan ta’sir qilayotgan tortish kuchi zarrachaga suyuqlikdan tashqarida ta’sir qiladigan kuchlarga teng emas, natijada bu molekulani tortish kuchi suyuqlik tomonga yo’naladi, B –molekula suyuqlik ichiga kirishga harakat qiladi. Suyuqlikning sirt qatlamidagi barcha molekulalar shu holatda bo’ladi, natijada suyuqlikda uning sirt qatlamiga normal yo’nalgan ichki bosim hosil bo’ladi.
Suyuqlik sirtida molekulalararo kuchlar bilan muvozanatlanmagan molekulalarni bo’lishi sirt qatlamda kamayishga intilayotgan erkin sirt energiyani hosil qiladi. Suyuqlik sirtida sirt taranglikka ega parda hosil bo’ladi. Suyuqlik sirtini oshirish uchun, ya’ni uning sirt tarangligini engish uchun, ma’lum miqdorda ish sarflash kerak. Suyuqlik sirtini 1 sm2 ga oshirish uchun talab qilinadigan ish, sirt energiyasi o’lchovi hisoblanadi va u sirt taranglik koeffitsienti yoki sirt tarangligi deyiladi.
Sirt taranglikni nafaqat sirt birligiga to’g’ri keluvchi ish deb, balki sirtni chegaralovchi chiziqning uzunlik birligiga to’g’ri keluvchi kuch deb ham qarash mumkin.
Qaysi ta’rifdan foydalanishga bog`liq holda sirt taranglikni 1 m2 ga to’g’ri keladigan Joullarda yoki 1 m ga to’g’ri keladigan Nyutonlarda ifodalash mumkin. Ularni son qiymatlari mos keladi.
Agar suyuqlik kapillyar devorlarini namlab ko’tarilsa, bu ko’tarilish sirt taranglik natijasida sodir bo’ladi. Bunda suyuqlik devorlarni namlab sirt tarangligini oshiradi, u esa sirtni kamaytirishga intiladi. Sirti kamayishi suyuqlikni ko’tarilishi evaziga sodir bo’ladi.
Erigan moddalar suyuqliklarni sirt tarangligini o’zgartiradi. Ba’zi moddalar kamaytiradi va ular sirt –aktiv yoki kapillyar –aktiv, ba’zilari esa oshiradi va ular sirt –noaktiv moddalar deyiladi.
Sirt –aktiv va sirt –noaktiv moddalarning eritma sirtidagi va ichidagi kontsentratsiyalari turlicha bo’ladi. Sirt aktiv moddalar kontsentratsiyasi sirt qatlamda baland bo’ladi, sirt noaktivlar esa eritma ichida ko’p bo’ladi.
Eritmani sirt qatlami bilan ichki qismida moddalar kontsentratsiyasini turlicha bo’lish jarayoni adsorbtsiya deyiladi. Suvni sirt tarangligini sezilarli darajada kamaytiruvchi sirt aktiv moddalarga ko’pgina oranik birikmalar kiradi: spirtlar,
aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar.
Yog` kislotalarning gomologik qatorida uglerod zanjiri uzunligi oshishi bilan mos ravishda sirt aktivligi ham oshib boradi, aniqroq aytganda zanjir bir CH2 ga oshganda sirt aktivlik 3,2 marta oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |