Organik moddaning taxminiy struktura formulasini aniqlash
Organik suyuqlikning solishtirma refraktsiyasini yuqorida yozilganidek aniqlagandan keyin, moddaning molyar massasi va uning massa protsentlarida ifodalangan elementar tarkibi bo’yicha moddaning empirik formulasini topish lozim va taxmin qilingan strukturalarni tasvirlash kerak. So’ngra molyar refraktsiyaning hisoblangan qiymatlarini tajribada topilgan kattalik bilan solishtirish asosida, tekshirilayotgan suyuqlikning eng ko’p ehtimollikka ega bo’lgan struktur formulasi tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |