O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xodimlarining etika va estetika madaniyati qoidalari Umumiy qoidalar



Download 133,65 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi133,65 Kb.
#18885

“O‘zbektelekom” AKning

2015-yil 5-iyundagi

159-son buyrug‘iga

ilova


O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xodimlarining etika va estetika madaniyati qoidalari


Umumiy qoidalar
1. “O‘zbektelekom” AK xodimlarining etika va estetika madaniyati qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoida deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to‘g‘risida” 466-I-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2015-yil 18-maydagi “Korrupsiyaga qarshi tajriba amaliyotini amalga oshirish 2015-yil uchun chora-tadbiri” Kompleks rejasi va “O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarning 2014-yil 11-oktabrda navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 28-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan hamda 2014-yil 30-oktabrda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimiyati huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi tomonidan
10-0240-raqami bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbektelekom” AK Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan va “O‘zbektelekom” AK (keyingi o‘rinlarda - Kompaniya deb yuritiladi) xodimlarini kasb odobnomasi asoslarini belgilaydi.

2. Mazkur Qoidada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi.



Кompaniya xodimlarining kasbiy burchi – xodimlarning jamiyat, davlat tomonidan belgilangan vazifalarini, xizmat vazifalarini majburiy ravishda bajarish;

nutq madaniyati – o‘z fikrlarini bir-birlariga, fuqarolarga til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta'sirchan qilib yetkaza olish;

kiyinish va so‘zlashish madaniyati – klassik uslubdagi kiyinish qoidalarini og‘ishmay amalga oshirish asosida o‘z qadr-qimmatini saqlashga va butun Kompaniya xizmatining obro‘-e'tiborini himoya qilishga qaratilgan axloqiy-estetik xatti-harakatlar tizimi;

xulq-atvor – kishining muomalasi va ruhiyatidagi, fe'li va xatti-harakatlaridagi, odatlari va qiliqlaridagi xususiyatlari majmuasi;

ichki madaniyat – xodimning ma'naviy olamining boyligi, dunyoqarashining keng va sog‘lomligi, mustaqil va ijodiy fikrlay olish layoqati, axloqiy pokligi, his-tuyg‘ularining boy va faolligi, didining yuksakligi;

tashqi madaniyat – xodimning xatti-harakati va yurish-turishi, gapirish va kiyinish madaniyati;

xushmuomalalik – ko‘ngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob his-tuyg‘ularni, eng ezgu niyatlarni odamlar bilan baham ko‘rish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish;

odoblilik – yaxshi tarbiya ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi, xatti-harakatlarida, so‘zlashuvida me'yorni, chegarani, muvofiqlik va nomuvofiqlikni bilish;

hayolilik – bu uyalish, xijolat tortish, o‘zini har xil nojo‘ya xatti-harakatlardan tiya olish;

rostgo‘ylik – halollikning bir ko‘rinishi bo‘lib, haqiqatni gapirish, o‘zining ham, o‘zgalarning ham qadr-qimmatini to‘g‘ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb ochiqchasiga aytish;

kamtarlik – kishining o‘zi tabiiy holda, qanday bo‘lsa shundayligicha, hamma bilan teng, bab-barobar tutish;

g‘azab – insonning aql quvvatidan hissiyot quvvati ustun kelib, o‘zini bosa olmaslik, o‘zgalarga shiddat bilan muomala qilish;

g‘iybat– birovlarning orqasidan yomonlab gapirish, fisqi-fasod tarqatish;

estetika – go‘zallik olami, san'at va badiiy ijod qonuniyatlarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fan.
Кasb axloqining xususiyatlari
3. Etika kategoriyalariga quyidagilar kiradi:

yaxshilik-yomonlik;

adolat va adolatsizlik;

baxt va baxtsizlik;

vijdon va vijdonsizlik;

burch, or-nomus va qadr-qimmat;

hayotning ma'nosi.

Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, Kompaniya xodimlarining amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya'ni o‘ziga xoslik kasb etadi.

Bu o‘ziga xoslik xodimlarning bajaradigan vazifalarida yaqqol ko‘rinadi.

4. Kompaniya xodimlarining kasbiy burchining asosiy mazmunini tashkil etuvchi vazifa va majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Qonunlariga qat'iy rioya qilish, buyruq, ko‘rsatma va ichki me'yoriy hujjatlarning talablarini bajarish;

lavozim majburiyatini bajarishda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halol va to‘g‘ri, itoatkor, mehnatsevar, intizomli bo‘lib barchaga namuna bo‘lish;

kasbga oid bilimlarni muntazam egallash, o‘z uquvi va mahoratini takomillashtirish;

halol, intizomli, o‘z burchini ijro etish chog‘ida oqilona tashabbus ko‘rsatish;

“Kompaniya xodimi” degan nomni sharaf bilan oqlash, or-nomusini e'zozlash;

rahbariyatga so‘zsiz bo‘ysunish (ularning buyruqlari qonunga zid bo‘lmagan taqdirda);

o‘zaro birodarlikni e'zozlash, o‘z hayotini ayamasdan kasbdoshlarini xavf-xatardan qutqarish, ularga so‘z va ish bilan yordam berish, har birining or-nomusini va qadr-qimmatini hurmat qilish, o‘zini va mehnat jamoasining tahqirlashlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularni noloyiq qilmishlaridan tiyib qolish;

doimo ozoda va orasta kiyinish.



Кompaniya xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ular bilan muomala madaniyati

5. Кompaniya xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan muomala madaniyatining quyidagi uchta shakli mavjud:

xulq-atvor madaniyati;

tashqi ko‘rinish madaniyati;

nutq madaniyati.

6. Kompaniya xodimlarining xulq-atvor madaniyati xushmuomalalik, madaniyatlilik, odob va shubhasiz, fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatlarida faqat yaxshi xulqlarini namoyon qilishlari, yomon xulqlarini bartaraf qilish uchun kurashishlarini taqozo etadi.

7. Kompaniya xodimining jismoniy va yuridik shaxslar bilan muomala qilish chog‘ida:

dimog‘dorlik, manmanlik, qo‘pollik qilishi;

kinoyali, dag‘al tarzda tanbeh berishi;

gapirganda inson qadr-qimmatini tahqirlovchi piching va qochiriq so‘zlarni ishlatishi;

tahdid soluvchi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qadr-qimmatini va shaxsini tahqirlovchi boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishi qat'iyan taqiqlanadi.
8. Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaat etilgan masalalar bo‘yicha zarur qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan Kompaniya xodimlari qabul qilishlari lozim.

9. Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish uchun maxsus xona yoki alohida jihozlangan burchak ajratilishi lozim. Ajratilgan xona toza, ozoda, yorug‘, tinch va qulay bo‘lishi hamda yuksak estetik did bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Bu o‘z yo‘lida Kompaniya xodimlarining madaniyatlilik darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekanligini unutmaslik kerak.

10. Kompaniya xodimlari o‘z qabuliga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarni, u kim bo‘lishidan qat'i nazar, o‘rnidan turib, unga peshvoz chiqib kutib olishi, salomlashishi, o‘tirish uchun taklif qilishi va hol-ahvol so‘rashi lozim. Suhbat chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarning barcha gaplarini diqqat bilan eshitish kerak. U gapini tugatgandan so‘ng, unga noaniq yoki tushunilmay qolgan narsalar to‘g‘risida savol berishi kerak. Suhbat samimiy, erkin tarzda olib borilishi lozim. Suhbat tugagandan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslarga sihat-salomatlik tilab, xayrlashish va albatta kuzatib qo‘yish lozim.

11. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan suhbat chog‘ida ularga berilayotgan javob aniq va ishonarli bo‘lishi uchun javobni tegishli qonunlardan va boshqa normativ hujjatlardan parchalar o‘qib berish orqali asoslash maqsadga muvofiqdir.

12. Qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ma'lumoti Kompaniya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, unga albatta tashakkur aytish kerak.

13. Qabul vaqtida tushgan takliflar, arizalar shikoyatlar bilan bog‘liq masalalarni tezlikda hal qilishning imkoni bo‘lmasa, ularni umumiy tartibda hal qilib, jismoniy va yuridik shaxslarga uning bajarilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma'lumot berish kerak.


Кompaniya xodimlarining tashqi ko‘rinish madaniyati

14. Кompaniya xodimlarining kundalik ish kiyimining standart jamlanmasi klassik uslubdagi kostyumdan:

erkaklar kiyimi – pidjak, pidjak rangiga mos keluvchi to‘q rangdagi shim, ko‘ylak, ko‘ylak va pidjak rangi hamda chiziqlariga mos keluvchi galstuk, bir xil rangdagi klassik uslubdagi paypoq va tufli;

ayollar kiyimi – yengli yoki yengi kalta bluzka, tizzadan kalta bo‘lmagan yubka, ko‘ylak (tizzadan kalta bo‘lmagan, yengli yoki yengi kalta), klassik bichimdagi pidjak va shim hamda tufli, basanojkadan tashkil topadi.

15. Кompaniya xodimlarining egnidagi kiyimi quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

xodimning bo‘yi-bastiga mos kelishi;

nihoyatda toza va dazmollangan, har qanday ortiqcha ip va matolardan xoli bo‘lishi;

oyoq kiyimi nihoyatda toza bo‘lishi, yaltillab turishi;

kuz-qish fasllarida pidjak va shim, uzun engli ko‘ylak va galstuk;

bahor-yoz fasllarida shim, kalta yengli ko‘ylak va galstuk.

16. Tashqi qiyofa uchta muhim unsurdan tashkil topadi:

jismoniy sog‘lomlik va inson tanasining bekamu-ko‘stligini o‘zida mujassamlashtirgan jismoniy tarbiya;

kiyim kiyish;

shaxsiy gigiyena.

17. Shaxsiy ozodalik, ya'ni badan, yuz-qo‘l, sochlarini toza tutishi (uzun sochli ayollar sochlarini klassik uslubda turmaklashi), soqolni olish, mo‘ylabni tartibga keltirish, qo‘llar yaxshi parvarish qilinishi, tirnoqlar o‘z vaqtida olib turilishi, peshonani, burunni tirishtirib yurmaslik choralarini ko‘rish lozim.

18. Kompaniya xodimlari qo‘llariga va bo‘yinlariga ko‘zga tashlanadigan turli-tuman taqinchoqlar (nikoh uzugi taqinchoq hisoblanmaydi) taqmasligi, yaltir-yultur kiyimlar kiyib, ularni har xil bezaklar bilan bezab tashlamasliklari kerak, sport uslubidagi kiyim formasi va oyoq kiyimi kiyish, yuz va qo‘lga har xil tatuirovkalar chizdirish qat'iyan man etiladi.




Кompaniya xodimi faoliyatining axloqiy va estetik asoslari
19. Kompaniya xodimi faoliyatining axloqiy asoslarini halollik, xolislik, prinsipiallik kabi axloqiy xislatlar tashkil etadi.

20. Kompaniya xodimi uchun zarur bo‘lgan axloqiy sifatlardan eng birinchisi halollik bo‘lib, u vijdonan insof bilan ish tutishni, to‘g‘rilik va odillikni bildiradi.

21. Halollikni ta'minlovchi omillardan biri qonunlarga og‘ishmay rioya etishdir.

22. Kompaniya xodimi ta'magirlik maqsadida sansalorlikka yo‘l qo‘yishi, xizmat vazifalarini suiiste'mol qilishi taqiqlanadi.

23. Mehnat faoliyati bilan bog‘liq ishlarni olib borayotganda xodimning yolg‘on gapirishi, adolat bilan ish tutmasligi soha faoliyatida xodimga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.
Кompaniya xodimining telefon orqali so‘zlashuv odobi
24. Хizmat telefonlaridan foydalanganda, so‘zlashuv odobining quyidagi qoidalariga rioya qilmoq kerak:

qo‘ng‘iroq eshitilishi bilan go‘shagini ko‘tarib, ishlayotgan joyingizni nomlanishi, lavozimingiz va familiyangiz (ism, otangizning ismi)ni aytishingiz kerak.

Agar o‘zingiz telefon qilgan bo‘lsangiz, avval salom berishingiz, so‘ngra o‘zingizni tanishtirishingiz kerak.

Har ikki holda ham shoshmasdan dona-dona qilib gapirish, suhbatni qisqa, aniq va tushunarli tarzda olib borish lozim.

25. O‘zingiz telefon qilganingizda har doim fuqarodan “bemavrid (bevaqt) qo‘ng‘iroq qilmadimmi” deb so‘rang, agar shunday bo‘lsa u holda qachon qayta qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkinligini so‘rang.

26. Telefonda suhbatdoshning so‘zlarini diqqat bilan eshitish, kerakli ma'lumotlarni yozib olish kerak. Bunda suhbatdoshning gapini aslo bo‘lmaslik kerak.

27. Telefonda soha faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar to‘g‘risida gapirmaslik kerak.

28. Telefonda uzoq vaqt gaplashmaslik, uni band qilib turmaslik, ayniqsa, xizmat telefonidan shaxsiy maqsadlarda ko‘p foydalanmaslik, telefonlardan foydalanish huquqini suiiste'mol qilmaslik zarur.

29. Тelefonda qariyalar (keksa yoshdagi), bolalar, ayollar bilan suhbatlashganda nihoyatda ehtiyotkorlik va kamtarlik bilan muloqotda bo‘lmoq kerak. Telefonda baqirib gaplashish umuman taqiqlanadi.
Кompaniya xodimlarining mehnat jamoalaridagi axloqiy-estetik madaniyati
30. Кompaniya xodimlarining mehnat jamoalaridagi axloqiy-estetik va ruhiy muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi bir qator odob-axloq qoidalari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

har bir xodim ishga o‘z vaqtida, kechikmasdan kelishi va ish joyidagilar bilan ochiq chehra bilan salomlashishi zarur. Hatto kayfiyati buzilgan bo‘lsa ham buni mehnat jamoasiga sezdirmasligi, jig‘ibiyron bo‘lib o‘zgalarni ham bezovta qilmasligi kerak;

ishxonada mehnat jamoasi bilan ovozni pasaytirib, xushmuomalalik bilan muloyim so‘zlashish, dag‘allikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zgalarning suhbatiga aralashmaslik, so‘zlarini xufiyona tinglamaslik, tasodifan eshitib qolgan so‘zlarni o‘zgalarga yetkazmaslik, qolaversa, sababsiz o‘zgalarning bajarayotgan ishlariga aralashmaslik lozim;

mehnat jamoasining narsalaridan – qalam, ruchka, qog‘oz, elim, ip-igna, ishlash uchun zarur bo‘lgan texnika vositalaridan ularning ruxsatisiz foydalanish odobdan emas, faqat so‘rab foydalanish kerak;

maslahat so‘ragan mehnat jamoasiga, iloji boricha, to‘g‘ri maslahat berish, bilganini sidqidildan o‘rgatish, tushunmagan joylarini tushuntirib berish kerak. Mehnat jamoasining ishdagi yoki fe'l-atvordagi kamchiligi uchun uning ustidan aslo kulmaslik, masxaralamaslik lozim;

har bir xodim har xil bekorchi ishlar bilan o‘zining ham, qolaversa, boshqalarning ham vaqtini zoye ketkazmasligi kerak;

betob bo‘lib qolgan mehnat jamoasining hol-ahvolidan xabar olish, ulardan ko‘ngil so‘rash, kerak bo‘lsa yordam berish kerak;

hamkasblarining yutuqlaridan quvonish, baxillik, chaqimchilik, xasad qilib emas, havas qilib yashash kerak.

Kompaniya xodimlari bosh direktor va bosh direktorning o‘rinbosarlariga xushomadgo‘ylik, laganbardorlik qilmaydi, ularning va o‘zining obro‘-izzatini saqlaydi. Ular bilan suhbat chog‘ida faqatgina ishga taalluqli masalalar xususida so‘z yuritadi. Boshqa ishlar yoki gaplarga chalg‘itmaydi. O‘zidan yoshi, lavozimi kattalarning tanqid va tanbehlarini to‘g‘ri qabul qilib, xato-kamchiliklarini yo‘qotish choralarini ko‘radi. Bu talablarni bajarish har bir mehnat jamoasi a'zolarining burchidir.

Кompaniyaning katta va kichik xodimlari o‘rtasidagi munosabat qoidalari
31.Kompaniyaning katta va kichik xodimlari o‘zaro munosabatda quyidagi qoidalarga rioya etishlari kerak:

o‘zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, samimiy bo‘lish hamda o‘z munosabatlarini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik asosida tashkil etish;

o‘z ish joylarida tinch va ishchanlik muhitini yaratish, telefonda aniq, ravshan va qisqa so‘zlashish, davlat va xizmat sirini oshkor qilmaslik;

o‘zaro “siz”lab murojaat qilish;

xodim ismini buzib aytmaslik (ismga bo‘lgan huquqini buzmaslik), uyatli va haqoratli (kurakda turib bo‘lmaydigan) so‘zlarni, laqab va nomlarni ishlatmaslik, qo‘pollik va beodoblik qilmaslik;

qonun hujjatlarining talablari doirasida berilgan topshiriqlarni “xo‘p bo‘ladi” deb, uni bajarishga kirishish;

bosh direktor, bosh direktor o‘rinbosarlari, departament direktorlari, bo‘lim boshliqlarining xonasiga kirganda ruxsat so‘rash va salomlashish, tashrif sababini tushuntirish, o‘tirishga ijozat berishni so‘rash;

qo‘lni kiyim-kechak cho‘ntaklariga tiqib yurmaslik, maxsus ajratilgan joylardan boshqa joylarda chekmaslik.

32. Bosh direktor, bosh direktor o‘rinbosarlari bilan suhbatlashish chog‘ida quyidagi qoidalarga rioya etish:

ruxsatsiz suhbatga aralashmaslik;

yalpayib, yonboshlab olmaslik, stulning suyanchig‘iga osilib, oyoqlarni chalkashtirib o‘tirmaslik;

qo‘ldagi buyumlarni o‘ynab, qo‘llarni boshga tirab yoki tirsakni rahbariyatning stoliga qo‘yib o‘tirmaslik;



gapga aralashib, latifalar aytib, hazillar, kinoyalar, qochiriqlar qilib, ayniqsa baqirib gapirmaslik.
Download 133,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish