2004-2005 yillar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki JBIC o’rtasida tuzilgan kredit asosida 12000 sig’imga ega bo’lgan 10 ta telefon stantsiyalari ishga tushirildi va optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Aloqa xizmatlarini ko’rsatish qiyin bo’lgan hududni qamrab olgan holda mobayl simsiz abonent liniyali tizimni tadbiq qilish yo’lga qo’yildi. 2007-2008 yillar Filialning qishloq telefon tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha 18 ta “Koinot El-SGM” rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari viloyatning Karmana, Navbahor, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi, Tomdi tumanlarida ishga tushirildi. 2010-yil “Barkamol avlod yili” sarhisobi "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi bo’yicha "O’zbektelekom" AK veb-saytida joylashtirish uchun ma’lumotlar Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvaridagi PQ-1271-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Eng asosiy vazifalardan biri bu zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirishdir.“O’zbektelekom” AK tomonidan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar: 1.Internet-xizmatlar ko’rsatish qiymatini yanada pasaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida joriy yil 1 iyundan boshlab Xalqaro Internet kanallari sig’imi yil boshiga nisbatan 48,8% ga oshirildi. Internet xizmatlari uchun belgilangan narxlar 32% gacha kamaytirildi. Internet tarmog’ining xalqaro kanallariga kirishni bosqichma-bosqich kengaytirish bo’yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2.Loyihalar amalga oshirilgandan so’ng Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM)ning texnik imkoniyatlarini 10 Gbit/sek.ga ko’tarilishiga erishiladi. Milliy kontent (axborot resurslari)ni rivojlantirish uchun infratuzilma yaratish yuzasidan “O’zbektelekom” AK “Ma’lumotlar markazi” (Data-Sentr)ni qurish bo’yicha “NVision Group” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga asosan qurilmalar to’liq keltirilib, sozlandi. 2010 yil 1 iyulidan boshlab test tarzida ishga tushirildi. Kontentni rivojlantirish maqsadida quyidagi xizmatlarni joriy etish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |